Bank hisobi, tahlili va auditi


Download 0.97 Mb.
bet1/5
Sana23.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1047073
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BHTA Musajonov MI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTET

BANK HISOBI, TAHLILI VA AUDITI”


FANIDAN

Nazorat ishi

Bajardi: III-kurs BI_57-2 guruh talabasi: Musajonov Burxon
TOSHKENT 2022
BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILINISH ASOSLARI


1.Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil qilishning ahamiyati

Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish boshqa korxona va tashkilotlarnikiga nisbatan o‘zining operativligi bilan ajralib turadi. chunki ularda soat 16-00 gacha operasion kun bo‘lib, shu davr mobaynida amalga oshiriladigan operasiyalar o‘sha kuniyoq mijozlarning analitik hisobidagi shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi va kundalik balans orqali umumlashtirish usuli bilan nazorat qilib boriladi.


Shunday qilib, banklarda buxgalteriya hisobi fanini o‘rganishda uning nazariy asoslarini chuqur o‘zlashtirish hamda buxgalteriya hisobi va xisobotlarini tuzishga oid me’yoriy hujjatlarni ham bilishni taqazo etadi.
Banklarning o‘ziga xos xususiyatlari ularning faoliyatiga bevosita bog‘liqdir. Ushbu faoliyatning natijasi esa bank xizmatining yaratilishi hisoblanadi va uni to‘lov vositasini amalga oshirish hamda xizmatlar ko‘rsatishga ajratish mumkin. Shu boisdan, banklarda amalga oshirilayotgan operasiyalarni alohida xususiyatlariga ko‘ra turkumlash mumkin.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, banklarda amalga oshiriladigan operasiyalarni turkumlash bank xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik maqomga ega bo‘lgan shaxslarga xizmat turlaridan foydalanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir. SHuningdek, bank ko‘rsatadigan xizmat turlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi.


2. Bank hisob-operatsion apparatining tuzilishi

Banklarda buxgalteriya ishlarini yuritish uchun buxgalteriya apparati tuziladi. Bank buxgalteriya apparatiga shartnoma asosida chetdan jalb qilingan buxgalterlar yoki buxgalteriya firmasi xodimlarining kiritilishi qat’iyan taqiqlanadi. Bank buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va unda tashkil etiladigan bo‘limlar soni amalga oshiriladigan operasiyalar hajmiga va ularning avtomatlashtirilganlik darajasiga bog‘iq bo‘ladi.



1-rasm. Buxgalteriya apparati tarkibi.



2-rasm. Front ofisning vazifasi va bo‘limlari.



3-rasm. Bek ofisning vazifasi va bo‘limlari.


Buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga ajratish zaruriyati quyidagilar bilan izohlanadi:

4-rasm. Buxgalteriya apparatini tarkibiy qismlarga ajratish.

Shunday qilib, banklarda buxgalteriya apparatining ish faoliyatini tashkil qilishda amaldagi qonuniy va me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelishini va ularning sifatli bajarilishini ta’minlashga yaqindan yordam beradi.





Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling