Biotik omillar Biologik maromlar Yillik maromlar Biotsenozning turlar va tarkibi
Download 25.63 Kb.
|
Biotik munosabatlar va biologik maromlar
Mavzu: Biotik munosabatlar va biologik maromlar Reja: Biotik omillar Biologik maromlar Yillik maromlar Biotsenozning turlar va tarkibi Biotik omillarning o`simliklarga ta`siri Hamma tirik organizmlarda sutkalik maromlar mavjud. Biologik maromlar oddiy hujayradagi bioximik reaksiyalardanhayotning hamma tuzulishi tortib, eng murakkab tuzulishga ega bo’lgan organizmlarda bo’lib o’tadi. Har bir hujayra, har bir organizm o’zining “ish maromi “ (ritmi) ga ega. Taxminan 24 soat vaqtdagi (sirkat ritim) sutkalik ritimlar asosida ish maromlari bir – birlari bilan bog’langan. Tirik organizmlardagi sutkalik (sirkat) maromlar juda keng diapazonda kuzatiladi. Sutkalik maromlar nafas olish va tana harorati o’zgarishida, yurak faoliyati va qon aylanishida, ichak – oshqozon va ortiqcha moddalarning tanadan chiqarish jarayonlarida kuzatiladi. Biotik omillar, muhitning biotik omillari — bir yoki har xil turga mansub oʻsimlik, hayvon va mikroorganizmlar hayot faoliyatining organizmlarga taʼsiri majmui. Ayniqsa biotsenoz organizmlari orasidagi munosabatlar juda yaqindan boʻladi. B. o. har xil turdagi tirik organizmlarning oʻzaro taʼsiridan iboratligi bilan muxitning abiotik omimarchdan farq kiladi. Organizmlarning oʻzaro munosabatlari juda ham xilmaxil. Tirik mavjudotlar boshqa organizmlar uchun oziq manbai boʻlishi (oʻt oʻsimliklar oʻtxoʻr hayvonlar uchun oziq hisoblanadi, oʻtxoʻr hayvonlarni esa yirtqich hayvonlar yeydi), ularning koʻpayishiga imkon yaratishi (oʻsimliklarni changlovchi hasharotlar faoliyati), yashash muhiti boʻlib xizmat qilishi mumkin (mas, gʻoʻzaning xavfli kasalligi—viltni hosil qiluvchi patogen zamburugʻ uchun gʻoʻza xoʻjayin oʻsimlikdir). Raqobat, simbioz (birgalikda yashash) va b. ham organizmlar orasidagi munosabatlarga kiradi. Ehtiyojlari bir-biriga oʻxshash organizmlar orasida, mas, agar oʻsimliklarning yoruglik, namlik va muhitning b. sharoitlariga nisbatan talabi bir xil boʻlsa, raqobat paydo boʻladi. Simbioz hayvonlar, oʻsimlik, mikroorganizmlar orasida keng tarqalgan. Mac, dukkakli oʻsimliklar (beda va b.) azot hosil qiluvchi bakteriyalar bilan birgalikda yashaydi, bu bakteriyalar oʻsimliklar hayoti uchun zarur boʻlgan uglevodlar va b. organik moddalarni oʻsimliklar ildizidan oladi. B. o. har doim muhitning abiotik omillari taʼsiriga uchraydi va oʻz navbatida unga faol taʼsir etib, uni oʻzgartirib boradi. Biotik omillar - tirik organizmlarning bir-biriga o‘zaro ta’siri majmuidir. Ular turli shaklda ta’sirlashishi mumkin. (masalan, o‘simliklarning xasharotlar bilan changlanishi, bir turdagi organizmlarni boshqalarining yeyishi, resurslarning u yoki bu turi oziq, fazo, yorug‘lik va boshqalar uchun organizmlar o‘rtasidagi raqobat, parazitizm va boshqalar). Biotik o‘zaro munosabatlar juda murakkab va o‘ziga xos xarakterga ega. Shuningdek, ular bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Organizmlarning biotik o‘zaro munosabatlari yoki biotik omillar deyilganda o‘simliklar, xayvonlar va mikroorganizm-larning bir-birlariga o‘zaro ta’siri tushuniladi. Tabiatda yech qanday tirik jonzot o‘z qobig‘iga o‘ralib, ayri ’olda yashay olmaydi. Uni tabiatning ko‘plab tirik vakillari o‘rab olgan bo‘ladi. Ularning barchasi bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Organizmlarning o‘zaro ta’sirlashishi, shuningdek, ularning hayot sharoitlariga ko‘rsatgan ta’siri muhitning biotik omillari majmuini tashkil etadi. Tirik tabiatning muhini xususiyatlaridan biri ..unda sodir bo‘lib turuvchi jarayonlarning uzluksizligi yoki izchilligidir. Barcha tirik organizmlar hayoti(hujayradan tortib biosferagacha) malum bir tartibda sodir bo‘lib turadi. Barcha o‘simlik va hayvonlarda uzoq tabiiy tanlanish natijasida anatomo-morfologik, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlar va belgilar vujudga keladi hamda shular orqali ular muaan sharoitga moslashadi. Har bir tur yil va yil fasllari davomida o‘z hayotini boshqaradi. Demak, biologik marom deb. organizmlar hayotining yil davomida qafiy ravishda boshqarib turilishiga aytiladi. Shuningdek. maTum vaqt oralig‘ida qanaydir bir jarayon yoki hodisaning takrorlanishi, bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tishi hamda qayta tiklanishi tushuniladi. Marom materiya harakatining umumiy hususiyatlaridan bin bo‘lib, dunyo uning qonunlari asosida mavjud. Biologik marom esa bir-birini inkor qiluvchi ikki o‘zaro dialektik bog‘lanishdagi hayot jarayonining, ya"ni tiklanish va yemirilishlardan iborat hayotiy jarayonlarning bir maromda borishi va o‘zqo‘zidan qayta tiklanishiin ta"minlashni ifodalaydi. Maromlar odatda ikki xil, ya"ni ichki va tashqi maromlardan iborat. Tashqi maromlar geofizik xarakterga ega va ular organizmdagi endogen fiziologik jarayonlarda kuzatiladigan maromlardir. Nafas olish. yurakning urishi, tana harakati kabilar asosida bir necha maromiy jarayonlar yotadi. Organizmdagi har qanday funksiya maromiy xarakterga ega bo‘ladi. DNK. va RNK. ning sintezi, oqsil sintezi, hujayra organoidlarining ish faoliyati, hujayraning bo‘linishi kabilar va hokazo. Tashqi maromlar Yerning Quyosh atrofida aylanishi va yer bilan Oy o‘rtasidagi bog‘lanishlar natijasida saoradagi ko‘pchilik ekologik omillar qonuniy ravishda o‘zgaradi. Organizmlaming hayot faoliyatidagi qator o‘zgarishlar ana shu tashqi geofizik davriy o‘zgarishlar bilan bog‘langan bo‘lib, moslanish xarakteridagi biologik maromlar deyiladi. Ular dengiz va okeanlarda bir kecha-kunduz davomida sutkalik suvning ko‘tarilishi va pasayishi, shuningdek. bir oyiik va bir yillik maromlardir. Odamlar va yuksak tuzilishdagi hayvonlarda faollik va tinim. tetiklik va uyqu holatlari asosiy sutkali marom hisoblanadi. Odamda 100 dan ortiq sutkali o‘zgarishlar bilan bog‘langan fiziologik jarayonlar aniqlangan. Hayvonlarda kuzatiladigan tetiklik va uyqu davrining almashinishi kunduzgi Фaol va tungi faol turlarmng ajralishiga sabab bo‘Iadi. Kunduzi faol hayot kechiradigan hayvonlar bo‘lib uy tovuqlari, chumchuqsimonlaming ko‘pchilik vakillari, yumronqoziqlar. chumolilar, ninachilar va boshqalar hisoblansa, tunda esa ko‘rshapalaklar. tipratikanlar, boyo‘g‘li. yowoyi cho‘chqalar, mushuksimonlaming vakillari, baqalar. suvaraklar va boshqalar faol bo‘ladi. Sutkali maromlar har xil omillarga sezilarli o‘zgarishi mumkin. Kunning birinchi yarmida odam organizmining sovuq haroratga sezgirligining ortishi, kunning ikkinchi yarmida esa yuqori haroratga ortishi aniqlangan. Cho‘lda yashovchi eshakqurtlar yoki qora dog‘li qo‘ng‘izlarning faolligi tuproq yuzasida harorat va namlikning o‘zgarishiga qarab surilishi mumkin. Sutkali biomaromlar yirik va ochiq rangli gullarda yaxshi ifodalangan. Ulaming gullari bir kecha-kunduz davomida davriy ravishda ochilib yopiladi. unday o‘simliklarga qarab vaqtni aniqlash mumkin. Shuning uchun ham ular «biologik soatlar» deyiladi. ertalab qoqio‘t, bo‘ztikan kabilar ochilsa, ulardan keyin sachratki, na"matakning gullari ochiladi. Kechga tomon xushbo‘y tamaki, nomozshomgullar ochilib, changlatuvchi hashorotlami o‘ziga jalb etadi. KTinney turli o‘simliklaming gullashiga asoslanib flora soatini yaratdi. Dengiz va okeanlarda suvning ko‘tarilishi va pasayishi sutka davomida ikki marta hamda oyning boshi va oxirida kuzatiladi. Ushbu maromlarga qirg‘oqlarda yashovchi organizmlar moslashgan. Molyuskalar suvning pasayishi vaqtida pallalarini yopib oladi. Aterina deb atalgan baliq rivojlanishi davrida oy davomidagi suvning eng yuqori ko‘tarilib tushishidan foydalanadi. Suvning ko‘tarilishi kuzatilishi vaqtida o‘rg‘ochisi qum ostiga uvildirig‘ini qo‘yib, oradan 15 kun o‘tgandan so‘ng ulardan yosh baliqlar chiqadi va suvning ikkinchi marta eng yuqori ko‘tarilib tushishida ular suvga tushib ketadi. Biz oyga teng bo‘lgan davriylik quruqlikda va dengizda yashovchi bir necha organizmlarda kuzatiladi. Yorug‘likga javob rcaksiyasi. Kuchsiz magnit maydonita'sirida yoki mo‘lal olish tezligi kabilaming hayvonlarda oylik marom bilan bog‘liqligi aniqlangan. Ular organizmlaming umumiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Ma'lumki, respublikamiz viloyatlanda yillik harorat maromiga ko‘ra organizmlaming rivojlanishi uchun qulay davrlar 6 oy davom etadi. Shu davr ichida tirik organizmlarda asosiy fcnologik hodisalar ro‘y beradi, yer yuzasidan qorlar erib, bahor nafasi sezila boshlaydi. Bodom, shaftoli, o‘rik va tollar barg yozmasdanoq gullay boshlaydi. Tuproq yuzasi yashil o‘tlar, o‘simliklar bilan qoplanadi, uchib ketgan qushlar qaytib keladi, qishlab chiqqan hasharotlar hayoti faollashadi. Yoz o‘rtalarida harorat noqulay bo‘ladi, daraxtlar va boshqa ko‘pchilik o‘simliklarnin o‘sishi sekinlashadi yoki butunlay to‘xtaydi, qushlaming ko‘payish davri tugaydi. Yozning ikkinchi yarmidan boshlab erta kuzda ko‘pchilik o‘simliklarning meva va urug‘Iari pishadi, to‘qimalarida ozuqa moddalar to‘planadi. Shunday qilib, qishga tayyorgarlik boshlanadi. Daraxtlarning qishlaydigan kurtaklari shakllanadi va novdalari qotib yog‘ochlanadi. Qushlar galalashib uzoq tropik mamlakatlarga uchishga hozirlana boshlaydi. o‘similklarda xazonrezgilik kuzatilib, qushlar uchib ketadi. Hashorotlar va umurtqasiz hayvonlar uchramay qoladi. Sovuq boshlanishidan awal tana haroratini boshqara olmaydigan organizmlar tinim holatiga o‘tadi. Umurtqali hayvonlar, qushlar va sut emizuvchilarning qish mavsumiga moslashishi kuzatiladi. Ular kuzda tullaydi, qalin va uzun, hatto oq rangdagi yunglar va tivit hosil qiladi. Qushlar pat chiqaradi. Qishda yetarli ozuqa topa olmaydigan hayvonlar, ko‘rshapalaklar, kemiruvchilarning ko‘pchilik vakillari, bo‘rsiqlar, ayiqlar uyg‘uga keladi. Suvda suzadigan hasharotxo‘r parrandalar qishda ozuqa topib yeya olmaydilar, shuning uchun ular mavsumiy migratsiya qilishga majbur. Bulaming hammasi muhitning kunlik, oylik va yillik maromlariga organizmlarning bergan javobi hisoblanadi. Har bir tuming yillik maromi tabiiy tanlanish natijasida kelib chiqadi. Jadal o‘sish va rivojlanish davri ko‘payib, qishki taorganhk va qishlash davrining muaan tartib va muddati yillik maromni tashkil etadi. Yillik maromlar ko‘pchilik turlarda endogen xarakterga ega va siklik maromlar deyiladi. 1. Populyatsiyalardan birortasi xam boshqasiga ta’sir ko‘rsatmaydi (0,0). Agar ikki tur bir-biriga ta’sir qilmasa, ular o‘rtasida betaraflik (neytralizm) mavjud (0,0). Aslida tabiatda xaqiqiy betaraflik juda kam, chunki barcha turlar bevosita bo‘lmasa-da, bilvosita o‘zaro ta’sirlashadi. Bu bilvosita ta’sirlashish samarasini esa, biz bilimlarimiz yetarli bo‘lmagani sababli ko‘ra olmaymiz. 2. Ikki turning ancha musta’kam o‘zaro foydali aloqalari (+,+) mutualizm deyiladi. Bunday o‘zaro foydali aloqada har ikkala turning ishtirok etishi shartdir. Har ikkala organizm uchun foydali ’isoblangan bunday o‘zaro munosabatlar simbiotik munosabatlar deb nomlanadi. Masalan, changlanuvchi o‘simliklar va nektar oluvchi yoki oziqlanuvchi, meva va urug‘lar tarqatuvchi xasharotlarning o‘zaro aloqasi bunga misol bo‘la oladi. 3. Bir tur boshqasiga zarar xam, foyda xam keltirmasdan o‘zi qandaydir foyda-ustunlikka ega bo‘lsa, bunday o‘zaro munosabatlar shakli kommensalizm (+,0) deb ataladi. Masalan, akulalar terisiga yopishib olib, unda qolgan ozuqa qoldiqlari bilan hayot kechiruvchi krilipala, shuningdek, baliqlar terisiga yopishib yashovchi gidroid poliplar va boshqa xayvon turlari o‘rtasidagi munosabatlarni eslab o‘tish mumkin. 4. Ikkala tur uchun xam zararli munosabat raqobat (-,-) deyiladi. Raqobat ozuqasi, yashash joyi yaqin bo‘lgan turlar o‘rtasida yuzaga keladi. Raqobat turlar ichida yoki turlararo bo‘lishi mumkin. Tur ichidagi kurashlar kuchli bo‘ladi. Chunki uning asosida tabiiy tanlash va tur ’osil bo‘lish jarayonlari yotadi. Umumiy ma’noda "raqobat" so‘zi roqiblikni, musobaqani anglatadi. Agar, ikki populyatsiya ayni bir resursdan foydalansa, (ayniqsa, u agar yetarli bo‘lmasa), ular o‘rtasida bu resurslarni egallab olish borasida roqiblik yuzaga kelishi muqarrardir. Bunday raqobatdan har qaysi tur zarar ko‘radi. U organizmlarning yashovchanligiga va o‘sishga, ular populyatsiyasi soniga ta’sir ko‘rsatadi. 5.Yirtqichlik (+,-)-organizmlar o‘zaro munosabatlarining keng tarqalgan turidir. Bunda bir tur vakillari ikkinchi tur vakillarini yo‘q qiladi, ya’ni yeb qo‘yadi. Yirtqichlik - oziqaviy munosabatlar shakllaridan biridir. Tipik yirtqichlik xayvonlarning ovlash tabiatda kuzatiladi. Yirtqichlik faqat xayvonlarda emas, balki o‘simliklarda xam kuzatiladi. Masalan, xasharotxo‘r o‘simliklarning xasharotga bo‘lgan munosabati-yirtqichlikdir. Xullas, bunda bir tur foyda topsa, ikkinchi tur zulm ko‘radi. 6.Parazitizm (+,-)- shunday biotik munosabatki, bunda bir turdagi organizm (parazit)lar boshqa turdagi organizm (xo‘jayini)ning to‘qimalari yoki oziq moddalari ’isobiga yashaydi. Parazitizm yirtqichlikka yaqindir. Ammo xaqiqiy yirtqichdan farqli o‘laroq parazit organizm-xo‘jayinini dar’ol o‘ldirmaydi, odatda, u tirik xo‘jayindan o‘zining vaqtinchalik yoki doimiy yashash joyi sifatida foydalanadi. Parazit o‘z hayotini ta’minlab turgan xo‘jayinini asta-sekin xalok etadi. Parazitlik o‘simliklar orasida xam uchraydi, chirmoviq va shumg‘uyalar tipik parazitlardir. Biotik aylanishda million tonnalab fosfor va azot, katta miqdordagi kaliy, kalsiy, temir hamda juda ko‘p miqdorda suv ishtirok etadi. Suvning aylanishida bug‘lanish, transpiratsiya jarayonlari muhim rol o‘ynaydi. O‘simliklarning yer ustki qismlari tomonidan suvning bug‘lantirilishi ko‘tarish kuchini hosil qiladi, tuproqdan eritmalarni oladi. Ular o‘simlikni suv bilan birgalikda mineral tuzlar bilan ham ta’minlaydi. Suv tuproqdan bug‘ holatida atmosferaga ko‘tarilib, soviydi, keyin kondensatsiyalanib, yomg‘ir holida u yana quruqlikka yoki okeanlarga qaytib tushadi. a) biotsinozning turlar tarkibiy tuzilmasi- biotsinozdagi turlar xilma-xilligi, ularning bir-biriga nisbatan soni va massasi tushunchasini bildiradi. Turlarning soni ba’zi biotsinozlarda ko’p, boshqalarda esa kam bo’lishi mumkin. Issiqlik etishmaydigan qutb artik cho’llarida va shimol tundrasida, shuningdek jazirama issiq va suvsiz cho’llarda hamda ifloslangan suv havzalarida biotsinozlarning turlar tarkibi kambag’al bo’ladi. Buning sababi, bu joylarda organizmlar uchun zarur bo’lgan tabiat omillarining bir yoki bir nechtasi optimumdan uzoqligi sababli ular hayotini ta’minlay olmasligidadir. Abiotik omillar optimumga yaqin bo’lgan joylarda esa, masalan, tropik o’rmonlar, suv ostidagi marjon qoyalarda va ariq, o’lkalardagi daryo bo’ylarida biotsinozlarning tur tarkibi boy bo’ladi. Biotsenozlarning tur tarkibi bundan tashqari ularning kelib chiqish tarixi va biotsenoz hayotining qanchalik uzoq davom etayotganligiga bog’liq. Yangi tashkil bo’layotgan yoki biotsenozlarda turlar soni kam bo’ladi. Masalan, to’qayzorlar biotsenozining shakllanishida quyidagi bosqichlarni ko’rish mumkin: I-bosqich – 2-3 yil davom etadi. Bunda daryo qirg’og’idagi suvi chekingan joylarda namsevar o’simliklar o’sib chiqadilar, lekin ular ham erni qoplamaydilar va shunga ko’ra bu joylarning biotsenozi yakkam-tukam o’sib chiqqan yulg’un, to’qay toli, yovvoyi jiyda va qamish kabi o’simliklardan hamda bir necha turdagi suv bo’yi qushlaridan tarkib topgan; II-bosqich – biotsenozning 4-5 yillari hisoblanib, bunda u erdagi o’sayotgan qamish hamda bunga o’simliklar 2-3 m balandlikkacha etib erni qalin qoplaydi. Bu joylarda turli hasharotlar, kemiruvchilar va qamishlar orasida hamda erda uya quruvchi qushlar turi uchraydi; III-bosqich – biotsenoz hayotining 8-10 yillari hisoblanib, bunga buta va daraxtlar boshqa o’simliklardan ancha o’zib ketadi va o’ziga xos daraxtzorni hosil qiladi. Bunday biotsenozda daraxt va butalar ostida soyasevar o’simliklar yaxshi rivojlanadi, daraxtlarga chirmashuvchi epifitlar va parazitlar paydo bo’ladi. Daraxtzordagi hayot o’ziga ko’p turdagi hasharotlarni va yuqori hayvonlarni jalb etadi, biotsenozda daraxtga uya qo’yuvchi ya’ni dendrofil qushlar paydo bo’ladi; IV-bosqich – biotsenoz hayotining 15-20 yillari bo’lib, bu davrda daraxtlar ostida qolgan butalar va ko’pchilik o’tchil o’simliklar o’sish va rivojlanishdan o’xtaydi, o’simliklar tarkibida bir oz kambag’allashadi, daraxtlarda kemiruvchi hasharotlar ko’payib, kovaklar paydo bo’ladi va shunga ko’ra kovakka uya qo’yuvchi yangi qush turlari paydo bo’ladi. Keyinchalik biotsenoz qariydi – daraxtlar qurib nobud bo’ladi, shunga ko’ra hayvonot dunyosi ham kambag’allashib qoladi. Qulay sharoit bo’lib qolganida biotsenozning shakllanish bosqichlari yana boshdan boshlanadi. Biotsenozning turlar tarkibi umuman olganda, boy bo’ladi. Eng kambag’al hisoblangan biotsenozlar ham necha o’nlab turlardan iborat bo’ladi. Ba’zi biotsenozlarda o’simliklar uchramasligi mumkin, suv ostining anoerob sharoitidagi biotsinozlar esa faqatgina mikroorganizmlardan tashkil topishi mumkin. Ko’rinib turibdiki, biotsenoz tarkibining turlarga boyligi u yashayotgan muhitning xilma-xilligiga bog’liq. Masalan, to’qayzoralrning chekkalarida uning ichiga qaraganda biotsenoz hamma vaqt boy bo’ladi, chunki bu erning biotopida daraxlar atrofida buta va o’tchil o’simliklar ko’p o’sadi, shuningdek ochiq maydonlar mavjud bo’lib, bularning ham o’ziga xos o’simlik va hayvonot dunyosi mavjuddir. b) biotsenoz ning fazoviy tuzilmasi- asosan biotsenozdagi o’simliklar bilan belgilanadi. U yoki bu maydonda o’simliklarning o’sishi bu joyda hayvonlarning ham yashashiga va bu bilan yaxlit biotsenoz shakillanishiga sharoit yaratadi. O’simliklar o’sib turgan joylarda fitosinozlar turlicha balandlik qavatlarini, ya’ni yaruslarini hosil qiladi. Masalan, o’tchil o’simliklar er usti qisimlarining o’zi bir nechta qavatlar hasil qilishi mumkin. Ularning er osti qismlari ham tuproqning turli chuqurliklarida turli er osti qavatlarini hosil qiladi. Hayvonlarning tarqalishida o’simliklardagi qavatlilik katta ahamiyatga ega. Chunki qavatlilikdan foydalanib hayvonlar o’sha joy muhitining barcha bo’shliqlarini egallaydi. Buni agar qushlar misolida ko’radigan bo’lsak quyidagi manzara namoyon bo’ladi: ba’zi qushlar ( tovuqsimonlar, tentakqushlar) erga o’tchil o’simliklar orasiga uya quradilar, boshqalari butalarning paski shoxlarida, o’rta yoki yuqori shoxlarida daraxtlarning pastki o’rta yoki baland shoxlarida uya quyadilar. v) biotsenozlarning ekologik tuzilmasi- ularda turli ekologik guruhlarning yashashi bilan belgilanadi. Ekologik tuzilmasi bir xil bo’lgan biotsenozlarda har xil turdagi organizmlar uchraydi, bular orasida sistematik jihatdan bir-biridan juda uzoq turlar ham mavjud bo’lib, ularni yagona ekologik muhit birlashtirib turadi. Bir-biriga o’xshash ekologik muhitda yashovchi turlar vikariantlar, ya’ni o’rinbosarlar deb ataladi. Vikariantlar turli geografik sharoitlarda yashab bir-birini o’rnini bosadilar. Tabiatda vikariantlik hodisasi keng tarqalgan. Masalan, Afrika savannalarida yashaydigan antilopalar o’rnini Osiyo cho’llarida yashovchi jayronlar bosadi. Biotsinozlarning ekologik tarkibi u joylarning oziqa omillariga bog’liq. Organizmlarning biotik o’zaro munosabatlari yoki biotik omillari deyilganda o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning bir –biriga o’zaro ta’siritushuniladi. Tabiatda hech qandaytirik jonzot o’z qobig’iga o’ralib ayri holda yashay olmaydi. Uni tabiatning ko’plab vakillari o’rab olgan bo’ladi. Ularning barchasi bir-biri bilan o’zaro ta’sirlashadi. Organizmlarning o’zaro ta’sirlashishi, shuningdek ularning hayot sharoitlari ko’rsatgan ta’siri muhitning biotik omillari majmuini tashkil etadi. Biotik omillar o’zaro ta’sirlari, odatda nihoyatda murakkab xarakterga ega bo’lib ko’plab abiotik omillarga bog’liq va turli sharoitlarda har xil kechadi. Shuning uchun biotic omillarning o’zaro ta’sirlarning oqibatlarini oldindan bilish murakkab. Biotsenozlarning kelib chiqishi va hayot kechirishda unda yashovchi organizmlarning o’zaro aloqa va munosabatlari muhim o’rin tutadi. V. A. Bek limishev klasifikatsiyasiga ko’ra o’zaro aloqalar 4 xil bo’ladi: trofik, topik forik va fabrik. Trofik aloqalar- organizmlarning oziqlanish bo’yicha aloqasidir. Bir organism boshqa organism bilan trofik aloqaga kirishi uni eyishi, uning o’lgan qoldiqlari yoki hayot jarayonida ajratgan chiqindisi bilan oziqlanishda namoyon bo’ladi. Trofik aloqalar bevosita va bilvosita bo’ladi. Ninachi havoda boshqa hasharotlarni tutib eyishi, go’ng qo’ng’iz yirik hayvonlar tezagini iste’mol qilishi, asalari gulning nektorini so’rishi va hokazolar bu organizmlar orasidagi bevosita trofik aloqaga misol bo’ladi. Ikki turdagi hayvonning bir ovqatga yopirilishi ular orasida bilvosita aloqani o’rnatadi, chunki bunda birining harakati ikkinchisining ovqat olishiga ta’sir qiladi. Masalan, po’stloqxo’r hasharotlarning daraxt po’stlog’ini kemirishi uning poyasi mag’ziga boshqa kemiruvchi hasharotlarning kirib olishiga yordam beradi. Topik aloqalar- bir organizm o’zining hayot jarayoni natijasida boshqa organizmga qulay muhit yaratib berishdagi aloqalardir. Bunday aloqalar turli xil shakllarda namoyon bo’ladi. Ichki parazitlik va in kommensalizmi (birgalikda indan foydalanish), o’simliklarning erga soya solib mikroiqlim hosil qilishi, ular o’zlarining shoxlari bilan qushlarga uya quyish substrati yaratib berganligi va shunga o’xshash misollar turli xildagi organizmlar o’qtasidagi topic aloqalarning har xil ko’qinishlari hisoblanadi. Topik va trofik aloqalar biotsenoz hayotining asosini tashkil qiladilar, chunki bu ikki xildagi aloqa biotsinozda yashovchi barchaturlarni o’zaro bog’lab turadi. Forik aloqalar-bu bir organizmni tabiatda tarqalishida ikkinchi organizmning vositachiligi shaklidagi aloqasidir Odatda bunday tarqatuvchilar hayvonlar bo’lib hisoblanadi. Ular o’simliklarning sporalarini, urug’ va changlarini uzoq yaqin erlarga tarqatadilar. Tarqatish aktiv va passiv usullar bilan amalgam oshishi mumkin. Barcha tirik organizmlar singari o`simliklar ham o`zi yashayotgan muhitdagi mikroorganizmlar, hayvonlar va boshqa tur o`simliklar bilan doimiy ravishda aloqada bo`lib hayot kechiradi. Tabiatdagi nafaqat alohida bir tur, balki o`simliklar qoplamini tashkil etadigan o`simliklar guruhi tuproqdagi mikroorganizmlar bilan, hayvonot dunyosi bilan, o`zaro bir-birlari bilan, umuman muhit bilan chambarchas aloqada bo`ladi. Biotik omillarni quyidagi guruhlarga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq deb o`ylaymiz: a) o`simliklarning o`simliklarga o`zaro ta`siri; b) hayvonot dunyosining o`simliklarga ta`siri; d) mikroorganizmlarning o`simliklarga ta`siri; e) yuqoridagi har uchala guruh organizmlarning o`zaro ta`siri. O`simliklarning o`simliklarga o`zaro ta`siri fitogen ta`sir deb ham ataladi. Fitotsenozdagi o`simliklarning har bir turi yashash uchun kurashadi. Yashab qolish uchun, naslini saqlab qolish uchun ko`plab urug` va mevalar, spora hosil qiladi. Ba`zi turlar har qanday sharoitda vegetativ ko`payadi. Jamoadagi yuksak o`simliklarga mikroorganizmlar ham, tuban o`simliklar ham ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham har bir tur o`z naslini saqlab qolish uchun urug` va sporalarni turli xil usullar, shamol, suv, hayvonlar orqali tarqatishga moslashgan bo`ladi. O`simliklar qoplamidagi turlar birga yashash jarayonida bir-birlarini turli omillardan siqib qo`yishi mumkin. Misol uchun baland bo`yli, bargi ko`p bo`lgan turlar boshqa turlarni quyosh nuridan, issiqlik manbaidan, ildizi ko`p tarmokdangan turlar tuproq tarkibidagi mineral moddalarni ko`plab o`zlashtirib, boshqa turlarni oziq moddalardan bebahra qoldiradi. O`simliklar qoplamidagi turlar bir-birlariga bevosita va bilvosita ta`sir ko`rsatadi. Parazitizm, simbioz holat, o`simliklarning boshqasiga mexanik ta`siri, jamoadagi turlarning bir-birini siqib chiqarishi, liana va epifitlik hodisalari bevosita ta`sirga misol bo`la oladi. Jamoadagi o`simliklarning o`simliklarga tuproq, iqlim, hayvon va mikroorganizmlar orqali bo`ladigan ta`siri bilvosita ta`sir deb ataladi. Hayvonlarning o`simliklarga ta`sirini zoogen omillar deb yuritiladi. Fitotsenozga hayvonlar turli xil ta`sir etadi. Jamoadagi ba`zi turlarning changlanishida hasharotlar, urug`larning tarqalishida qushlar, hayvonlar ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Ba`zi tur kemiruvchilar o`simliklarning jamoada kamayib, ba`zan yo`q bo`lib ketishiga ham olib keladi. Ular ko`plab ildiz tuganakli lola, boychechak, chuchmoma, gulsafsar kabi turlarning piyoz ildizini qish faslida ko`plab yeb nobud qiladi. O`simliklar qoplamiga hayvonot dunyosi tuproq tarkibini turli xil yo`llar bilan ishlash orqali ta`sir ko`rsatadi. Tuproqning unumdorlishni oshirishda chuvalchanglarning xizmatini hammamiz yaxshi bilamiz. O`rta Osiyo cho`llaridagi qumsichqonlarning tuproq tarkibiga ko`rsatgan ta`siri o`simliklar qoplamiga katta zarar yetkazadi. Tuproqni kovlash, uyalar hosil qilish nami kam bo`lgan tuproq namligini yanada kamaytiradi. Cho`l o`simliklarining qurib qolishiga olib keladi. Bunday holni saksovulzorlarda saksovul ildizi bilan qisman bo`lsada oziqlanuvchi kemiruvchilarning ko`rsatgan zararidan ham bilish mumkin. Ildizi zararlangan saksovullar ko`plab nobud bo`ladi. Umuman, o`simliklar qoplamining hayvonlar ta`sirida payhonlanishi ham ijobiy, ham salbiy ko`rinishda bo`ladi. Ijobiy ta`siri shuki, po`sti qalin mevalarni yanchib urug`larni tashqariga chiqaradi, urug`ni tuproqqa kiritadi, chirindilarni aralashtiradi. Kurtaklari, ayniqsa, yerning ustki qismida joylashgan o`simliklarning payhonlash, kurtagini yanchish, yosh novda va poyalarni sindirish, hali pishib yetilmagan urug` va mevalarni tushirib tashlash eng katta salbiy ta`sir turlaridan bo`ladi. Xulosa: Xulosa qilib aytadigan bo’lsak trofik, topic, forik va fabric aloqalar shuningdek mutualism, komensalizm, amensalizm, neytralizm, antibioz raqobat bularning hammasi biotsinozning asosini tashkil qiladi. Tabiatda barcha organizmlar bir-biri va atrof muhit bilan o’zaro aloqada bo’ladi. Bu aloqalar ba’zan tomonlarga foyda keltirsa, ba’zan zarar etkazadi. Hech qanday tirik organizmlar o’z qobig’iga o’ralib ayri yashay olmaydi. Uni tabiatning ko’plab vakillari o’rab olgan bo’ladi.
Download 25.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling