Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish
«O‘zbekiston temir yo‘llari» DATK Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti M.K.Тaxirov, E.M.Maxamataliyev Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi» yo‘nalishi bo‘yicha ta`lim olayotgan 4 – bosqich bakalavriat talabalari uchun o‘quv qo‘llanma Toshkent − 2009 UDK 691.022.2 «Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi» fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi» yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavrlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu o‘quv qo‘llanma fanning namunaviy dasturiga muvofiq tuzilgan va davlat ta’lim standarti talablariga to‘liq moslashtirilgan. O‘quv qo‘llanmada yer inshootlari, g‘ishtli, yaxlit quyma va yig‘ma temirbeton bino va inshootlarni barpo qilish, hamda binolarni ta’mirlash va qayta tiklash texnologiyasi bo‘yicha batafsil ma‘lumotlar keltirilgan. O‘quv qo‘llanmadan talabalar malakaviy bitiruv ishini bajarishda ham foydalanishlari mumkin. Institut o‘quv-uslubiy komissiyasi tomonidan nashrga tavsiya etilgan. Tuzuvchilar: M.K.Тaxirov − t.f.d., prof.; E.M.Maxamataliyev − t.f.n., dots. Тaqrizchilar: N.Bozorboyev − t.f.n., dots.; F.F.Karimova − t.f.n., dots. © Тoshkent temir yo‘l muhandislari instituti, 2009y. Kirish O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng xalq xo‘jaligining turli sohalariga zamonaviy texnologiyalarning kirib kelishi keskin ravishda ortib ketdi. Bu esa o‘z navbatida zamonaviy talablarga javob beradigan turli maqsadlardagi bino va inshootlarni loyihalash va barpo qilishga ehtiyoj tug‘dirdi. Ana shu ehtiyojni qondirish, kapital qurilish sohasi oldida turgan ma’suliyatli vazifalarni muvaffaqiyatli yechish uchun respublikamiz oily o‘quv yurtlarida qurilish sohasi uchun tayyorlanayotgan kadrlarning bilim saviyasini keskin oshirish talab qilinadi. Bu vazifa O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning ikkichi bosqich talablariga ham to‘liq mos keladi. Bundan kelib chiqib, oliy ta’limning Davlat standartlari talablariga muvofiq keluvchi, talabalarning bilim darajasini oshirishga qaratilgan davlat tilidagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarning yangi avlodini yaratish hozirgi zamonning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Mazkur «Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi» o‘quv qo‘llanmasi hammualliflar tomonidan ana shu maqsadlarni ko‘zlab yozilgan bo‘lib, unda namunaviy o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan barcha mavzularni to‘liq yoritishga harakat qilingan. O‘quv qo‘llanmaning maqsadi − talabalarga turli qurilish-konstruktiv tavsiflarga ega bo‘lgan bino va inshootlarni barpo etish texnologiyalarini o‘rgatishdan iboratdir. O‘quv qo‘llanmada «Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi» fanini o‘qitish tajribasidan kelib chiqib yer inshootlarini, g‘ishtli binolarni, kam va ko‘p qavatli yaxlit quyma binolarni, yirik blokli, yirik panelli, hajmli-blokli binolarni, bir qavatli sanoat binolarini, ko‘p qavatli to‘liq yig‘ma binolarni barpo etish texnologiyalari haqidagi ma’lumotlarni talabalarning o‘zlashtirishi uchun qulay bo‘lgan izchillikda berishga harakat qilingan. Bunda dastlab bino va inshootlarning qurilish-konstruktiv yechimlarining tavsiflari, so‘ngra esa mazkur turdagi binolarni barpo etishda qurilish maydoni, qurilish ishlari va mehnatni tashkil qilish qoidalari va nihoyat bino va inshootlarni barpo qilishda jarayonlar tarkibi va texnologiyasi keltirilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmadan qurilish sohasiga tegishli boshqa yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar, hamda qurilish tashkilotlarining muhandis-texnik xodimlari ham foydalanishlari mumkin. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling