Achitilgan mahsulotlarni sifatiga qo`yolgan standart talablar Achitilgan sut mahsulotlari


Download 3.21 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi3.21 Kb.
#1764257
Bog'liq
Achitilgan mahsulotlarni sifatiga qo`yolgan standart talablar Ac-fayllar.org


Achitilgan mahsulotlarni sifatiga qo`yolgan standart talablar Achitilgan sut mahsulotlari

Achitilgan mahsulotlarni sifatiga qo`yolgan standart talablar
Achitilgan sut mahsulotlari Achitilgan sut mahsulotlari kislotali bijg‗itish asosida ishlab chiqariladi. Prostokvasha (qatiq), kefir,_qimiz, achitilgan qaymoq (smetana), suzma va atsidofil mahsulotlari shular jumlasiga kiradi. Bu mahsulotlarining ko'pchiligi, ayniqsa, prostokvasha, kefir, qimiz,
atsidofil mahsulotlari parhezlik va shifobaxshlik xususiyatiga egadir. Bu mahsulotlar tarkibida sut kislotasi hamda karbonat angidrid gazi (kefir, qimiz) bo'lganligi sababli insonning oshqozon_ichak faoliyatini yaxshilab, ovqatning to'la hazm bo`lishiga katta yordam beradi. Ikkinchidan, achitilgan sut mahsulotlari iste‘mol qilinganda organizmda kislotalilik muhit yaratiladi. Bu esa chirituvchi va boshqa zararli mikroorganizmlarning rivoj lanishiga
to'sqinlik qiladi va organizmda chirituvchi bakteriyalar ishlab chiqaradigan zaharli moddalar ta‘sirida yemirilishning ma‘lum darajada oldi olinadi. Tarkibidagi sut kislotasi konservantlilik xususiyatiga ega bo'lganligi uchun ham bu mahsulotlar u zoqroq saqlanish muddatiga egadir
Achitilgan sut mahsulotlarining olinishi, sut kislotali bijg`ishning mohiyati. Achitilgan sut mahsulotlari ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo pasterizatsiyalangan sut va qaymoq hisoblanadi. Bu mahsulotlarni sanoat miq yosida ishlab chiqarishda sut kislotasi bakteriyalari tomizgichlaridan foydalaniladi. Achitilgan sut mahsulotlari tayyorlashda qo'llaniladigan kislota bakteriyalari morfologik ko`rsatkichlari bo‗yicha sut kislotasi strepto - kokklari va tayoqchalariga bo`linadi. Tayoqchasimon bakteriyalarning kislota hosil qilish xususiyati streptokokklarnikiga nisbatan juda kuchli bo'ladi. Shu sababli ular sutni bijg‗itganda mahsulotning nordonliligi 300°T va undan ham yuqori bo'lishi mumkin. Sut zavodlariga tomizg`ilar maxsus ilmiy tekshirish institutlaridan quruq yoki suyuq holatlarda yuboriladi. Shundan keyingina kerakli miqdorda mahsulot tayyorlash uchun qo'llaniladigan ishchi tomizg'ilari ishlab chiqariladi.
Ba‘zi achitilgan sut mahsulotlarini tayyorlashda kislotali bijg‗ishdan tashqari, spirtli bijg'ish ham yuz berishi mumkin. Bundan achitilgan sut mahsulotlariga kefir va qimiz mahsulotlari kiradi.
Prostokvasha (qatiq) va atsidofil mahsulotlari. Prostokvasha va atsidofil mahsulotlari keng tarqalgan achitilgan mahsulotlar hisoblanib, ularning assortimenti ham xilma -xildir. Uning keng tarqalgan turlaridan tashqari har bir mamlakatda mahalliy turlari ham mavjud. Gurjistonda chiqariladigan natija soni, G'arbiy Yevropaning yogurt, O`zbekistonda ishlab chiqariladigan qatiqni mahalliy prostokvasha mahsulotlari qatoriga qo'shish mumkin. Prostokvasha va atsidofil mahsulotlari ishlab chiqarish sut kislotali bijg`ishga asoslangandir.

http://fayllar.org
Download 3.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling