Amaliy ishi № photoshop dasturida matnli ko’rinishlar. Qor ko’rinishni harflarda qullash yaratish. Ishdan ma
Download 11.91 Kb.
|
AMALIY ISHI № 5 PHOTOSHOP DASTURIDA MATNLI KO’RINISHLAR QOR KO’RINISHNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- IShNING IZOHI
AMALIY ISHI № 5. PHOTOSHOP DASTURIDA MATNLI KO’RINISHLAR. QOR KO’RINISHNI HARFLARDA QULLASH YARATISH. Ishdan maqsad: matnli o’zgartirish amallari bilan ishlashni va qor ko’rinishni harflarda qullash yaratish. IShNING IZOHI Avvalambor yangi tasvir hosil qiling (Strl+N), taxminan 300x300 piksel hajmda bo’lsin. Hajmi juda xam katta bo’lishi shart emas – aks holda qor xaqiqiy ko’rinishda bo’lmaydi ( bunga o’zingiz amin bo’lasiz). Tagrang ko’rinishi sifatida qish fasli rasmini, yoki oddiy xavorangni qo’llash lozim. So’ngra, Type (Matn) uskuna yordamida matn yozing. Harflar rangi turli bo’lishi mumkin, biroq , harflar Kuk rangga yaqin bo’lganda ta`sirchan ko’rinish bo’ladi. 5.1 rasm Endi esa qor ko’rinishni yaratishni boshlaymiz, uchi ingichka bo’lgan Brush (Muyqalam) uskunasini tanlaymiz. So’ngra, yozuvga yuqoridan qor tushgan o’rinlarni oq rang bilan ko’rsatamiz. Buning uchun uy tomiga tushgan qor ko’rinishini ko’z oldimizga keltirishimiz lozim. Rasmda o’z e`tiboringizni jalb etib xam bajarishingiz mumkin, ammo chizish qobiliyati har bir inson ijodiga boglik. Biroq, qor ko’p bo’lmasligi lozim. Qor ko’rinishi belgilangandan so’ng, xaqiqiy tasvir bilan ishlashni boshlaymiz. Smudge (Barmoq) uskunasidan foydalanamiz. Uning imkoniyati juda keng va xilma-xildir. Ushbu uskuna bilan ishlash ko’rinishi ko’ruk rangni qog’ozga barmoq bilan surtilayotganga uxshaydi, bu esa turli xil bushliklarni birlashtirish, o’zaro oquvchanlikni hosil qilishda kerak bo’ladi. Demak, Smudge uskunani tanlab, qor ko’rinishi chetlarini harflar ustida og’iriligi bilan qotib qolgan holatini hosil kiling. Agar qotish holatini yarata olmasangiz, uskuna parametrini o’zgartiring, ya`ni bosimni oshiring (Pressure). Natija rasmda ko’rsatilgan. Keyigi bosqich hozirgi uskuna bilan amalga oshirilib bunda – qor oqimini hosil qilamiz. Ushbu ko’rinishni qor erishni boshlaganda, ya`ni eriyotgan qorning atrofida shakllar paydo bo’lish holatidir. Ular juda oson yaratiladi: «barmoq» uskuna bilan qorni vertikal yunalishda surtish lozim. E`tiborli bo’ling: chunki uskuna qo’llanilayotganda dagal ko’rinish berishi mumkin. Rasmdagi qor tushgan urinlar aniq ko’rinishda bo’lmasa, muyqalam yordamida tugrilab chiqin. Hozircha rasm ko’rinishi qish fasliga unchalik xam uxshamaydi. Sabab shundaki qor – silliq emas, balki ko’p mikdordagi qor parchalaridan iborat. Ushbu holatni ko’rsatib berish lozim bo’ladi. Masalani xal etishda– Add Noise (Notekislik qo’shish) standart filtr: Filter-Noise-Add Noise qo’llaniladi. Filtrni sozlash oynada ko’rsatilgan. So’nggi amallar kuyidagicha bajariladi. Blur (Oquvchanlik) filtr: Filter-Blur-Blurni bir necha marta takror qo’llang va natija ko’tilgandek bo’ladi. Filtrni qo’llayotganda konturlarning qo’shilishi, ya`ni tasvirda konturlar oqib ketayotganga o’xshaydi. Mo’yqalam uskuna yordamida va Brushes ranglar majmuasidan Airbrush va Noise parametrlarini o’rnatilib, harflar tagida qor ko’rinish hosil kilindi. Bajarilayotgan amalni tugadi deb hisoblasak xam bo’ladi, biroq Yana bir kichik elementni - yogayotgan qorni qo’shamiz. Buning uchun Brush uskunani tanlang va parametrlar oynasida Load Brushes buyrug’i orkali Assorted mo’yqalam to’plamini yuklang. Unda barcha standart mo’yqalam ko’rinishlar mavjud bo’lib, ular orasida qor parchasi xam bor. Uni belgilab olib, qor parchalarini kerakli o’rinlarda o’rnatib chiqing. Natija rasmda ko’rsatilgan. 5.2 rasm TOPShIRIQ: bu tasvirga asoslanib va berilgan effektini qo’llab o’z ismingizni yozing. Download 11.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling