Baholash turlari va nezonlari qayta topshirish va qayta o’qish apellyatsiya shartlari


Download 55.1 Kb.
bet1/6
Sana16.02.2023
Hajmi55.1 Kb.
#1203924
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
baholash turlari va mezonlari


baholash turlari va nezonlari.qayta topshirish va qayta o’qish.apellyatsiya shartlari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida (bundan buyon matnda yuridik texnikum deb yuritiladi) ta’limning kredit-modul tizimida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini belgilaydi.
izomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
kredit — ta’lim olish natijalariga ko‘ra o‘quvchi tomonidan muayyan fan bo‘yicha o‘zlashtirilgan o‘quv yuklamasining o‘lchov birligi;
ta’lim moduli (bundan buyon matnda modul deb yuritiladi) — bu o‘zida bilimga oid hamda kasbiy jihatlarni qamrab oladigan, o‘quvchida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan ta’lim dasturining tarkibiy elementi sifatida nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadigan alohida o‘quv fani (uning qismi yoki o‘zaro bir sohaga doir fanlar majmui);
modullarning o‘quv dasturi (sillabus) (bundan buyon matnda o‘quv dasturi deb yuritiladi) — har bir o‘quv fanining mazmuni va o‘qitish tartibini, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim hamda ko‘nikmalar hajmini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat;
GPA (Grade Point Average) — ta’lim oluvchining dastur bo‘yicha o‘zlashtirgan ballari o‘rtacha qiymati bo‘lib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

GPA =

K1 * U1 + K2 * U2 + K3 * U3 ... + Kn * Un

, bunda:

K1 + K2 + K3 ... + Kn

K — har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori;
U — har bir fan/modul bo‘yicha talaba to‘plagan ball.
Bunda, o‘quvchi faqat fan/modulni muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda, ushbu fan/modul bo‘yicha kredit beriladi.
2. Yuridik texnikum o‘quvchilari bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi — yuqori malakali, raqobatbardosh, zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan yuridik kadrlarni tayyorlash hamda o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishini ta’minlash, shuningdek modullarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
3. O‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
o‘quvchilarda davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
o‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalarini yoki kompetensiyalarini baholashning asosiy tamoyillari bo‘lgan davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, xolislik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik, bilimlarni baholashda shaffoflikni ta’minlash;
o‘quv materialining o‘quvchilar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilishini tashkil etish hamda tahlil qilish;
o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, fikrlarni yozma va og‘zaki, jumladan xorijiy tilda ravon bayon etish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
o‘quvchilarning o‘quv rejasi doirasida kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash.
4. O‘quv dasturini o‘zlashtirish o‘quv yuklama hajmini aniqlashning shartli birligi (kredit)ni qo‘llagan holda belgilanadi.
Bir kredit tarkibi, har bir modul bo‘yicha kreditlar miqdori, shuningdek har bir kursni va umuman o‘qish davrini tamomlash uchun o‘quvchi tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlarning umumiy miqdori Toshkent davlat yuridik universiteti (bundan buyon matnda TDYU deb yuritiladi) Kengashi tomonidan belgilanadi.
5. O‘quvchi o‘quv dasturini o‘zlashtirgan (GPA ko‘rsatkichini to‘play olgan) taqdirda, u tegishli modul bo‘yicha kreditlarning zarur miqdorini to‘plagan deb hisoblanadi.
6. Kafedra mudiri har bir modul bo‘yicha alohida modul rahbarini, ya’ni modulni o‘qitishning sifati, o‘quv materialini shakllantirish, shuningdek barcha turdagi nazorat savollarini tuzish, o‘quvchilar bilimining belgilangan mezonlar asosida baholanishini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan pedagog xodimni belgilaydi.
7. O‘quvchilar o‘quv yilining birinchi haftasi mobaynida yuridik texnikumning fakultet dekani tomonidan mazkur Nizom talablari bilan to‘liq tanishtirilishi shart.
8. Yuridik texnikum tomonidan o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash boshqa mahalliy yoki xorijiy o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari bilan tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida hamda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha shartnomada nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
9. Kasalligi yoki boshqa hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablar tufayli (yo‘l-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, nikoh tuzilishi, farzand tug‘ilishi) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarida (bundan buyon matnda nazorat turi deb yuritiladi) belgilangan muddatda ishtirok etmagan o‘quvchiga fakultet dekani tomonidan ushbu holatlarga aniqlik kiritgan holda va asoslantiruvchi hujjatlar mavjud bo‘lganda yuridik texnikum direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (bundan buyon matnda direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan jadval asosida nazorat turlari qayta o‘tkaziladi.
10. Nazorat turini o‘tish reyting ballini ko‘tarish maqsadida qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.

Download 55.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling