Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish Vazirligi Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport Universiteti Farg’ona filiali


Download 27.32 Kb.
bet1/7
Sana24.12.2022
Hajmi27.32 Kb.
#1054720
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ahmadaliyev rustamjon falsafa


Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish Vazirligi
Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport Universiteti Farg’ona filiali
,,Sport turlariʼʼ fakulteti
,,Sport faoliyati” yoʻnalishi “SF 03-21” guruhi talabasi
Ahmadaliyev Rustamjonning
Falsafa fanidan
“Falsafa tarixida bilishga oid qarashlar evolutsiasi” mavzusida tayyorlagan


MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Ahmadaliyev R. Qabul qildi: G’ulomov A.
Reja:

Kirish
1. Ong va xotira. Ijtimoiy va individual ong


2. Bilish va bilim, ularning falsafiy talqini
3. Inson bilishining darajalari
Xulosa
Adabiyotlar
Kirish
«Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so’zlaridan kelib chiqqan. So’zma-so’z uning ma’nosi – “Bilish haqidagi ta’limo (fan)”, “ong haqidagi ta’limot (fan) degan ma’noni anglatadi. Gnoseologiya fanida insonning dunyoni bilish imkoniyati insonning o’zini anglash jarayoni bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi bilimlar tabiati va ularda aks etuvchi narsalarning o’zaro nisbati o'rgatiladi. Gnoseologiyaning maksad va vazifalari, bilishning moxiyati va mazmuni to’g’risida zarur bilimlarga ega bo’lish mamlakatimizda bilimdon, xar jixatdan etuk barkamol inson shaxsini shakllantirishda aloxida o’rin tutadi. Bilish nazariyasi bo’lajak mutaxassis-kadrlarda muayyan ilmiy layoqat va qobiliyatlarni shakllantirishga ko’maklashadi. Milliy mustaqillik yillarida gnoseologiya oldiga qo’yilayotgan eng muxim vazifalardan biri, ilmiy bilimlarning jamiyatimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonligi uchun xizmat kilishini ta’minlaydigan omil va mexanizmlarni o’rganish, Ulug’ ajdodlarimizning ilmiy bilimlarni rivojlantirish borasida orttirgan tajribalarini keng ommalashtirishdir. Ong nima? Inson azal-azaldan o’zigagina xos bo’lgan ongning nima ekanligi to’g’risida o’ylab, bahslashib keladi. Bu bahslarning bir jixati, ong tabiat maxsulimi yoki inson ongi iloxiy yaratilganmi? degan masaladan iborat. Ikkinchi jixati esa, inson dunyoni doimo bir xil anglaganmi? Ya’ni asrlar davomida inson ongi takomillashib kelganmi yoki xamon o’sha-o’shami? degan muammo bilan bog’liq. “O’zingni bilsang, olamni bilasan”, degan edi Suqrot. Aforizmga aylanib ketgan bu fikr ortida olam kabi inson xam siru sinoatlarga boy, u O’zini bilish orqali olam moxiyatini anglashga yo’l ochishi mumkin, degan g’oya yotibdi. SHu ma’noda, inson O’zini tashki olamdan ajratib, aloxida bir mo’jiza va tadkikot mavzui sifatida Urganishga xarakat kila boshlagan paytdan buyon uni o’ylantirib kelayotgan muammolardan biri ongning moxiyati, uning kelib chikishi masalasidir. SHu nuqtai nazardan karaganda, ongning tabiatini anglash masalasi eng qadimiy falsafiy masalalardan biri, deyish mumkin. Garchand ong va uning turli xususiyatlari insonga xos xodisa sifatida psixologiya, adabiyot, sotsiologiya kabi fanlarning tadqikot mavzui doirasiga kirgan bo’lsa-da, ongning moxiyati, uning turli ko’rinishlari o’rtasidagi munosabat kabi masalalarni o’rganish bilan aynan falsafa shug’ullanadi. Bunday karashlarning ildizi juda qadimiy bo’lsa-da, ular xamon o’zining ko’plab tarafdorlariga ega. Zero, u olam va odamning yaratilganligi masalasi bilan bevosita bog’likdir. Kimda-kim olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong xam yaratganning kudrati ekanligini tan olishi tabiiy. Ong moddiylikning miyada aks etishi deb tushunishda, uning moxiyati inson tanasi faoliyati bilan bog’lab talkin etiladi. Bunday karashlar xam qadimiy ildizlarga ega. XVIII asrga kelib ongni bevosita inson miyasi faoliyati bilan bog’lashga xarakat kilgan karashlar xam shakllandi. Ayni paytda materialistik yo’nalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning moxiyatini buzib talkin qilish xollari xam paydo bo’lgan. Falsafa tarixida Vulgar materializm deb nom olgan okim namoyandalarining qarashlari bunga misol bo’la oladi. Ularning fikricha, xuddi jigar safro ishlab chiqargani kabi, miya xam ongni ishlab chikaradi. Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas, balki moddiy xodisa, degan xulosa chiqadi. Vaxolanki, safroni ko’rish mumkin, ammo ongni ko’rib xam, ushlab xam, o’lchab xam bo’lmaydi. Xo’sh, ong tarixan qachon va qanday omillar ta’sirida shakllangan? U xaqiqatan xam miya bilan bog’likmi?

Download 27.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling