Bir bor ekan, bir yo’q ekan! Qadim zamonda emas hozirgi zamonda "Laboratoriya" nomli kompaniya bo’lgan ekan


Download 23.89 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi23.89 Kb.
#243712
Bog'liq
Ertak


Zombie

Bir bor ekan, bir yo’q ekan! Qadim zamonda emas hozirgi zamonda “Laboratoriya” nomli kompaniya bo’lgan ekan! U yerda xar hil modda va eleksirlarni va yana shunga o’xshash narsalarni bir-biriga qo’shib ko’rib nima hosil bo’lishini tekshirishar ekan! Bir kun Maykl ismli bola dunyoga kelibdi. U juda aqlli, shirintoy va antiqaviy bola (hatto Enshteyndan ham aqlli) ekan! Mayklning otasini ismi Maks, onasining ismi esa Cristina ekan! Maykl tug’ilgandan 3 kun keyin Jimmy ismli bola dunyoga kelibdi! Jimmyning otasini ismi Jeyson, onasining ismi esa Diana ekan. Jimmy mehribon va yovuz bo’lib ulg’ayibdi! Nega desangiz Jimmyning otasi Jeyson boy va yovuz bo’lgan ekan! Buni Jimmyning oyisi Diana Jimmyning 3 yoshigacha Jeysonning yomon, yovuzligini bilmagan edi-da! Bilgandan so’ng esa ajrashgan! Jimmy esa yo otasida yo onasida qolishi kerak edi! Ular shuning uchun sudlashishdi! Va Jeyson sud bo’lishidan oldin sudyaga “pora” berdi! So’ng sudda yutib chiqdi! Lekin baribir Jimmyda onasining mehribon bo’lish xislati qolib ketgan edi! Jimmyning oilasi ya’ni otasi boy edi! Mayklning oilasi esa kambag’al edi! Shuning uchun Maykl o’qishga, ilmga astoydil kirishib ketdi, juda zo’r institutga kirdi so’ng “Laboratoriya” kompaniyasiga ishga kiribdi. Jimmy esa shularning barini pul ya’ni “pora” orqali amalga oshirdi. Jimmy kompaniyada yurganida bir xonaga kirdi va “TEGISH MUMKIN EMAS” nomli narsani ko’rib qoldi! Keyin u narsani olib o’rniga soqtasini qo’yib qo’ydi! Bu narsani Jimmy astoydil o’rgandi. Baribir nimaligini tushunmadi! Keyin miyasiga bir fikr keldi. Jimmy “TEGISH MUMKIN EMAS” nomli narsani olib borib bir xushsiz odamga ichirib yubordi keyin uni zanjir bilan taxtaga boylab qochib ketdi. U odam hushiga keldi keyin 6 soat-u 17 minutdan so’ng u “Zombie”ga aylandi! Keyin kuchi ham ko’payib ketdi. Zanjirni uzib tashladi! Va kompaniyadagi Maykl va Jimmydan tashqari barcha odamni tishlab zombiega aylantirib qo’ydi. Zombielarni avtomat bilan otib yoki nimadir bilan urib o’ldirib bo’lmas edi! Zombielar kuniga 1000martagacha ko’payib ketardi! Oradan 10 kun o’tdi. Maykl va yana bazibir olimlar zombielarni yo’q qilish uchun qurol yaratish haqida o’ylar edi! Jimmy esa qamoqga tushishi uchun uni Londonda sud qilishayotgan edi! Lekin zombielar Londonga ham yetib kelishdi! Sud zalidagi Jimmydan tashqari barcha odamlarni zombiega aylantirib qo’yadi! Nega aynan Jimmydan tashqari desangiz u mashinaga o’tirib qochib qolgan edi! Va nihoyat Maykl zombielarga qarshi o’q-dori o’ylab topdi! Hammaga (internetlarga, odamlarga, e’lonlarga) bu haqda ma’lumot berdi! Lekin bu dori haqida atigi 28 tagina odam bilar edi. Mayklning yaxshi ko’rgan sevgilisini tirsagini zombie tishlab oldi! U qiz bunga chiday olmadi va Mayklning dorisini hali zombiega aylanmasdanoq o’ziga ichirdi! Oqibatda u o’ylay oladigan zombiega aylanib qoldi!!! Maykl sevgilisini o’ldirgisi kelmadi va qochib ketdi! Sevgilisi esa zombielarni boshlig’i bo’lib oldi, ana keyin zombielar juda kuchayib ketdi! Zombielarning boshlig’i faqat qon va doriga qarshi dori haqida o’ylaydigan bo’lib qoldi. Oqibatda doriga qarshi dori ham o’ylab topdi!!! Ana endi zombielar yanada kuchaydi! Zombielarning boshlig’i zombielarga quroldan foydalanishni o’rgatmoqchi bo’ldi lekin harakatlari zoya ketdi!

Nega desangiz boshqa zombielarni ongi yo’q-ku! Maykl endi yana boshqa dori o’ylab topishi kerak edi. Chunki oldingi dorisiga qarshi dori o’ylab topishgan edi (zombielar). So’ng oradan nechchi kun o’tdi. Zombielar judayam ko’p va kuchli edi! Maykl bir amallab, ko’p olimlar bilan o’ylanib-o’ylanib zombielarga qarshi oldingisidan kuchli edi! Buni hammaga ma’lumot qilib bermadi. Chunki bu dorini Mayklning sevgilisi (zombielarning boshlig’i) bunga qarshi dori o’ylab topishi mumkin edi! Shuning uchun buni faqat vayennilar, soqchi, agentlarga va yana o’zining yaqinlariga aytadi. Va buni avtomatga o’q ya’ni shu dorini qo’yib otadigan qilib qo’yadigan qilishadi. Bir amallab yo’q qilishmoqchi bo’lishadi. Lekin baribir zombielar kuchli va ko’p edi. Ayniqsa zombielarning boshlig’i (Mayklning sevgilisi) o’ylidi!... Kun sayin dori haqida ancha muncha odam bila boshlaydi. Ammo zombielar ham kun sayin ko’payib boraveradi!!! Bir kun Jimmyni Vashingtondan topishadi va uni majburlab zombielarning boshlig’ini o’ldirish uchun yuborishadi! Ammo bu ishni hali ko’pchilik qila olmagan edi1 Lekin Jimmy gunohini yuvish uchun baribir shu ishni qilmoqchi bo’ladi va Maykldan yordam so’raydi. Mayklning jaxli chiqib ketadi. So’ng Bu dorini kotta idishga solib tankada otadigan qiladi (Maykl). Ana keyin Jimmy bu tankaga o’tirib zombielarning boshlig’ini oldiga ketadi. Borsa u maxsus (qon rangli) qasrda yashar ekan! Uni zombielar qo’riqlashar ekan. Qanday qilib, axir uning joni yo’q-ku desangiz, zombielar odamlarni tishlaydi-ku. Shunda kim zombielarning oldiga kelsa, u odam bo’lsa uni zombielar tishlab qo’yadi. Ular shu tarzda qo’riqlashar edi. Jimmy tankada bordi. Zombielar qon hidini sezib, tanka oldiga kelishar ekan. Lekin Jimmy ularni otib (maxsus dorili o’q yordamida), ularni odamga aylantirar va yo’lida davom etar ekan! Qasr oldiga kelsa u eshikdan sig’mas ekan! Shuning uchun avtomatni olib qasr ichiga kirsa zombielar u tomon harakatlanishar ekan. Jimmy boyagi odamga aylangan (zombielar)lar bilan zombielarni otib tashlar ekan. Keyin zombielarning kuchli qal’asiga kiribdi. Jimmy va o’rtoqlari qarasa u yerda (maxsus zombielar boshlig’i yordamida yaratilgan) laboratoriya bor ekan. U laboratoriyada zombielarni o’ylaydigan qilishar ekan! Darhol Jimmy (va o’rtoqlari) bu yerni buzdi. Buzishi bilan signalizatsiya ishlab ketdi.Jimmy tezda Zombielar boshlig’i tomon yugurdi va oldiga yetib keldi. Qarasa zombielar soni 10 taga yetibdi. Jimmy ketma-ket otib tashlayveribdi! Zombielar boshlig’i va 1 gina o’ylaydigan zombie tirik qolganda Jimmy o’qi tugay qolibdi! So’ng yuqoridan “AZON” tovushi eshitila boshlabdi. Shunda zombielar va zombielar boshlig’i o’lishibdi (azon tovushidan ya’ni Allohdan qo’rqib). Jimmy esa hayratdan yoqa ushlabdi! Tezda o’sha azon aytgan musulmonning oldiga borib buning sababini so’raganida musulmon shunday debdi:



-Assalomu alaykum va roxmatullohi va barokatuh. Mehribon va rahmli Alloh nomi ila boshlayman. Buning sababi Allohga zikr keltirish, Allohga ishonish, islomga amal qilish... Sizlar keltirasizmi? Yo’q. Chunki sizlar, sizlarni yaratgandan qo’rqmaysiz! U Allohdir! U barcha ishga qodir! U rahmli! Agar sizlarning hayotingiz shu tarzda davom etaversa, Alloh aytganiday sizlarni kuchli jazo kutyapti... –debdi. Shu tarzda Jimmy va uning o’rtoqlari buni yaxshilab bilib olibdi va umrining qolgan qismini tavba qilish va shukr qilishga bag’ishlabdi! Bundan Maykl va ko’-o’-o’pchilikka xabar beribdi! Va ular ham islomning barcha shartlariga amal qila boshlabdi!

Xulosa: Xulosa shuki, bizni ajal, azob va hokazolardan hech qanday dori-darmon, qurol-yarog’, ilm-fan himoya qila olmaydi! Faqatgina Alloh himoya qila oladi! U bizni himoya qilishi uchun biz islomning barcha shartlariga amal qilishimiz kerak! Chunki faqat Alloh hamma narsaga qodirdir!!!
Download 23.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling