"Atlantida" jamoasi savollar paketi


Download 1.04 Mb.
Sana13.05.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1457194
Bog'liq
Atlantida X


"Atlantida" jamoasi savollar paketi.
mad_max93August 16, 2022
1. Tay xalqi insonning tug‘ilgan kuni uning kelajakdagi taqdiriga ta’sir qiladi deb ishonishadi. Shuning uchun ham ayollar orasida UNDAN foydalanish juda ommalashgan.
Savol: Uni ayting.
Javob: Kesarevo secheniye ya’ni tugish jarayonida onani kornini yorib bolani olish.
2. “Manchester Yunayted” jamoasi futbol tarixidagi eng irodali jamoalardan biri sifatida esga olinadi. Bir paytlar “mankunianlar” murabbiylar shtabida ishlagan
Stiv Maklarenning mashhur iborasini bir nechta so‘z bilan tugating: “Manchester Yunayted” hech qachon mag'lub bo‘lmaydi, shunchaki ..."
Javob: … ularga bazan vaqt yetmay qoladi.
Ps: Bilimdonlar javobini topib bo‘lmaydigan savollar ham yo‘q! Shunchaki ularga vaqt yetmay qoladi.
3. Ro`yhatni eshiting. Sharlotta Maklenburg, Vittorio Karpachcho, Margarita Savoyskaya, Napoleon Bonapart... Bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin.
Savol: Bu mashhur shaxslarni nima umumlashtirib turadi?
Javob: (qo‘shimcha) Gay Yuliy Sezar, Lord Sendvich... Ularning sharafiga turli xil taomlar nomlangan.
4. Oman davlatining poytaxti Maskat shahri arab tilidan tarjima qilinganida “Tushish joyi” degan manoni bildiradi. Versiyalardan biriga ko‘ra, shahar o‘z nomini bu yerga tez-tez ULAR tashlanganligi sababli olgan ekan.
Savol: ULARni ayting.
Javob: Langarlar.
5. Bu mahsulotning nomi hindchadan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zbekchaga “X massaji” deb tarjima qilinadi. Vikipediyadagi maqolaga ko‘ra, Uning hozirgi ko‘rinishini bir nemis yaratgan ekan. Bu nemisning familiyasida ham X ni ko‘rish mumkin.
Savol. Gap qaysi mahsulot haqida ketmoqda va o‘sha nemisning familiyasini yozib bering.
Javob: Shampun, Shvarskopf.
Izoh: Shampun hind tilidan “bosh massaji” deb, Schwarzkopf esa nemis tilidan “qora bosh” deb tarjima qilinadi.
6. 2012-yili Arsenalning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger UEFA saytiga bergan intervyusida “Men har mavsumda 5 ta titul uchun kurashaman bular: Premyer Liga, Chempionlar Ligasi, Angliya kubogi, Angliya Liga kubogi va “ALFA” uchun.
Savol: “ALFA”ni bir nechta soʻzlar bilan yozib bering.
Javob: Kelasi yil uchun Chempionlar Ligasi yoʻllanmasi.
Qabul: Premyer Ligada kuchli toʻrttalikka kirish.
7. Duplet.
1-savol. Omadli biznesmen bilan suhbat:
-Muvaffaqqiyatingizning siri nimada?
-Bor yo‘g‘i ikkita so`z.
-Qaysi 2 ta so`z?
-To‘g‘ri qaror.
-Qanday qilib to‘g‘ri qaror qabul qildingiz?
-Bor yo‘g‘i bitta so`z.
-Qaysi so`z?
-Tajriba.
-Tajriba qanday paydo bo‘ldi?
-Bor yo‘g‘i ikkita so‘z.
-Qaysi 2 ta so`z?
Diqqat. Qaysi ikkita so‘zligini ayting.
Javob: Noto‘g‘ri qaror
2-savol.

Bir daqiqadan keyin Norvegiyadagi ushbu avtobus bekatning aholi orasida keng tarqalgan nomini yozib bering.
Javob: Tarozi bekat. Qabul: Mantiqan yaqin javoblar.
8. Omon Matchon “O‘rtamizda birgina olma” kitobida futbol qiroli Pelening futbol bilan xayrlashayotgan paytidagi holatni ko‘rib yozgan to‘rtligini eshiting.
Yana Amerika! O‘tgan oktabr,
“Jeyns Stedium”. Sakson ming odam!
Pele futbol bilan xayrlashmoqda –
Qarshisida raqib X bu dam.
Savol: Xni yunoncha so‘z bilan yozib bering.
Javob: Mikrofon.
9. Hindi tilida bu so‘z “parazit” degan ma'noni bildiradi. Birinchi jahon urushi davrida hind askarlari bir-birlaridan kana va hasharotlarni qidirib topish orqali bo‘sh vaqtlarini o‘tkazishgan. Bu so‘z sizlarga juda ham tanish deb o‘ylayman.
Savol: Bir daqiqadan so‘ng siz menga bir davlat nomidan bitta harf bilan farq qiluvchi ushbu so‘zni yozib bering.
Javob: Chat.
10. Hind topishmog‘ini eshiting: “Ular bir-biriga qarama-qarshilar, dushman emaslar, lekin bir-biriga fitna qiladilar".
Savol: Siz menga topishmoqning javobini yozib bering.
Javob:  Shahmat yoki shahmatchilar javobi ham qabul qilinadi
Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling