Afsonaviy Nokia haqida 20 qiziqarli fakt


Download 470.37 Kb.
bet1/7
Sana13.02.2023
Hajmi470.37 Kb.
#1193260
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Afsonaviy Nokia haqida 20 qiziqarli fakt


Afsonaviy Nokia haqida 20 qiziqarli fakt

"Nokia" nomi shaharchadan olingan Nokia va Nokianvirta Daryo Nokia tarixida ko‘pchilik bilmaydigan yoki unutgan ko‘plab faktlar mavjud. Fin brendining taraqqiyoti bilan bog‘liq 20 ta afsonaviy faktni eslash vaqti keldi.

1.Kompaniyaga XIX asrda asos solingan. Kompaniya tarixi 1865-yil tog‘ muhandisi Frederik Idestam kichik qog‘oz fabrikasiga asos solgan paytdan boshlangan deb hisoblanadi. 1871-yilda kompaniya «Nokia Ab» nomi bilan qayta nomlangan.

2. Nokia o‘z vaqtida shippaklar ishlab chiqargan.
1967-yilda uchta kompaniya birlashdi: Finnish Rubber Works, Finnish Cable Works zavodlari va Nokia Ab. Birlashtirilgan kompaniya beshta asosiy yo‘nalishga ega bo‘ldi: rezina buyumlar, kabellar, elektronika, yog‘ochni qayta ishlash va elektr energiyasini ishlab chiqarish.

3. Shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarilgan. 80-yillarda Nokia Data bo‘limi kompyuter bo‘limi MicroMikko shaxsiy kompyuterlarini ishlab chiqarishni boshladi. Bu biznes-shaxsiy kompyuterlar bozorida birinchi qadam edi. Birinchi model MicroMikko 1'ning chiqishi 1981-yil 29-sentyabrda IBM PC davriga to‘g‘ri keldi.

4. Kompaniyaning birinchi telefonlari Mobira markasi ostida chiqarilgan. 1987-yilda kompaniya Mobira Cityman 900 telefonini taqdim etdi, uni o‘zingiz bilan qo‘lda ko‘tarib yurish mumkin edi (og‘irligi 760 gramm). Aynan shu telefonda Mixail Gorbachev Finlyandiyada turib Moskvadagi Aloqa vaziri bilan bog‘langan. Ushbu rasmdan keyin ko‘pchilik telefonni «Gobra« deb nomlagan.

5. Muloqot taymeri hammada bir xil emas. Ko‘pgina Nokia telefonlarida muloqot taymeri suhbat boshlanganida emas, balki qo‘ng‘iroq vaqtida yoqilgan. Biroq, S60 platformasidagi telefonlarning trubkani ko‘targandan keyin yoqiladigan taymeri standard hisoblangan.


6. Nokian shinalari. 1988-yilda Nokia Renkaat kompaniyadan ajralib chiqdi, u 1967-yildan beri kompaniyaning «rezina» bo‘limi bo‘lgandi. O‘shandan beri Nokian Renkaat'ning Nokia'ga hech qanday aloqasi yo‘q.


Download 470.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling