Asosiy anglash bosqichi. 1-ilova. Talabalar bilimi quyidagi savollar asosida aniqlanib va mustahkamlanib baholanadi


Download 28.74 Kb.
bet1/8
Sana07.03.2023
Hajmi28.74 Kb.
#1245305
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-амалий


7-8-AMALIY MASHG’ULOT: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. O‘zbek tilida so‘z yasalishi. Grammatika haqida umumiy ma’lumot.Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. So‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari.
Mashg’ulotning borishi:
Asosiy anglash bosqichi.
1-ilova .Talabalar bilimi quyidagi savollar asosida aniqlanib va mustahkamlanib baholanadi:

So‘zning tub (lug‘aviy) ma’nosini bildirib, ma’noli bo‘laklarga bo‘linmaydigan qism o‘zak deyiladi: gulzor, bog‘bon, chizg‘ich, paxtakor. Ayrim darsliklarda bunday qism asos deb atalgan va unga quyidagicha ta’rif berilgan: “So‘zning asosiy ma’nosini ifodalab, mustaqil qo‘llana oladigan qismi asos deyiladi (24; 17)”. O‘zak so‘zdagi ma’noli qismlarning yetakchisi bo‘lib, u boshqa ma’noli qismlarga bo‘linmaydi. O‘zak so‘z tarkibida doim qatnashadi.


Bir o‘zakdan hosil bo‘lgan so‘zlar bir xil o‘zakli (o‘zakdosh) so‘zlar deyiladi: bilim, bilimdon, bilag‘on, biluvchi. Bunday so‘zlar o‘zaro sinonim ham bo‘lishi mumkin: serhosilhosildor, beg‘uborg‘uborsiz, tilchi – tilshunos.
2- ilova
128-mashq. O‘qing. Mustaqil so‘zlarni morfemalarga ajrating: o‘zak va shakllarni (modal funktsional shakl va so‘z o‘zgartish shakli) ko‘rsating.
N a m u n a: ko‘zlarini — ko‘z/lar/i/ni — so‘z o‘zgartish shakli; jilmayib jilmay/ib — modal shakl.
1. Kampir ko‘zlarini ochdi va ro‘parasida jilmayib turgan yigitga tikildi. (H. N.) 2. Qunduz universitetning uchinchi kursida o‘qir, uning maqsadi hayvonot dunyosini o‘rganish, shu sohada ilmiy ish bilan shug‘ullanish ekan. (J. Abd.)
129-mashq. O‘qing. Mustaqil so‘zlarni morfemalarga ajrating; o‘zak va affikslarini belgilang; affikslarning turini ayting.
To‘lishgan oy shuъlasida qor qoplagan vodiy kumushdek yarqirardi, faqat o‘rtadagi daralarni qop-qora soya bosgandi, leknn u yerda ham qor dam-badam kuyadori singari yalt-yalt qilib turardi. Qarag‘ay shoxlaridagi qor uyumlari hamlaga hozirlanib turgan yirtqich hayvonlarga o‘xshardi. Uzoqda elektrostantsiya dvijogi gupillardi: uning shovqini shamol esgandagina eshitilardi. (Yu. Semyonov.)

Download 28.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling