Asoslangan mehnat normalari ish joylarining tashkiliy texnikaviy sharoitlarini hamda ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olishi uchun mehnatni normalash, ishlab chiqarish jarayonining elementlarini


Download 90.58 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi90.58 Kb.
#1485583
  1   2   3
Bog'liq
Murodov Jamshidbek

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

“IB va KT” fakulteti

“TJICHAB” yo’nalishi

3-kurs K-17-20 –guruh

talabasi : Murodov Jamshidbekning

“Mehnatni tashkil etish va boshqarish” fanidan

TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Ishlab chiqarish jarayoni va uning tarkibi

Qabul qildi: Azamov S

REJA:

1. Kirish.

2. Ishlab chiqarish jarayoni va uning tarkibi.

3. Xulosa.

4. Foydalanilgan adabiyotlar.

Asoslangan mehnat normalari ish joylarining tashkiliy - texnikaviy sharoitlarini hamda ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olishi uchun mehnatni normalash, ishlab chiqarish jarayonining elementlarini, ish vaqti sarfini va jihozlardan foydalanish vaqtini puxta o‘rganish taqozo qilinadi.

Ishlab chiqarish jarayoni deganda, mehnat va tabiiy jarayonlarning mehnat predmetlari (xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va h.k.) bilan chambarchas bog‘liq holda amal qilishi natijasida xom ashyodan ma’lum bir turdagi tayyor mahsulotning yaratilishi tushuniladi. Ishlab chiqarish jarayonida xodimlar mehnat qurollaridan foydalanganlari holda xom ashyoga, materiallarga, yarimfabrikatlarga va h.k.larga ta’sir ko‘rsatadilar, oldindan o‘ylab, ularni o‘zgartiradilar va tegishli mehnat mahsuliga aylantiradilar.

Bu jarayonda mehnat predmeti bir qancha bosqichlarni bosib o‘tadi. Ularning har biri ishlab chiqarish jarayonining bir qismini ifoda etadi. Mehnat predmetini o‘zgartirishning butun bir jarayoni singari, ayrim juz’iy jarayonlar ham mehnat predmetini o‘zgartiradi, bu odatda, texnologik jarayon deb ataladi. U ishlab chiqarish jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonida texnologik jarayondan tashqari, transport va tekshirish (nazorat) jarayonlari ham bo‘ladi.

Transport jarayoni tayyor mahsulotlarni, mehnat qurollarini, xom ashyolarni ortish, tashish va tushirishdan iborat. Tekshirish (nazorat) jarayoni ishlab chiqarish elementlarini, xom ashyolarni va pirovard mahsulot sifatini tekshirish hamda maxsus joylarda sinab ko‘rishdan iborat. Korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlari bir-birlaridan tayyorlab chiqariladigan mahsulotlarining xarakteri, ishlatiladigan xom ashyolari va mahsulot tayyorlash (xizmat ko‘rsatish) texnikaviy usullari va shu bilan birga, tashkil qilish shakllari jihatidan farq qiladi.


Download 90.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling