Bajarish uchun


Download 81.34 Kb.
bet1/14
Sana30.03.2023
Hajmi81.34 Kb.
#1308861
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ona tili - 2021 Oliygoh.uz (1)



Ona tili va adabiyot fanidan namunaviy test topshiriqlari



  1. Qaysi gapdagi so‘zlar imlosida faqat tovush almashish hodisasi kuzatiladi?
    1. U endi podshoning topshirig‘ini


bajarish uchun uni tinmay maqtar, butun ayyorligini ishga solar edi.

    1. Barmog‘ingiz bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani biroz bosib tursangiz, shunda tish og‘rig‘i darrov to‘xtaydi.

    2. Ho‘kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog‘ quruq poyani tashlab qo‘yar ekan.

    3. Garchi bu hol ularni oqlashga tirnoqcha asos bo‘lmasa ham, ko‘nglimda o‘zimga tasalli berish, aldash kabi bir kayfiyat bor edi.

Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun nutqimizda ro‘y beradigan tovush o‘zgarish hodisalari haqida bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish talab etiladi. A javobdagi so‘zlar imlosida faqat tovush almashish hodisasi kuzatiladi, ya’ni topshirig‘ini va ayyorligini so‘zlarida egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida q undoshining
g‘ undoshiga hamda k undoshining
g undoshiga almashishi yuz bergan.
B javobda tovush almashishi va tovush ortishi (barmog‘ingiz, tirnoq, burchagidagi, shunda, og‘rig‘i ),
C javobda tovush tushishi va tovush almashishi (qorni, quruq ), D javobda ham tovush almashishi va tovush tushishi (tirnoqcha, ko‘nglimda) kuzatiladi.

To‘g‘ri javob: A.


Manba: N.M.Mahmudov va boshqalar. 7-sinf ona tili darsligi. “Ma’naviyat” nashriyot uyi. Toshkent-2017.

  1. Qaysi javobda imloviy xato yozilgan so‘zlar soni ikkita?
    1. Yaxshilik qilsang, ohirigacha yaxshilik qilgin, zinxor minnat qilma.


    2. Qor urib turgan bir kun edi. Birdan ko‘chada dod-faryot ko‘tarilib qoldi.

    3. Zebi yuragida tugulib yotgan zo‘r tugunni yechib yuborgan edi.

    4. O‘rtadagi xontaxtada sovub qolgan kabob va meva-cheva bor edi.

O‘quvchilarning yozma savodxonligini baholashga qaratilgan ushbu test topshirig‘ining A javobida imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlar soni ikkita (ohirigacha so‘zi oxirigacha, zinxor so‘zi zinhor tarzida yozilishi kerak) bo‘lib, boshqa javoblarda esa imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlar bir o‘rinda uchraydi. Ya’ni B javobdagi dod-faryot (dod-faryod tarzida yozilishi kerak), C javobdagi tugulib (tugilib tarzida yozilishi kerak),
D javobdagi sovub (sovib tarzida yozilishi kerak) so‘zlari imloviy jihatdan xato yozilgan.

To‘g‘ri javob: A.


Manba: N.M.Mahmudov va boshqalar. 5-sinf ona tili darsligi. “Ma’naviyat” nashriyot uyi. Toshkent-2015.

  1. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
    1. ajabtovur, armug‘on, tajovuz


    2. daromat, strategiya, sa’y-harakat

    3. pinxona, mudofa, taqiqlamoq

    4. taajjub, zarp etmoq, yondashuv

O‘quvchilarning yozma savodxonligini baholashga qaratilgan ushbu test topshirig‘ida to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatori A javobda berilgan. Ya’ni ajabtovur, armug‘on, tajovuz so‘zlarining yozilishida imloviy xatolik uchramaydi. B javobdagi daromat (daromad tarzida yozilishi kerak), C javobdagi pinxona, mudofa (pinhona, mudofaa tarzida yozilishi kerak), D javobdagi zarp etmoq (zarb etmoq tarzida yozilishi kerak) so‘zlari imloviy jihatdan xato yozilgan.

To‘g‘ri javob: A.


Manba: N.M.Mahmudov va boshqalar. 5-sinf ona tili darsligi. “Ma’naviyat” nashriyot uyi. Toshkent-2015.



  1. Yigit boshingdan baxt-u davlat yiroq ketmasin.

Ushbu gapda yigit so‘zidan keyin vergul qo‘yilsa, qanday grammatik o‘zgarish kuzatiladi?
    1. Gapdagi aniqlovchi undalmaga aylanadi.


    2. Gapdagi ega undalmaga aylanadi.

    3. Gapda uyushiq bo‘laklar hosil bo‘ladi.

    4. Gapdagi ega kirish so‘zga aylanadi.

Ushbu test topshirig‘i abituriyentning yozma nutqda tinish belgilarining vazifasini bilish, gapdagi ahamiyatini tushunish va nutqda to‘g‘ri qo‘llay olish bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarini tekshirishga qaratilgan.
Berilgan gapda yigit so‘zi "yosh, navqiron" ma’nolarida qo‘llangan va aniqlovchi vazifasini bajargan. Agar yigit so‘zidan keyin vergul qo‘yilsa, ushbu so‘z yoshi kichik kishiga (erkak kishiga)

murojaat uchun qo‘llanilgan so‘zga −


undalmaga aylanadi.

To‘g‘ri javob: A.


Manba: B.Mengliyev va boshqalar. 11-sinf ona tili darsligi. "O‘qituvchi" NMIU. Toshkent-2020.

  1. Qaysi so‘zlar qatorida boshqalari bilan o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydigan so‘z ishtirok etgan?
    1. eplamoq, uddalamoq, sarflamoq


    2. yalqov, ishyoqmas, tanbal

    3. betob, bemor, xasta

    4. ayyor, quv, mug‘ombir

Ushbu test topshirig‘ining B (yalqov, ishyoqmas, tanbal ), C (xasta, bemor, kasal ), D (ayyor, quv, mug‘ombir ) javoblaridagi so‘zlarning barchasi bir-biri bilan o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladi. A javobdagi eplamoq, uddalamoq so‘zlari o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladi, ammo sarflamoq so‘zi ushbu so‘zlar bilan ma’nodoshlik hosil qila olmaydi.

Download 81.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling