Ayollarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni qay darajada? Ijtimoiy-siyosiy hamda ijtimoi


Download 29.9 Kb.
bet1/6
Sana21.02.2023
Hajmi29.9 Kb.
#1219462
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ayollarning jamiyat hayotida tutgan o


Ayollarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni qay darajada?
Ijtimoiy-siyosiy hamda ijtimoi y-iqtisodiy hayotda ayollarning o’rni va maqomini oshirish O’zbekistonda davlat siyosatidagi o’ta muhim ustuvorlik hisoblanadi. Shu maqsadlarda ayollarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, ularning bandligini ta’minlash, oila institutini, onalik va bolalik muhofazasini yanada kuchaytirish bo’yicha samarali chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizning davlat va jamiyat boshqaruvining barcha bo’g’inlarida, sud-huquq tizimi, nodavlat tashkilotlar faoliyati, ijtimoiy tizimlarda, umuman olganda, jamiyatimiz hayotining hamma sohalarida ayollarning siyosiy va huquqiy madaniyati darajasi hamda ijtimoiy faolligi oshib borayotganini kuzatish mumkin. Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarining 17 foizini, Qonunchilik palatasi deputatlarining 16 foizini ayollar tashkil etadi, yuzlab ayollar xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlarida faol mehnat qilishmoqda. O’zbekistonda ish olib borayotgan tadbirkorlarning 35 foizini, fermerlarning 10 foizini ayollar tashkil etadi.
O’zbekistonda ayollar o’z bilimi va tajribasi, malakasi va mahorati bois ko’pgina sohalarda yetakchi o’rinni egallashgan. Hayotimizda borgan sari muhim ahamiyat kasb etayotgan soha va tarmoqlar taraqqiyotini, fermerlik harakati, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy sohalar, ilm-fan, tibbiyot, ta’lim va tarbiya, madaniyat va san’at hamda boshqa jabhalarni ayollarning ishtirokisiz tasavvur qilish qiyin.
Mamlakatimizning ayollar haq-huquqlari va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish sohasidagi tajribasi va qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlari, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtiroki ta’minlangani butun dunyo miqyosida katta qiziqish uyg’otmoqda. Xususan, bu mavzu yuqori darajalarda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi singari ko’p tomonlama institutlar va boshqa tashkilotlar doirasida ko’rib chiqilmoqda va muhokama etilmoqda.
Masalan, yaqinda BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida tashkilotning 193 a’zo mamlakati o’rtasida “Ayollarning ijtimoiy himoyasi - O’zbekiston kasaba uyushmalarining ustuvorliklaridan biri” mavzuidagi axborot materiali tarqatildi.
Unda mustaqillik yillari O’zbekiston ayollarining ravnaq topishi zamoni bo’lgani qayd etilgan. Bu mamlakat ayollarining ijtimoiy-siyosiy faolligini, jamiyat va davlat qurilishidagi vazifalarning hal qilinishida ularning o’rni va maqomini oshirishga ko’maklashayotgan muhim o’zgarishlar davridir.
“Ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoyasi, ularning farovonligini har tomonlama yaxshilash uchun munosib sharoitlarni yaratish O’zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi, deya ta’kidlangan mazkur hujjatda. Bu jarayonda mamlakat kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari hamda mehnat huquqlarini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlarni olib bormoqda”.
Ma’lum qilinganidek, shu maqsadlarda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi huzurida Ayollar kengashi tuzilgan, tarmoq va hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlarining huzurida esa ayollar bilan ishlash komissiyalari faoliyat ko’rsatmoqda. Ular tomonidan ishchi ayollar ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu tariqa jamoa shartnomalari va bitimlar vositasida ular uchun qo’shimcha imtiyoz va kafolatlar yaratilmoqda. Hujjatda bu boradagi ishlarning barchasi davlat, kasaba uyushmasi va ish beruvchilarning ijtimoiy sherikligi asosida olib borilayotgani alohida ta’kidlangan.
Shu bilan birga, ayollarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash sohasidagi mamlakatimiz tajribasi jahon hamjamiyati tomonidan ham o’rganilmoqda. Xususan, ushbu mavzuga doir ma’lumotlar Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 57 ta ishtirokchi davlati hamda mazkur tashkilotning 11 ta hamkorlik bo’yicha sherik mamlakatlari, YEXHT institutlari va dala missiyalari, shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Ijroiya qo’mitasi va MDH a’zo mamlakatlari o’rtasida tarqatildi.
O’zbekistonning ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida erishgan muvaffaqiyatlariga nisbatan jahon hamjamiyatida tobora o’sib borayotgan e’tibor va qiziqish xorijiy mamlakatlarda bo’lib o’tayotgan tarli tadbirlarda - brifing, taqdimot marosimlari va uchrashuvlar chog’ida ham namoyon bo’lmoqda. Ularning ishtirokchilari - gender tengligi masalalari bilan shug’ullanadigan nufuzli tizimlarning rahbarlari hamda vakillari davlat va jamiyat hayotida ayollarning o’rni va maqomini yuksaltirish bo’yicha respublikamizda olib borilayotgan ishlarning natijalarini ijobiy baholashmoqda.
Jumladan, “Yevropa ayollari lobbisi” xalqaro tashkilotining Italiya bo’limi bosh kotibi Mariya Bottarelli ayollarning ish bilan ta’minlanishi va ularning jamiyatdagi maqomi oshirilishida kasaba uyushmalari tashkilotlarining alohida o’rni borligini ta’kidladi. Uning fikricha, O’zbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ayollar imkoniyatlarini kengaytirishga hamda tenglik asosida jamiyatning barcha sohalarida ular har tomonlama ishtirok etishiga yo’naltirilgan “BMT harakatlari Pekin platformasi”ning (“Platform of Action of Beijing”) muhim qismi hisoblanadi.
“Erkaklar va ayollar o’rtasidagi maoshlarda farqlarni qisqartirish bo’yicha qabul qilingan chora-tadbirlar ham diqqatga sazovordir, deydi u. Ayni paytda Yevropa Ittifoqining 2010 – 2015-yillarga mo’ljallangan strategiyasida aynan ana shunday maqsad ko’zda tutilgan. O’zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan tadbirkor ayollarning qo’llab-quvvatlanayotgani ham e’tiborga molikdir. Ularga “Ishonch telefonlari” orqali huquqiy yordam ko’rsatilishi ham ayrim byurokratik holatlardan qochishga ko’maklashadigan muhim vosita hisoblanadi. Faol ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ularning shaxsiy hayotiga ta’sir ko’rsatibgina qolmasdan, butun jamiyat farovonligining yuksalishiga ko’maklashadi”.

Download 29.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling