Amarant tarkibi biologik faol birikmalarga boy ekanligi uning
Download 25.82 Kb.
|
1 2
Bog'liqAmaranthni kundalik ratsioningizga kiritishga arziydimi
Hozirgi kunda jaxon bozorida dorivor o’simliklarga bo’lgan talab kundan kunga ortib bormoqda..Respublikamizda soʼnggi yillarda dorivor oʼsimliklarni muxofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor oʼsimliklarni yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil isloxatlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizda amarant oʼsimligiga katta eʼtibor berilib, oʼsimlikni yetishtirishga doir koʼplab tajribalar olib borilmoqda. Аmarant oʼsimligi amarantdoshlar oilasiga kiruvchi oʼsimlik boʼlib, xalq tilida biz ushbu oʼsimlikni gultojixoʼroz deb ataymiz. . Botanika nuqtai nazaridan, amarant soxta donli o'simliklar guruhiga kiradi, ya'ni psevdo-donlar deb ataladi. Ushbu oʼsimlikning kelib chiqish vatani Janubiy Аmerika boʼlib. Mayya, atstek va inklar u jangchilarga kuch va jasorat berganiga ishonishgan. Amarant Janubiy Amerikada 8000 ming yil avval makkajoʻhori oʻsimligidan keyin madaniylashtirilgan. Amarant Yevropaga 16-asrda manzarali o'simlik sifatida kelgan, uning ozuqaviy xususiyatlari ancha keyin kashf etilgan Ikkilamchi vatani esa Xitoy xamda Xindiston xisoblanadi. Ushbu oʼsimlikni yetishtirishga oid tajribalar shuni koʼrsatadiki, oʼsimlikni yetishtirish fermerlar uchun yuqori daromad manbai boʼlishidan tashqari, chorvachilik, parrandachilik, oziqovqat, farmatsevtika va kosmetika sanoatida xam keng miqyosda foydalanish mumkinligi koʼrsatdi Amarantning yashil massasida oqsil modasi ko‘p bo‘lganligi uchun chorvachilikda silos va boshqa oziqalarni ishlab chiqarishda ko‘proq ishlatiladi Amarant bo'yicha birinchi tadqiqotlar 1980-yillarning oxirida Polshada boshlangan. Hozirgi vaqtda ushbu o'simlikning ozuqaviy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, qo’llanma va adabiyotlarda "21-asr donasi" atamasi tobora ko'proq foydalanilmoqda. Kimyoviy tarkibiga ko'ra, amarant donalari hozirgi dunyoning ozuqaviy ehtiyojlarini qondirish uchun yuqori quvvatga ega bo'lgan 21-asr donasi hisoblanadi. Amarant tarkibi biologik faol birikmalarga boy ekanligi uning shifobaxshlik xususiyatlarini belgilab beradi. Ushbu oʻsimlikdan xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotda kasalliklarni davolashda keng qoʻllaniluvchi tabiiy manba sifatida foydalanish mumkin Amarant oʻsimligining yana bir yuqori biologik xususiyatlaridan biri shuki, uning gultoji va barglari tarkibiga kiruvchi pigment moddalarning oziq-ovqat sanoatida ozuqaviy boʻyoqlar sifatida keng qoʻllanishidir. Ushbu oʻsimlik tarkibida betalain pigmentlar mavjud boʻlib, oʻsimlikka xos boʻlgan ranglarni beradi. Betalainlar ikkita asosiy: betatsianlar va betaksantinlarga boʻlinadi. Bugungi kunda tabiatda betalainlarning 50 ga yaqin qizil betatsianin va 20 ga yaqin sariq Download 25.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling