Amir temur adolat va g‘urur timsoli


Download 21.47 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi21.47 Kb.
#1314964
Bog'liq
Макола 5


AMIR TEMUR – ADOLAT VA G‘URUR TIMSOLI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Amir Temurni tarix zarvaraqlarida bitilgan barcha ishlari, xalqi va vatani yo‘lidagi jonbozligi yoritib berishga harakat qilingan. Bugungi kunda bu shaxs timsoli o‘sib kelayotgan yosh avlodga har tomonlama namuna ekanligiga shubha yo‘q. Ta’lim sohasida har bir fikr-mulohazalari asosiy qo‘llamna qilinib tarbiya darsliklari qo‘llanmasiga aylanishi zarur. Ushbu muammoni kelajakda artoflicha o‘rganish kerak, u zamonaviy islohot bosqichida ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Kalit so‘zlar: Amir Temur, adolat, g‘urur, ta’lim, tarbiya, islohot.
Amir Temur – buyuk davlat asoschisi.U Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qoʻltigʻiga qadar gʻoyat katta hududni qamrab olgan markazlashgan ulkan saltanatga asos soldi. Amir Temurning harbiy yurishlari, jangu jadallarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni alohida taʼkidlash kerakki, uning faoliyati qoʻyilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga boʻlinadi. Birinchi bosqich (1360-1386)da Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yoʻlida kurashdi, Movarounnahrni birlashtirishdan manfaatdor boʻlgan mahalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar (mulkdor dehqonlar, harbiylar, hunarmandlar, savdogarlar va ruhoniylar) yordamida tarqoq mulklarni birlashtirish uchun kurash olib bordi. Amir Temurning bu davrdagi faoliyati Oʻrta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yoʻlida, shubhasiz, ulkan ijobiy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat -50- ichki kuchlarini va moʻgʻullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida boʻhronga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulayroq sharoit vujudga keldi. Ayni vaqtda xoʻjalikning asosi boʻlgan dehqonchilikda muayyan siljishlar roʻy berdi. Yangi-yangi ariq (kanal)lar qazilib, dehqonchilik maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi. Ta’lim sohasi mamlakatdagi asosiy e’tiborli tomon bo‘lgan. Amir Temur shaharlarda ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun ko‘plab ilmiy muassasalar qurishga amr qilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan baravar matematika, me'morchilik, astronomiya, adabiyot, tarix, musiqa kabi fanlarning o‘qitilishiga alohida e'tibor berilgan. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, musulmonlarga diniy madrasalarda ta'lim berish, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars berish uchun sohibqiron tomonidan har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilingan. Talabalarga o‘z davrining yirik allomalari dars berganlar. Madrasa mudarrislariga ko‘p maosh to‘langan, ular farovon hayot kechirganlar. «Temur tuzuklari»da «Sayyidlar, ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, tarixchilarni e'tiborli kishilar hisoblab, hurmatlarini joyiga qo‘ydim. Ular bilan qimmatli fikrlashdim», – deb yozadi. Ana shu o‘rinda bir narsani ta’kidlash joizki, ko‘pincha tarixiy manbalar, yozilgan risolalarda Amir Temurning yoshligi haqida ma’lumotlar juda kam. Yaqinda H.Bobobekov va boshqalar tomonidan nashr etilgan «Qissai Temur» («Malfuzoti Temuriy») asrining bu boradagi muhimligi shundaki, unda aynan ana shu masalalar juda yaxshi yoritilib, Amir Temurning yoshligi, ta’lim-tarbiya olishi, pirlari bilan uchrashishlari batafsil bayon etilgan[5, 33-103]. Temuriylar mamlakatni 3 asrga yaqin boshqardilar. Amir Temurning tarixiy xizmati shundaki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona jug‘rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi. Umuman, Amir Temurning jahon madaniyati siyosiy va ma'naviy hayotida tutgan o‘rni va tarixiy ahamiyati quyidagilardan iborat:-51- Birinchidan, Amir Temur XIV asrdayoq mamlakatlararo va mintaqalararo munosabatlarni chuqurlashtirish asosida insoniyat taraqqiyotini jadallashtirish zaruriyat ekanligini ko‘rsatib berdi. Ikkinchidan, u mamlakatning kuchayib ketgan feodal tarqoqligiga barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostiga birlashtirdi, markazlashgan yirik feodal davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratdi. Uchinchidan, Amir Temur davlat tizimi va boshqaruvini tashkil etishda o‘ziga xos maktab yaratdi. Hammaning qonun oldida tengligi va qonun ustuvorligini ta'min etishi uning buyuk xizmatidir. To‘rtinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilik zulmidan ozod bo‘lishda yordam berdi. Masalan, o‘sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor qilib (1402), Bolqon yarim orolidagi xalqlar va mamlakatlarni turklarning istibdodidan qutqardi. Beshinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat rivojlangan ilg‘or mamlakatga aylantirdi. O‘z umrining ko‘p qismini Amir Temur hayotini o‘rganishga bag‘ishlagan pokistonlik tadqiqotchi Ahmad Doniy: «Hozirgi zamon tarixi Amir Temurning buyuk shaxsiga yetarli e'tibor bermadi. U Osiyoda turk islom yuksalishiga asos soldi. Tarix uning ilmi amali bilan tenglashadigan boshqa bir muqobil hodisani bilmaydi», – deb yozadi. Davrga ta'sir etgan omillar yurtimiz tarixidagi zarhal harflar bilan bitilgan ulkan xazinadir. Mamlakatimizning dunyoga mashhur bo‘lishida, insonlar tarbiyasida bu davr o‘z rolini bajarmoqda va mustaqilligimizni mustahkamlashda, xalqimizning milliy g‘ururini shakllantirishda xizmat qilmoqda. Har bir davrning moddiy va ma'naviy taraqqiyotga ta'sir etuvchi o‘z omillari bo‘ladi. Temuriylar davri ma'naviyatining yuksalishiga ta'sir etgan omillar IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda ro‘y bergan o‘zgarishlar, buyuk Uyg‘onish davri (Sharq Renessansi) kashfiyotlari, ilm-fan sohasidagi katta o‘zgarishlar, buyuk allomalar Ibn Sino, Forobiy, Farg‘oniy, -52- Beruniy, Buxoriy, Bahouddin Naqshband va boshqalarning asarlari, keyingii asrlardagi voqealardir. Bu ma’lumotlarni hech ikkilanmasdan ta’lim jarayoni darsliklariga va qolaversa boshqa sohalarga ham targ‘ib qilishimiz kerak. Amir Temur shaxsini shunchaki davlar arbobi, markazlashgan davlat asoschisi yoki sarkarda sifatida emas balki, buyuk shaxs, har davrda tug‘ilavermaydigan nodir arbob sifatida e’tirof qilib, har bir yuksalib kelayotgan yosh avlodning ongi shu’uriga singdirishimiz kerak. Amir Temur shaxsiyati, uning amalga oshirgan ishlari, xususan, davlat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalaridagi qarashlari haqida darslik bu shaxs timsolini yanada yaqinroq o‘rganishni va xalq ongiga kirib borishini tezlashtiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Temur tuzuklari, forschadan Alixon Sogʻuniy va Habibullo Karomatov tarjimasi, T., 1991.
2. Ibn Arabshoh, Ajoib al-maqdur fi tarixi Taymur (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari), T, 1992.
3. Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T, 1996.
4. Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1997. 5. Qissai Temur (Malfuzoti Temuriy). – Toshkent, 2000.
Download 21.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling