4 takrorlanishlarni bajarish tartibiga qat’iy rioya etib olib borilsa, mazkur mashqlar tartibi oydan so‘ng polga tayangan holda qo‘llarni bukib yozishni 80-100 marotaba bajarish imkoniyatiga EGA bo‘ladi


Download 16.65 Kb.
bet1/8
Sana23.04.2023
Hajmi16.65 Kb.
#1390616
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
дастур изохи (2)


1-blokni birinchi mashq turi bo‘yicha turnikda tortilishni o‘rganish uchun haftaning dushanba, chorshanba, juma kunlarining birinchi yarimida baland turnikda osilib turish mashqi 2 daqiqadan, 3 seriya, 3 marotaba takrorlansa, shu qatorda baland turnikda (belda yoki yelkada) yuk bilan tortilish harakati 10-15 soniyadan, 3-4 seriya, 3-4 marotaba takrorlanishlar bajarilgandan so‘ng, past turnikda oyoqlarni oldinga uzatib, chalqancha yotgan holda tortilish 20-40 soniya oralig‘ida,3-4 seriyadan iborat bo‘lgan 3-4 marta takrorlanishlarni bajarish tartibiga qat’iy rioya etib olib boriladi. Mazkur mashqlar tartibi 5 oydan keyin, turnikda tortilish davomiyligi 15-20 marotaba bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
1-blokni ikkinchi mashq turi bo‘yicha polga tayangan holda qo‘llarni bukib yozishni bajarishga o‘rganish uchun haftaning dushanba, chorshanba, juma kunlarining birinchi yarimida polga qo‘llar va tizzalarga tayangan holda qo‘llarni bukib yozish mashqi 2 daqiqadan, 2-3 seriya, 3-4 marotaba takrorlansa, shu qatorda gantellarga qo‘llar bilan tayangan holda gantellarni yuqoriga ko‘tarib tushirish harakati 2 daqiqadan, 2-3 seriya,
3-4 marotaba takrorlanishlar bajarilgandan so‘ng, poldan 1 metr masofa balandlikda bo‘lgan predmetga tayanib turgan holatda qo‘llarni bukib yozish mashqi 20-30 soniya oralig‘ida, 2-3 seriyadan iborat bo‘lgan
3-4 takrorlanishlarni bajarish tartibiga qat’iy rioya etib olib borilsa, mazkur mashqlar tartibi 5 oydan so‘ng polga tayangan holda qo‘llarni bukib yozishni 80-100 marotaba bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
1-blokni uchinchi mashq turi bo‘yicha shtanga bilan o‘tirib-turishni o‘rganish uchun haftaning dushanba, chorshanba, juma kunlarining birinchi yarimida yelkada diskni ushlab o‘tirib-turish mashqi 1-2 daqiqadan,
3-4 seriya, 3-4 marotaba takrorlansa, shu qatorda shtangani yotgan holatda ko‘krakdan ko‘tarishni 1-2 daqiqadan, 3-4 seriya, 3-4 marotaba takrorlanishlar bajarilgandan so‘ng, tik turgan holatda shtangani ko‘krakgacha ko‘tarish 1-2 daqiqa oralig‘ida, 3-4 seriyadan iborat bo‘lgan
3-4 takrorlanishlarni bajarish tartibiga qat’iy rioya etib olib borilsa, mazkur mashqlar tartibi 5 oydan keyin, o‘z vazniga teng shtanga bilan o‘tirib-turish sonini 40-50 marotaba bajarishgacha olib chiqishi mumkin.

Download 16.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling