Amir Temurni tarix saxnasiga chiqishi


Download 113.5 Kb.
bet1/3
Sana16.04.2020
Hajmi113.5 Kb.
#99800
  1   2   3
Bog'liq
Amir-Temur-davrida-markazlashgan-davlatning-tashkil-topishi

Reja:



  1. Amir Temurni tarix saxnasiga chiqishi.

  2. Amir Temurni markazlashgan davlat tuzish rejasini amalga oshirishi.

  3. Amir Temurning saltanatni boshqarishdagi siyosati.

Amir Temurda davlatga, xarbiy ishlarga bo`lgan QiziQish juda erta uyg`ondi. U jismonan juda baQuvvat bo`lgan. SharQona kurash va mushtlashish usullarini puxta egallagan. Chavandozlik uning eng yaxshi ko`rgan mashQi bo`lgan.

Temurning shaxsiy Qiyofasi, kuch-Qudrati to`g`risida Ibn Arabshoxninig Quyidagi iboralari g`oyatda asoslidir. «Amir Temur jismu-jasadi kelishgan, Qaddi-Qomati tik, uzun bo`yli, go`yo Qadimgi paxlavonlar avlodlari misoli bo`lib, boshi katta, g`oyatda kuchli va salobatli, oQish yuzini och Qizil rang jonlantirgan bilan xech bir dog`siz, bug`doyrang emas. qo`l oyoQlari baQuvvat, yelkalari keng, o`ng oyoQ-Qo`li cho`loQ va shol, ikki ko`zi bamisoli ikki shamdek bo`lsada, shodligi bilinmas, yo`g`on ovozli edi. U o`limdan Qo`rQmas, yoshi saksonga yetgan bo`lsada, iztirobsiz, vazmin bo`lib, xazil-mazax va yolg`onni yoQtirmas, garchi unda o`ziga ozor yetadigan biron so`z bo`lsa xam xaQiQat unga yoQar edi. U bo`lib o`tgan ishga aziyat chekmas va Qo`lga kiritiladigan yutuQlardan shodlanmas edi»1.

SoxibQiron Amir Temur tarixan o`ta murakkab vaziyatda-XIV asrning 60-yillarida siyosat maydoniga chiQdi. Bu davrda Chingizxon avlodlari o`rtasida toju-taxt, davlat va mol talashishlar shu darajada kuchayib ketdiki, bu Chig`atoy ulusiga Qarashli xududlarga feodal tarQoQlikning yanada chuQurlashuviga sabab bo`ldi. Maxalliy xokimlarning o`zboshimcha xarakatlari natijasida Chig`atoy ulusiga Qarashli Movarounnaxr xududida o`nlab mustaQil bekliklar vujudga keldi.

Shaxrisabzda-Xoji Barlos, Xo`jandda-Boyazid Jaloyir, Balxda-Amir Xusayn, Shibirg`onda – Muxammad Aperdi Nayman, Ko`xistonda-amir Sotilmish, Arxang saroyda – O`ljoy Aperdi va boshQalar o`zlarini xokimi mutlaQ deb xisoblashardi.

Bir yoQdan mo`g`ul xonlari o`tkazayotgan zug`umlar, ikkinchi tomondan esa – maxalliy xokimlar o`rtasida to`xtovsiz davom etayotgan nizo va urushlar o`lkani mushkul axvoolga solib, oddiy xalQ ommasining turmushini og`irlashtiribgina Qo`ygani yo`Q, Ayni zamonda boy va zodagonlarning manfaatlariga xam putur yetkazdi. Shu boisdan xam o`lkada feodal tarQoQlika barxam berish, markazlashgan kuchli davlat barpo eti shva so`ngra mo`g`ullar istibdodidan ozod bo`lishga intilish g`oyasi tobora kuchayib bordi. XalQni ng anna shu xoxish irodasini birinchilar Qatorida tushungan maxalliy xokimlardan biri Xoji Barlosdir1.

Kesh (Shaxrisabz) xokimi Xoji Barlos – turklarning barlos Urug`idan bo`lib, Amir temurning amakisi edi. Tarixiy manbalarning guvoxlik berishicha, 1358 yilda amir qozog`onni ng o`g`li Abdulloxga Qarshi kurash boshlagan mo`g`ul amiri Bayon sulduz yonida Xoji Barlos xam bo`lgan. Ular amir Abdulloxga Qarshi itifoQ tuzib, Qo`lga kiritilgan viloyatlarni o`zaro taQsimlab olish sharti bilan kurashganlar. Ular o`z niyatlarini Qsman amalga oshirdilar. Bayon Sulduz bilan Xoji Barlosdan yengilgan Abdullox Andarab tomonga Qochib ketadi. Bayon Sulduz Bilan Xoji Barlos Movarounnaxr yerlarining bir Qismini egallab oladilar va uni o`zaro taQsimlab idora eta boshlaydilar. Xoji Barlosga Kesh viloyati tegadi. Anna shu tariQa 1358 yilda Qariyib bir yarim asrdan so`ng Movarounnaxrning bir Qismida xokimiyatni boshQarish maxalliy axoli vakili Qo`liga o`tadi. Shu paytga Qadar darslik va adabiyotlarda bu masala yetarli darajada yoritilmay kelingan. Tarix darsliklarini o`Qigan o`Quvchidan «Movarounnaxrda Maxmud tarobiy Qo`zg`olonidan so`ng mo`g`ullarga Qarshi xech - Qanday xarakat bo`lmagan», - degan bir fikr paydo bo`lar edi. To`g`ri adabiyotlarda XIV asrning 30-yillarida Xurosonda maxalliy axolining vatanparvar va ilg`or Qismi bo`lgan sarbadorlar (mo`g`ullarga Qarshi kurashda o`z boshlarini dorga tikishga rozi bo`lganlar) mo`g`ullardan kichik bir xududni ozod Qilganliklari, o`z davlatlarini barpo etib, xatto Sabzavor shaxrini bu davlatning poytaxtiga aylantirganliklarini ta`kidlanadi. Ammo ularda shaxrisabz bekligining Movarounnaxrda (1361-1362 yil oralig`ida SamaraQandda xam sarbadorlar mo`g`ullarni tor-mor Qilib, xokimiyatni Qo`lga kiritganlar) 140 yillik mo`g`ullar xukmronligidan so`ng birinchi bo`lib ozodlikka erishganligi xaQidagi muxim masala chetlab o`tilgan. Xolbuki, sarbadorlar xarakati ta`siri ostida Movarounnaxrning SamarQanddan boshQa shaxarlarida xam, xususan Kesh bekligida axolining katta bir Qismi erk va ozodlik uchun g`ayrat kamarini maxkam bog`lagan edi. Xatto, bu xarakatga nisbatan xayrixoxlik bilan Qaraganlar safida Temur xam bo`lganligi uning keyingi faoliyatida yaQQol ko`zga tashalanadi.

Temurbek mo`g`ullar Movarounnaxrga 1360 yil birinchi bor bostirib kelgandayoQ, xech ikkilanmay mamlakat va xalQi bilan birga bo`ldi, dushmanga Qarshi kurash olib borishga Qaror Qildi. Dastlabki paytlarda Qudratli dushman bilan bir o`zi kurashish imkoniyatiga ega emas edi. Movarounnaxrning Xoji Barlos, Bayon Sulduz, Boyazid Jaloir singari katta amirlarining bir Qismi Tug`luQ Temurxon xizmatiga o`tgan edilar. O`shanda Temurbek xam xech ikkilanmasdan mo`g`ul xonining xuzuriga borishga majbur bo`ldi, chunki vaziyat og`ir va shuni taQozo etardi.

Amir Temur bu tadbiri bilan mo`g`ullarning asosiy kuchlarini Movarounnaxrga ichkarilamasdan turib, ularni to`xtatish va el-yurtni taxQirlashlardan asrab Qolish edi. Temurbek bunga ma`lum darajada erishdi. Xon unga ota yurti bo`lmish Keshni, to Jayxun bo`yigacha bo`lgan yerlarni Qo`shib berdi va uning maslaxati bilan ish tutadigan bo`lib Qoldi. Bu xaQida Temur tuzuklarida shunday deyilgan edi: «Men tajribamdan shuni bildimki, yuz ming otliQ askar Qila olmagan ishni bir to`g`ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin ekan».

XaQiQatan xam Amir Temur xalQ tarafida bo`ladi. Masalan: bir kuni amir Bekchik, Xojibek va Ulug` Tug`temir boshchiligidagi mo`g`ullar qarshi va /uzor atrogfidagi QishloQlarni talon-taroj Qilganini xonga arz Qilganidaxon amirlarni tiyib Qo`ygan. Xon amirlarni bundan buyon Movarounnaxrga borishlarini man Qildi.

Tug`luQ Temurxon Mo`g`ulistondagi nisozlik va ayrim beklarning isyoni tufayli Movarounnaxrni o`g`li Ilyosxo`jaga 1360 yil kuzida topshirib o`z yurtiga Qaytib ketadi. U ketgandan keyin Temurbekning Ilyosxo`ja bilan murosasi kelishmay Qoladi. Xon uni katta amirlikdan chetlatib, Qo`shin to`plovchi etib tayinlaydi.

Bosh amirlik lavozimiga o`zining eski amiri Bekchikni tayinlaydi. KeyinroQ Bekchik va xon chorasini topib amir Temurni yo`Qotish payiga tushadilar. Ular Tug`luQ Temurxonga xat yozib, «Temur bizga Qarshi isyon ko`tardi»,-deb nom ayozadilar. Xon bu yolg`on gaplarni chin xisoblab, Temurni yo`Qotish xaQida yorliQ yuboradi. Ammo bu yorliQ Amir Temurning Qo`liga tushib Qoladi. Ushbu yorliQda Amir Temurni o`limga maxkum etilgan edi.

Shundan keyin Amir Temur birmuncha vaQt Xorazm va Turkmaniston cho`llarida jon saQlaydi. 1362 yili Amir Xusayn bilan birgalikda tevarak atrofda yurgan ba`zi amirlarni xam to`plab, mo`g`ullarga Qarshi kurashni davom ettirdi.

IttifoQchilar-Temurbek va Amir Xusayn Abu Said va mingli Bug`a bosh bo`lgan uch minglik mo`g`ul Qo`shinini Balx jilg`asida tor-mor keltiradilar. Bu ularning mo`g`ullar ustidan Qozongan birinchi yirik g`alabasi bo`ldi. Shundan keyin ular Balxni xam egalladilar.

Temurbek va Amir Xusaynning bu g`alabasi tez orada Movarounnaxrning tog`u-tosh, cho`lu-biyobonlarda yashirinib yurgan amirlariga xam yetib boradi. Ularning ba`zi birlari ittfoQchilarni Qidirib Termiz atrofiga keladilar. Lekin Temur va Xusayn ular bilan Qo`shilish choralarini ko`rmaydilar.

1362 yildagi g`alabadan keyin Amir Xusayn Balxda Qoladi. Amir Temur esa kurashni bir o`zi davom ettiradi. 1362 yilning kuzi SoxibQiron Xisor viloyatida turgan mo`g`ullarning katta Qo`shinini yengadi. 1363 yili u xatto ona yurti Keshni xam Qo`lga kiritadi va shaxarning buzilib ketgan yerlarini ta`mirlaydi.

1363 yili Tug`luq Temur vafot etadi va bu Amir Temurga juda Qo`l keladi, chunki Ilyosxo`ja Movarounnaxrni tark etadi.

1365 yili Ilyosxo`ja katta Qo`shin bilan yana Movarounnaxrga bostirib kiradi. Ikki o`rtadagi bu jang tarixda «loy jangi» nomini olgan bo`lib, Toshkent bilan Chinoz oralig`ida bo`lib o`tgan. Bunda Ilyosxo`jaga Qarshi Amir Temur va Xusayn jang Qiladi. Ammo jangda Amir Xusaynning Qat`iyatsizligi tufayli ittfoqchilar yengiladi. Mo`g`ullar esa jiddiy Qarshilikka uchramay mamlakatning chikarisiga bostirib kirishda davom etdilar.

Mamalakat yana chetdan kelgan dushman oyog`i ostida Qolgan o`sha og`ir kunlarda xalQning nonini yeb, tuzini ichgan amirlar jonini saQlab Qochib Qoldilar. Lekin el-yurt ximoyasiz qolmadi.

Mo`g`ullarga Qarshi kurashda SamarQanddagi sarbadorlar xalQning joniga oro kirdilar. Bu Qo`zg`olon 1365 yil iyun oyining oxirida SamarQandda bo`lib o`tadi. Unga SamarQand madrasalaridan birining mudarrisi Mavlonzoda, paxta tituvchi Abubakr Kalaviy va mergan yigit Xurdak Buxoriylar boshchilik Qilodi.

Sarbadorlarning yetakchilari, xavf-xatar kuchaymasdan uning oldini ola bildilar. Ular darxol shaxar masjidi jomiyga yig`ib yuz bergan axvolni o`rtaga soldilar. O`shanda xalQ yakdil bo`lib Mavlonzodani o`zlariga raxnamo etib sayladilar. Abubakr Kalaviy bilan Xurdak Buxoriy uning yordamchilari etib tayinlandilar. Shundan keyin sarbadorlarning yetakchilari shaxar mudovaasini tashkil etish va dushmanni tor-mor etish rejasini tuzib oldilar va Qurol ko`tarishga safarbar Qildilar.

Sarbadorlar kechani kecha, kunduzni kunduz demay ishlab, shaxarning kirish chiQish yerlarini mustaxkamladilar. Katta-kichik ko`chalarni u yer, bu yeridan to`sib yoniga tosh va temir parchalarini uydilar.

Ertasi kuni Mavlonzoda va uning o`rinbosarlari muxim bir Qarorni-shaxarda xokimiyat shu kundan e`tiboran sarbadorlar Qo`liga o`tganligi, boju xiroj va boshQa soliQlarning miQdorini birmuncha kamaytirilgani, islom dini joriy etilganiga 700 yil bo`lganiga Qaramay, xamon xalQdan undirib kelinayotgan jizya solig`i bekor Qilinganligi va Qul mexnati bir Qadar yengillashtirilganligi xaQidagi Qarorni e`lon Qildilar.

Shunday Qilib SamarQandda xokimiyat xalQ Qo`liga o`tdi. Lekin SamarQand saryuadorlari, Xuroson sarbadorlaridan farQli o`laroQ o`zlarini podshox deb e`lon Qilmadilar. Xukumat ishlarini jamoa bo`lib ado etdilar.

Tez orada Ilyosxo`ja va mo`g`ullar shaxarning «Shoxi Zinda» shox ko`chasida paydo bo`ldilar. Ular shaxarni lashkardan xoli, bo`m-bo`sh xisoblab bamaylixotir kelar edilar. Ko`cha boshida uning ikki tarafiga Qo`yilgan pistirmadagilar ularni sezdirmay o`tkazib yubordilar. Lekin mo`g`ullar ko`chaning u yer bu yeriga Qo`yilgan to`siQlarga duch keldilar. Ana shunday to`siQlardan biri Chorsuga yaQin yerda edi. Mo`g`ullar to`siQQi o`t Qo`yib, yondirib yubormoQchi bo`ldilar. Lekin ko`chaning ikki tarafiga Qo`yilgan pistirmalardan yog`dirilgan o`Q yomg`iriga duch kelib, ularning ko`pchiligi otlaridan Qulab yer tishladilar.

Shundan keyin mo`g`ullar manjaniQlarini ishga soldilar va shaxarni bombardimon Qilishga kirishdilar. Buning natijasida ko`plab uy-joy, ayniQsa masjidu madrasalar vayron Qilindi, tinch axolidan ko`p odam o`ldirildi. Lekin SamarQand va uning Qaxramon xalQi taslim bo`lmadi. Aksincha kattayu-kichik jon-jaxdi bilan kurashni davom ettirdi.

Bir so`z bilan aytganda, bosQinchilarning SamarQand va uning xalQini tiz cho`kdirish uchun Qilgan barcha urinishlari bexuda ketdi. Buning ustiga shu paytda mo`g`ul otlari orasida «o`lat» kasali tarQaladi.

«Zafarnoma» muallifi Sharofiddin Ali Yazdiy keltirgan ma`lumotlarga Qaraganda, o`shanda to`rt otliQ mo`g`ulning faQat bittasida ot Qoldi, xolos.

Bundan tashQari xuddi shu paytda Mo`g`ulistonda Ilyosxo`jaga Qarshi Qo`zg`olon boshlanadi. Shuning uchun xam mo`g`ullar Qolgan Qutgan lashkarini olib, mamlakatimizdan chiQib ketishga majbur bo`ladilar.

Sarbadorlar ko`p sonli va yaxshi Qurollangan dushman ustidan g`alaba Qiladilar. Lekin sarbadorlarning xukmronligi bir yildan nariga o`tmadi. Kelasi yili (1366) Amir Xusayn Konigil tepaligida xiyonatkorona ish tutadi. Uning amri bilan Abubakr Kalaviy bilan Xurdak Buxoriylar o`ldiriladi. Mavlonzodani Amir Temur QutQarib Qoladi.

Temurbek Amir Xusayn bilan 1362 yili birlashganda faQat bir maQsadni-mamlakatni mo`g`ullar istibdodidan ozod Qilish va Chig`atoy ulusining birligini tiklashni o`z oldiga maQsad Qilib Qo`ygan edi. Amir esa. Bobosi amir qazag`anga o`xshab, fikru yodi oliy xokimiyatni Qo`lga kiritib olish va Chig`atoyxon taxtini egallash bo`ldi. 1365 yili va undan keyin bo`lib o`tgan voQealar buni yaQQol isbotladi.

Shuni aloxida ta`kidlab o`tish kerakki, Temurbek avval va xokimiyatni Qo`lga kiritganidan keyin xam oliy xokimiyatga intilmagan. U Chig`atoyxon naslidan bo`lgan kishilarni ya`ni BuyonQulixon, Suyurg`otmish va Sulton Maxmudni Qo`llab-Quvvatladi. O`zini esa. FaQat amir deb atab keldi. Chunki, u turk-mo`g`ul xalQlari o`rtasida Qonun tusiga kirgan «yoso» va «yusunga» rioya Qildi.

Xullas, o`sha «jangi loy» voQeasidan keyin o`rtaga tushgan sovuQchilik bora-bora dushmanchilikka aylandi. Ular ochiQchasiga bir-birini maxv Qilish yo`liga o`tdilar. Bunga ayniQsa amir Xusayn astoydil bel bog`ladi.

Amir Xusayn 1365 yiliyoQ soli Saroydan Balxga ko`chib o`tdi va uning Qal`a, devor va istexkomlarini mustaxkamlashga kirishdi. Bir so`z bilan aytganda, xar ikkala amir katta va xal Qiluvchi urushga xozirlik ko`ra boshladilar.

Balx ustiga yurish 1370 yil 15 mart kuni erta tongda boshlandi. Termizga yaQinlashganlarida, undan uch farsax (18-21 km) berida joylashgan Biyo Qishlog`ida, andxud sayidzodalaridan sayyid Baraka xazrat soxibQironning oldiga peshvoz chiQdilar va unga xammaning oldida nog`ora bilan bayroQ tutQizdilar. BayroQ bilan nog`ora musulmonlarning odatiga ko`ra, toju taxt ramzi bo`lib, uni oliy martabali ruxoniyning Qo`lidan olish tez orada uning toj-taxt va saltanat egasi bo`lishligiga ishora edi.

Amir Temurning Balxga yurishida so`nggi manzili qo`xi shodiyonning g`arbiy etagidagi, Balxob daryosi soxilida joylashgan Elburz Qal`asi bo`ldi. Temurbek va uning Qo`shinlari «Iydi ramazon»ni shu yerda kutib oldilar, so`ng Qurultoy chaQirilib Chingizxon naslidan bo`lmish Suyurg`otmish o`g`lon (1370-1388) xon etib saylandi.

qurultoyning ertasiga Temurbek Qo`shinini olib balx ustiga Qarab yurdi. qo`shin tarkibida Joku barlos, Bayon Sulduzning o`g`li shayx Muxammad, Shibirg`on xokimi Muxammadxo`ja aperdining o`g`li Zinda Chashm bor edi.

Zamondosh tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning so`zlari bilan aytganda «Temurbekning bayrog`i ostiga shu Qadar ko`p lashkar to`plangan ediki, uning savlatidan tog`u-tosh va dashtu biyobonlar larzaga keldi».

1370 yil 5 aprel kuni Balxning Xinduvon deb atalmish tashQi Qal`asi Temurbek lashkari tarafidan Qurshab olindi. qal`aning janub tarafidagi Navbaxor darvozasi Qarshisiga Umarshayx Mirzo bilan Joku Barlos, shaxarning kun chiQish tarafidagi Xinduvon darvozasi Qarshisiga amirzoda Jaxongir bilan amir OQ Bug`a, shaxarning kun botar tarafida joylashgan Darbi voQea darvozasiga amir Dovud bilan amir Muayyad, shimol tomondagi xiyobon darvozasiga amir Sor Bug`o bilan Xusayn baxodir Qo`shini bilan Qo`yildi.

Balxning tashQari shaxari Xinduvon uchun boshlangan shiddatli janglar ikki kun davom etdi. Ikkala taraf xam katta talofot ko`rdi. Og`ir janglardan birida Temurbekning o`n olti yoshga kirgan o`g`li Umarshayx Mirzo oyog`idan yarador bo`ldi.

Urushning ikkinchi kuni xinduvon darvozasi tarafdan shaxarga QattiQ zarba urildi. Jaxongir Mirzoning bir gurux yigitlari kechga yaQin darishga sazovar bo`ldilar. BoshQa darvozalar Qarshisi olib borilayotgan janglar xam muvofaQQiyatli bordi.

Oxir-oQibat Qamaldagilarning axvoli og`irlashdi. OrtiQcha Qarshilik ko`rsatish befoyda ekanligini Amir Xusayn xam tushundi. Nima Qilib bo`lsa xam jonini omon saQlab Qolish payiga tushdi va Temurbek xuzuriga sulx so`rab elchi yubordi. Xazrat soxibQiron agar u o`z ixtiyori bilan taslim bo`lsa, uni omon Qoldirishga so`z berdi. Shundan keyin Amir Xusayn darvozadan chiQib Temurbekning o`rdasi tomon yo`l oldi, lekin vaxima va Qo`rQuv bosib yo`lidan Qaytdi va darvoza yonidagi minbar ichiga kirib yashirindi. Lekin uni topib oldilar va Qo`l-oyoQlarini bog`lab, Temurbekning o`rdasiga keltirdilar. Amir Temur esa «men uni Qonidan kechganman va undan intiQom olish tarixiga chiziQ tortganman»,-deydi.

Shundan keyin Amir Kayxusrav Xatloniy xaQiQat so`rab, bir vaQtlar uning ukasi KayQubodni o`ldirgan Xusaynni taQdirini menga topshiring deb iltimos Qilsada soxibQiron o`z so`zida Qat`iy turdi. Ammo Kayxusrav Xusaynni o`ldirganida unga e`tiroz bildirmaydi. Bu voQea 1370 yil 12 aprel kuni sodir bo`ldi.

Amir Temur Xusayn ustidan g`alaba Qozongach, butun Movarounnaxrni o`z Qo`li ostiga birlashtiradi. Balxda chaQirilgan Qurultoyda Temur Chig`atoy saltanatining vorisi deb e`lon Qilinadi. Lekin o`sha davrdagi vaziyatni xisobga olib va mo`g`ullarning Qarshiligini kuchaytirmaslik maQsadida xon taxtiga Suyurg`otmish o`tQazilgan edi. Amalda esa SamarQand taxtini soxibQiron Amir Temur tomonidan boshQarilgan.

SoxibQiron Movarounnaxrning yagona xukmdori bo`lib olgach, buyuk saltanat barpo Qilishni o`z oldiga maQsad Qilib Qo`ydi va bu ishni asta sekinlik bilan amalga oshira boshladi.

Xarbiy Qo`mondonga beriladigan eng xolis baxo-uning janglarda erishgan g`alabasidir. Shu nuQtai nazardan Temur tarixidagi buyuk sarkardalar orasida aloxida ajralib turadi.

Amir Temur 1371-1404 yillar orasida Mo`g`uliston, Eron, Ozarbayjon, IroQ, Shom (Suriya), Xindiston, Gurjiston, Armaniston, Kavkaz orti o`lkalari ustiga xarbiy yurishlar Qildi. Biz uzoQ o`tmish, eski zamon ijtimoiy-iQtisodiy taraQQiyotining Qonuniyati va o`sha zamonlardagi xukmron mafkuradan kelib chiQadigan bo`lsak, bunday urushlarning obyektiv Qonuniyatlari borligini ochiQ anglaymiz.

Birinchidan, Qadim zamonlarda va o`rta asrlarda o`tgan xonlar va podshoxlar o`z ijtimoiy tabaQasining namoyondalari. O`sha boy-badavlat tabaQalar tarafidan taxtga o`tQazib Qo`yilgan kishilar edilar. Madomiki, shunday ekan, ular o`z tabaQasining maQsad va manfaatlarini ximoya Qilishlari, ya`ni katta urushlar olib borib, ularning yer-suvlarini ko`paytirishlari mo`may o`lja olib, ularning boyligiga Qo`shimcha boylik Qo`shib, ularning iQtisodiy saloxiyatini oshirishlari kerak edi. Buning uddasidan chiQolmagan xon va podshoxlarni ular tutib turmas va taxtdan uloQtirib tashlab, o`zlariga keraklisini o`tQizar edilar. Tarixiy manbalarda bu xaQda ko`p misollar bor.

Ikkinchidan, o`sha zamonlardaxonlar va podshoxlar orasida jaxongirlik ya`ni, jaxonga xokim bo`lish, xech bo`lmaganda uning Qismini bo`ysundirishga intilish odati bor edi. Masalan, Iskandar ZulQarnayn, Yuliy Sezar, Chingizxon mana shunday xukmdorlar jumlasidan edilar.

Amir Temurning jaxongirlik faoliyatida xar ikki omil xam ma`lum darajada mavjud. Lekin masalaga xaQQoniy yondoshadigan bo`lsak, Temur faoliyatida mamlakatning tinchligi va barQarorligini ta`minlash, ya`ni uni tashQi dushmandan ximoya Qilish, o`z xalQi, Vatanini jaxonga mashxur etish istagi asosiy o`rinni egallagan.

Mamlakatimizning XV asrning ikkinchi yarmidagi axvoliga bir nazar tashlaylik, Chingizxon xurujidan teri shaxarlarimiz vayron, dexQonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiQ tushkun bir axvolda Qolgan edi. NafaQat Movarounnaxr, balki Qo`shni mamlakatlarda xam feodal tarQoQlik, parokandalik va o`zaro urushlar avjiga mingan, ayrim xarbiy siyosiy guruxlarning nafaQat o`zlarining yaQin Qo`shnilari yerlariga, balki Movarounnaxr ustiga xam Qilgan talon-tarojlik xurujlari kuchaygan edi. XalQimizda «Qo`shning tinch-sen tinch», degan naQl bor. Qo`shni mamlakatlar tinch bo`lmagandan keyin, Movarounnaxrda tinchlik, barQarorlik, iQtisodiy madaniy yuksalish QayoQdan bo`lsin?!

Amir Temur o`zining ichki va tashQi siyosatida asosan mana shu omilga suyanib ish tutdi. To`g`ri. Amir Temur ko`p yillik kurashlardan keyin o`z yurtida feodal tarQoQlik va parokandalikka barxam berishga, el-yurtni mo`g`ullar istibdodidan ozod Qilishga, markazlashgan davlat tuzib, el-yurtni o`z tug`i ostiga birlashtiridi. Lekin faQat birgina shuning o`zi bilan tinchlik va barQarorlik Qaror topmaydi. Mamlakatning ichki axvoli yaxshilanmaydi, uning xalQaro obro`si ortib Qolmaydi.

Buning ustiga Chingizxon xurujidan beri nafaQat Movarounnaxr, balki mo`g`ulning oyog`i tekkan barcha mamlakatlarning iQtisodiy axvoli og`ir, siyosiy vaziyat yomon edi.

Amir Temur o`tkir siyosatchi odam bo`lgani uchun bu vaziyatni to`g`ri baxoladi, unga aloxida e`tibor berdi. AyniQsa. Mamlakatimizning tevarak-atrofidagi vaziyatni yaxshilash chora-tadbirlarini ko`rdi. Faktlarga murojat Qilaylik. Movarounnaxrning sharQiy-shimoliy tarafida joylashgan Mo`g`ulistonni olib ko`raylik 1369 yili Ilyosxo`jaxon o`ldirilgandan keyin bu mamlakatda xam feodal tarQoQlik va o`zaro urushlar kuchayib ketdi. Mamlakatning sharQiy Qismida dug`lat amirlaridan qamariddin, Yettisuv va Chu taraflarida anQo to`ra, IssiQko`latrofidagi o`lkalarda Mir Karimberdi, mamlakatning yana bir tarafida Mir XaQberdi o`ziga xon, o`ziga bek bo`lib olgan edilar. Ular tez-tez Sayram va Toshkent, Turkiston va Farg`ona ustiga bosQin uyushtirib, tinch axolini talon-taroj Qilar edilar. Masalan, qamariddin va Mo`g`uliston beklari Temur saltanatining dastlabki yillarida Toshkentni bosib oldilar. XIV asrning 80-yillari boshlarida ular Andijon ustiga bostirib keldilar, uning tevarak-atrofidagi yerlarni talon-taroj Qildilar, shaxarning o`zini esa bir xafta mobaynida Qamal ostida tutdilar.

Mamlakatimiz janubida-Eronda, IroQ, Ozarbayjonda xam vaziyat yomon edi. 1336 yildan keyin, ya`ni Elxoniylar davlati (1256-1335 yillari Eron bilan Ozarbayjonni idora Qilgan mo`g`ul sulolasi) inQirozga uchragandan keyin Eron, Ozarbayjon va IroQ xam feodal tarQoQlik va o`zaro urushlar girdobida Qoldilar. Masalan, Xurosonni sarbadorlar (1337-1381 yillarda idora Qilgan) Kartlar (/ur bilan Xirotni XIII-XIV asrlarda idora Qilgan), JonQurboniy (bular Obivard, Saraxs va Nisoni idora Qilgan g`almoQ Qavmidan chiQQan sulola) Qavmining amirlari bo`lishib oldilar.

Eronning janubiy Qismida Muzaffariylar sulolasi, Jurjon ustidan esa yana bir maxalliy sulola Sayyidlar, iroQ bilan Kurdiston ustidan Jaloiriylar, Katta va Kichik Luriston ustidan Xorazspiylar va inju sulolasi, Ozarbayjonda qora Quyunli turkmanlari o`z xukmronligini o`rnatdilar. Fojea shunda ediki. Ular o`rtasidagi munosabat ko`proQ o`zaro kelishmovchiliklar va dushmanlik ruxida davom etardi: o`zaro ziddiyatlar va urush-talashlar kuchaygan edi.

Movarounnaxrning shimoliy va g`arbiy tomonlarida xam notinchlik xukmron edi. OQ O`rdada xam, Oltin O`rdada xam vaziyat yaxshi emas edi. Mazkur davlatlarda Temur Malik, To`xtamish, Urusxon, Po`latxon va Qudratli amir Idiku (Yedigey) mang`it o`rtalarida xokimiyat uchun murosasiz kurash davom etardi. Dashti QipchoQ o`zbeklarning Movarounnaxrga shimol va g`arbiy shimoliy taraflardan taxdidi va talonchilik xurujlari kuchaygan edi.

Temurbek taxtga o`tirishi boisi o`laroQ ijtimoiy, siyosiy, iQtisodiy xayotda sodir bo`lgan ijlbiy o`zgarishlar o`z ifodasini xarb ishida va xarbiy san`atda xam namoyon etadi.

Asosiy karvon yo`llari ustidan nazorat o`rnatish ulus Qudratini yanada oshirish, xalQ turmush tarzini yaxshilash singari ustivor maQsadlar yo`lida Temurbek o`sha davrda tengi yo`Q xarbiy kuchlari bilan Jata, Eron, afg`oniston, Kavkaz, iroQ, Shom, Misr. Dashti qipchoQ, Shimoliy Anado`li, Xindiston kabi mintaQalarga bir necha bor Qo`shin tortib bordi va olamshumul zafarlar Quchdi.

Xarb tarixi Temurbekni jaxonning eng buyuk sarkardalaridan biri sifatida xaQli ravishda tan oladi.

Uning xarbiy iste`dodi asosan ikki yo`nalishda: moxir xarbiy tashkilotchi va atoQli xarbiy sarkarda tarzida yorQin namoyon bo`ldi.

Dunyoning 27 mamlakatini zabt etishda Amir Temurning Qo`shini va uning xarbiy san`ati bosh omil bo`ldi. Uning g`olibona yurishlarida Qo`llagan taktik va strategik jang Qilish uslublari bugungi kunda xam jaxondagi yetakchi mamlakatlarning xarbiy bilim va akademiyalarida o`rganiladi va o`Qitiladi.

Amir Temur Qo`shinlari asosan piyoda va otliQ askarlardan iborat edi. Ular «o`nliklar»-(«ayl»), «yuzliklar»-(«Xo`shun»), «mingliklar»-(«xazora») va «o`n mingliklar»-(«tuman»)ga bo`lingan. Ularga o`nboshi, yuzboshi, mingboshi xamda amirlar boshchilik Qilganlar. Tumanlarda askarlar soni o`n ming, Qo`shinda esa 100 mingdan bo`lgan. O`n minglik lashkarni boshQarish uchun «tumon og`asi», minglik bo`limni «mirixazora», yuzlikni «xo`shunboshi» va o`nlikni boshQarish uchun «aylboshi» kabi xarbiy mansablar tashkil Qilingan.


Download 113.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling