Futbolchilarni umumiy jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish


Download 28.33 Kb.
bet1/2
Sana08.03.2023
Hajmi28.33 Kb.
#1252916
  1   2
Bog'liq
FUTBOLCHILARNI UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH





FUTBOLCHILARNI UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH


ANNOTASIYA
Bugungi kunda zamonaviy futbolda katta tezlikda ijro etiluvchi giperdinamik harakatlar bilan farqlanish barcha yirik chempionatlarda (shu jumladan chempionlar ligasi) da yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Kalit sozlar: tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, kuchlilik va sakrovchanlik giperdinamik, yugurish mashqlari.
Kirish. Futbol - chinakam atletik o‘yin. U tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, kuchlilik va sakrovchanlikni rivojlantirishga yordam beradi. Futbolchi o‘yin paytida haddan tashqari ko‘p ish bajaradi. Bu esa odamning funksional imkoniyatlari darajasini oshirishga ma’naviy-irodaviy xislatlarini tarbiyalashga yordam beradi. Futbol o‘z mohiyati va mazmuni, o‘yin davomida darvozabon hamda o‘yinchilar tomonidan namoyish etiladigan tezkor va jozibali hatti-harakatlari, kattayu-kichik yoshdagi insonlar e’tiborini o‘ziga rom qiluvchi texnik-taktik kombinatsiyalari bilan nafaqat millionlab oddiy ixlosmandlar diqqat markazidan joy olgan, balki barcha davlat va jamoat arboblari, san’atkoru-olimlar, hatto o‘ta band tadbirkorlar qalbiga singib ketgan. Tadqiqotning maqsadi. Agar 7-8 soatli kundalik mashg’ulotlar e’tiborga olinsa, unda “bugungi” futbolchi yillik mavsum davomida o‘ta yuksak hajmli hamda katta shiddatli joriy va yalpi yuklamalarni o‘zlashtirishi isbot talab qilmaydi. O‘z o‘zidan ma’lumki bunday yuklamalar futbolchilar organizimida (birinchi navbatda oyoq mushaklarida) lokal va global toliqish alomatlarini yuzaga keltiradi. Mutaxasislarning ma’lumotlariga ko‘ra, har bir futbolchi 90 daqiqa 9-12 km. masofani bosib o‘tar, shu masofa tarkibida 70-80 dan ortiq barcha harakatlar, aksariyat o‘rtacha va maksimal tezlikda bajariladigan yugurish, sakrash, xatlash, burilish, egilish, yiqilish hamda aylanishlar kabi elementlarni ijro etishar ekan. Demak, “katta” futbolchining bugungi dolzarb muommolaridan biri real jismoniy va funktsional zahiraga asoslangan ish qobiliyatini muntazam tiklab borish choralarini izlab topishdan iboratdir. «Ish qobiliyati» ko‘p qirrali va keng qamrovli integral tushuncha bo‘lib, uning mohiyati jismoniy, funktsional, texnik-taktik va psixologik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari yig’indisi bilan belgilanadi. Yuqori malakali 86 futbolchilarga xos ish qobiliyatini aks ettiruvchi real ko‘rsatgichlar darajasi va ularni
tayyorgarlik davomida o‘zgarish dinamikasini aniqlash, shu qobiliyatni shakllantirish tiklash va kuchaytirishga qaratilgan texnologik vositalarni ishlab chiqish hamda sinovdan o‘tkazish uchun avvalom bor ish qobiliyatini rivojlantirish tajribasini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Yuqori malakali futbolchilarda ish qobiliyatini rivojlantirish tajribasini o‘rganish uchun muxsus savollar dasturi ishlab chiqildi. So‘rovnomaga O‘zbekiston milliy chempionatida ishtirok etuvchi 55 nafar futbolchilar respondent sifatida jalb qilindi. Olingan natijalar shunga e’tibor qaratadiki, resondentlarning asosiy qismi (56,7-70%) yillik yuklamalar hajmi haqida aniq tasavvurga ega emasligi, mashg’ulotlar va rasmiy musobaqalardan so‘ng uzoq vaqtgacha charchoqni xis qilishlari (71,7%) ayon bo‘ldi. Ma’lumki, kun davomida o‘zlashtirilgan mashg’ulot yoki musobaqa yuklamalaridan so‘ng futbolchilar organizimida toliqish alomatlari jamlanadi. Ammo, respondentlarning 50% bunday mashqlar bilan shug’ullanmasliklarini ma’lum qilishdi. Shug’ullanadigan 50% respondentlar esa ertalabki «zaryadka» mashg’ulotlarida katta shiddatda bajariladigan tezkorlik-kuch va yugurish mashqlariga urg’u berishar ekan. Yuqorida qayd etilgan mutaxassislarning fikriga ko’ra, ertalab «organizmni uyg’onish» arafasida bunday mashqlardan foydalanish nafaqat toliqish alomatlarini bartaraf etmaydi, balki jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. So‘rovnoma natijalariga asoslangan mazkur vaziyat mashg’ulotlar qanchalik samarali tashkil qilinmasin futbolchilar ish qobiliyatini kuchaytirishga imkon yaratmasligi isbot talab qilmaydi.Joriy tadqiqotlar bo‘yicha shu narsa aniqlandiki, yukori malakali futbolchilarga xos jismoniy tayyorgarlikning muhim komponentlarini aks ettiruvchi dastlabki ko‘rsatmalar (start tezligi: 10m.ga yugurish- 1.92 sek.; distantsion tezlik: 50 m.ga yugurish-7.07 sek, “portilovchi” kuch: joydan vertikal sakrash - 41.6sm; tezkor-kuch chidamkorligi -7x50 m.ga yugurish-65.4 sek.). Bunday holat katta va shiddatli yuklamalarni qo‘lashda futbolchilarning mavjud imkoniyatlari e’tiborga olinmaganligi hamda ushbu yuklamalar miqdori sekin-asta “to’lqinsimon” printsipda oshirilmaganligi tufayli ro‘y bergan deb tahmin qilish mumkin. Albatta, yetarli shakllanmagan jismoniy imkoniyatlar chempionat davomida shiddatli mashg’ulot va rasmiy o‘yinlaryuklamalari ta’sirida toliqish sur’atini oshirish, ish qobiliyatini esa tushirishi kerak edi. Mavsum yakunida qayd etilgan natijalar aynan ushbu tahmin to‘g’riligini isbotlab berdi. Chempionat oldidan qayd etilgan natijalar dastlabki ko‘rsatgichlarga nisbatan deyarli o‘zgarmaganligi yoki pasayib ketganligi (PWC170, GSTI) tadqiqot ishtirokchilarida funktsional imkoniyatlar yetarli emasligiga asos bo‘ladi. Futbolchilarda maxsus ish qobiliyatining asosiy komponentlari -TTHlar (o’yin usullari) va harakatlanishlar (yurish, yugurish, maksimal tezlikda yugurish) dinamikasini o‘rganish natijlari shuni ko‘rsatdiki, rasmiy o‘yinlarda qayd etilgan musobaqa faolligi, jumladan to‘p bilan yoki to‘psiz harakatlanishlar (ayniqsa tezkor
yugurishlar) hajmi Evropa futbolchilarga xos muvofiq ko‘rsatgichlardan ancha kam ko‘rsatgichlar binoan farqlandi. Ayniqsa, o‘yin taqdirini hal qiluvchi muvaffaqiyatli (+) TTHlar (harakatlanuvchiga to‘p oshirish, raqibdan to‘pni olib qo‘yish, aldab o‘tish, to‘pni boshda o‘rish) hajmi butun chempionat davomida muvaffaqiyatsiz harakatlar hajmidan keskin farq qilmagan. Boshqacha qilib aytganda, harakatlar samaradorligi 30% ga ham 88 yetmagan, ayrim o’yinlarda esa samaradorlik muvaffaqiyatsiz TTHlar “foydasiga” o‘tgan. Maydon bo‘ylab harakatlanishlar (yurish, yugurish, katta tezlikda yugurish) ning barcha kuzatilgan o‘yinlar bo‘yicha eng katta hajmi “Ma’shal” jamoasida o‘rtacha 5106.6 m.dan 7552.3 m.gacha, “Nasaf” futbolchilarida 6222.5 m.dan 6420.0 m gacha miqdorda ifodalandi. Ta’kidlash muhimki, ushbu ko‘rsatgichlar, ayniqsa maksimal tezlikda yugurish hajmi, 2 taymda keskin qamayib ketganligi kamayganligi kuzatildi.

Download 28.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling