Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari Xotirada saqlovchi qurilmalar


Download 158.67 Kb.
bet1/4
Sana17.09.2023
Hajmi158.67 Kb.
#1680233
  1   2   3   4
Bog'liq
Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari

Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari

Xotirada saqlovchi qurilmalar




Xotirada saqlovchi qurilma (XQ)


Xotira nimtizimining xarakteristikalari va strukturasi ham EHM unumdorligiga katta ta’sir qiladi; ular xotirada saqlovchi qurilmalar majmuida realizatsiya qilinadi.
XQlarining asosiy parametrlariga sig‘im, ildamlik (быстродействие) va informatsiyani saqlashning solishtirma narxi kiradi.
XQ sig‘imi – XQda saqlanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning maksimal miqdori (bit, bayt va h.k.larda ifodalanadi).
XQ ildamligi informatsiyani yozish va o‘qishga sarflanadigan vaqtni tavsiflaydi. XQ ildamliligini baholash uchun informatsiyani yozish va o‘qish jarayonlarining turli vaqt nisbatlaridan foydalanishadi. Masalan, tanlash (выборка) vaqti tвыб – XQga ma’lumotlarni o‘qishga so‘rov kelganidan to XQ chiquvchi shinalarida informatsiya paydo bo‘lgunicha ketadigan vaqt; sikl vaqti tц– XQga ikki ketma-ket murojaatlar orasidagi eng qisqa vaqt.
Informatsiyani saqlashning solishtirma narxi – bir birlik informatsiyani saqlash narxi, u kapital va ekspluatatsion xarajatlarni hisobga oladi.
XQni har xil belgilar bo‘yicha klassifikatsiya qilish mumkin.
EHM xotirasining umumiy strukturasida bajariladigan funktsiyalar bo‘yicha xotiraning uch darajasini ajratishadi (mos ravishda XQning uch turi):
- o‘ta operativ xotira (O‘OXQ);
- operativ xotira (OXQ);
- tashqi xotira (TXQ).
EHM xotirasini bir necha ierarxik darajalarga bunday bo‘linishi bir darajali XQlarida qator qarama-qarshi talablarni qoniqtirish imkoni bo‘lmaganligi bilan tushuntiriladi: xotiraning katta sig‘imi, yuqori ildamlik, informatsiyani saqlash solishtirma narxining pastligi va gabarit o‘lchamlarining kichikligi. TXQ eng katta sig‘imga ega, o‘ta operativ O‘OXQ eng yuqori ildamlik bilan tavsiflanadi. O‘OXQ sifatida ko‘pincha kesh-xotiradan foydalanishadi; unda asosiy OXQdan eng ko‘p foydalanadigan komanda va ma’lumotlarning nusxalari saqlanadi. Kesh-xotira ichidagi narsalarni shakllantirish dastur ishtirokisiz apparat vositalari bilan amalga oshadi; ular OXQga murojaat qilib, amalda ko‘p hollarda kesh-xotiradan tanlab olingan informatsiya bilan ishlanadi.
Xotirada saqlaydigan elementlar (XE)larning ishlash printsipi bo‘yicha XQlari yarimo‘tkazgichli, qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi XE magnitli, optik va boshqalar. Hozirgi paytda O‘OXQ va OXQlar uchun asosan yarimo‘tkazgichli XQlaridan, TXQlar uchun qo‘zg‘aluvchi XEli magnitli XQlaridan foydalanilmoqda.
XQga murojaat qilinayotgan operatsiyalar tarkibi bo‘yichainformatsiyalarni yozib olish va o‘qish imkoniyatiga ega XQ, informatsiyani faqat o‘qiydigan XQlarni farqlashadi. Doimiy XQlarini ikki turga ajratishadi:
- dasturlanadigan; ularda informatsiyani faqat bir marta yozish mumkin;
- qayta dasturlanadigan; ularda kichik tezlikda bo‘lsa ham informatsiyani bir necha marta qayta yozish mumkin
Informatsiyaga kirish (доступ)ni tashkil qilish bo‘yichaixtiyoriy (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va ketma-ket kiradigan XQ, informatsiyani faqat o‘qiydigan XQlarni farqlashadi. Ixtiyoriy kiriladigan XQlarda [O‘OXQ, OXQ va magnit disklarida to‘plovchilar (MDT)] informatsiyani qidirish vaqti informatsiya joylashishiga bog‘liq emas yoki juda kam bog‘liq bo‘ladi. Ketma-ket kiriladigan XQlari uchun informatsiyani qidirish vaqti informatsiyaning tashuvchida joylashishi bilan aniqlanadi, masalan, magnit lentasida to‘plovchilarda (MLT).XQga murojaat qilinganda baravariga ikkilangan razryadlarning ma’lum miqdori o‘qiladi; bu tanlab olish kengligi deb ataladi.
Informatsiyani joylashtirish va qidirish usuli bo‘yicha XQni adresli [XQda saqlanayotgan informatsiyaning har bir birligiga (bayt yoki so‘z) qandaydir kod mos keladi; bu kod xotirada informatsiya joylashishini aniq (bir ma’noda) aniqlaydi] va adressiz (bunda informatsiya adresi bo‘yicha emas, balki boshqa belgilari bo‘yicha qidiriladi)ga bo‘lishadi.
Adressiz XQlari orasida ularning uch turi keng tarqalgan:
1) stek (stekli xotira), unda informatsiya xotiraning bir o‘lchovli zonasidagi bittagina yacheykasi (steka cho‘qqisi) orqali yoziladi va o‘qiladi. So‘z yozilib yoki o‘qilib borilgani sari stek ichidagi bor narsa surilib boradi. Stekda informatsiyani o‘qish: «oxirgi yozilgan so‘z birinchi bo‘lib o‘qiladi» qoidasiga bo‘ysunadi. Bu mini va mikro-EHMlarda uzilishlarga ishlov berishda protsessor holatini eslab qolish uchun stekdan keng foydalanish imkonini beradi;
2) magazinli xotira – bu ham bir o‘lchovli xotira; unda yozuv doim boshlang‘ich yacheykada yoziladi, o‘qish esa – oxirgi to‘ldirilgan yacheykadan boshlanadi. Unda o‘qishda: «birinchi yozilgan so‘z birinchi o‘qiladi» printsipi amalga oshadi;
3) assotsiativ xotira; unda informatsiyani qidirish xotiraning hamma yacheykalarida unda bor narsa (assotsiativ belgi) bo‘yicha baravariga amalga oshadi. Bu ba’zi hollarda ma’lumotlarni qidirish va ularga ishlov berishni sezilarli tezlashtirdi.



Download 158.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling