Bog’lovchilar
1. Bog’lovchilar vazifasiga ko’ra…
A) teng va ergashtiruvchi bog’lovchilarga bo’linadi.
B) biriktiruvchi, zidlov, ayiruv bog’lovchilariga bo’linadi.
C) biriktiruvchi, zidlov, ayiruv, ergashtiruvchi bog’lovchilarga bo’linadi.
D) takrorlanadigan va yakka holda qo’llanadigan bog’lovchilarga bo’linadi.
2. Gar shul eshitganim bo’lmasa ro’yo… Ushbu misradagi gar so’zi qaysi so’z turkumiga xos?
A) yuklama B) bog’lovchi
C) ko’makchi D) gar so’z emas, qo’shimcha
3. Bog’lovchilarning qaysi turi gaplarni ham, uyushiq bo’laklarni ham bog’lab kelishi mumkin?
A) faqat ergashtiruvchi bog’lovchilar
B) faqat teng bog’lovchilar
C) teng va ergashtiruvchi bog’lovchilar
D) gaplarni ham, uyushiq bo’laklarni ham bog’laydigan bog’lovchilar mavjud emas.
4. Biz sayohatga poyezdda yoki avtobusda boramiz.
Ushbu gapda ayiruv bog’lovchisi qanday bo’laklarni bog’lagan?
A) qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni
B) uyushiq bo’laklarni
C) turli gap bo’laklarini
D) bog’lovchi vazifasini bajarmagan.
5. Dam yomg’ir yog’adi, dam havo ochiladi.
Bu gap tarkibida bog’lovchining qaysi turi qo’llangan?
A) biriktiruv bog’lovchisi B) zidlov bog’lovchisi
C) ayiruv bog’lovchisi D) ergashtiruvchi bog’lovchi
6. Ergashturuvchi bog’lovchi qo’llangan qatorni toping.
A) Olim Sharq xalqlarining madaniyati to’g’risida hurmat va iftixor bilan gapirdi.
B) Hozir yo shamol bo’ladi, yo yomg’ir yog’adi.
C) Ko’nglim shod, zero qishloq obod bo’ldi.
D) Aql bilan boylik orttirsa bo’ladi, ammo bo’ylik bilan aql orttirib bo’lmaydi.
7. U yurtiniyam, xalqiniyam, o’ziniyam boqdi.
Ushbu gapdagi -yam shakli haqidagi qaysi hukm to’g’ri?
A) ko’makchi B) bog’lovchi
C) yuklama D) so’z yasovchi qo’shimcha
8. Ham so`zi qanday vaqtda ayiruv bog`lovchisi sanaladi?
A) hamma vaqt B) takror qo’llanganda
C) uyushgan bo`laklarning oxirida takrorlanib kelganda
D) faqat uyushgan bo`laklarning oldida kelgandagina bo`g`lovchi sanaladi
9. Qaysi gapda zidlov bog’lovchisi ishtirok etgan?
A) Shunga qaramay, u majlisga kelmadi
B) Bo’lsa bordir, ammo men ko’rganim yo’q
C) Olisdan butun qishloq ko’zga tashlaydi.
D) Kechga borib, yog’ayotgan yomg’ir qorga aylandi.
\ 10. Quyidagi uch xususiyatdan qaysilari yordamch so’z turkumlariga xos?
1) lug’aviy ma’no ; 2) grammatik ma’no ; 3) grammatik vazifa.
A) 1,2,3 B) faqat 3 C) 2,3 D) faqat 2
11. Takrorlangan holda qo’llanadigan bog’lovchilar, asosan , bog’lovchilarning qaysi turiga mansub?
A) teng bog’lovchilarga
B) ergashtiruvchi bog’lovchilarga
C) biriktiruvchi bog’lovchilarga
D) barcha bog’lovchilar takror holda qo’llanishi mumkin.
12. Teng bog’lovchilarning ma’no munosabatiga ko’ra turlari qaysi javobda?
A) teng bog’lovchilar, ergashtiruvchi bog’lovchilar
B) yakka bog’lovchilar va takror bog’lovchilar
C) biriktiruvchi bog’lovchilar, ayiruv bog’lovchilari, zidlov bog’lovchilari, inkor bog’lovchilari
D) sabab bog’lovchilari, shart bog’lovchilari, chog’ishtiruvchi bog’lovchilar
13. Bog’lovchilarning qaysi turi tobe-hokim munosabatli gaplarni bog’lab kelishi mumkin?
A) faqat ergashtiruvchi bog’lovchilar\\
B) faqat teng bog’lovchilar
C) teng va ergashtiruvchi bog’lovchilar
D) Gaplarni bog’laydigan bog’lovchilar mavjud emas.
14. Teng bog’lovchilar ma’no va grammatik xususiyatiga ko’ra …
A) takrorlanadigan va bog’lovchi vazifasidagi so’zlraga bo’linadi
B) biriktiruvchi, zidlov, ayiruv va inkor bog’lovchilarga bo’linadi.
C) biriktiruvchi, zidlov, ayiruv, ergashiturvchi bog’lovchilarga bo’linadi.
D) teng va ergashitiruvchi bog’lovchilarga bo’linadi.
15. Takror qo’llanuvchi bog’lovchilar qatorini aniqlang.
A) hamda, ammo, balki B) yo, goh, go’yo
C) ba’zan, ham, bir D) dam, yoki, ya’ni,
16. Berilgan gapdagi bog’lovchi turini aniqlang. Qamishlar orasida goh boshi ko’rinar, goh suvga sho’ng’igandek yo’q bo’lib ketardi.
A) teng bog’lovchi B) ergashtiruvchi bog’lovchi
C) shart bog’lovchi D) ayiruv bog’lovchi
17. Shart bog’lovchilardan iborat qatorni toping.
A) basharti, va, kim B) mabodo, basharti, agar
C) bordi-yu, chunki, dam D) agar, ya’ni, hamda
18. Ergashtiruvchi bog’lovchi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Qishda va yozda bir xil kiyimda
B) Salim uni ko’rdi, biroq tanimadi.
C) Alisher Navoiy Astrobodga jo’nab ketdi, ammo xalq uni hech qachon unutmadi.
D) Bizda yaxshi rahbar eng yaxshi tarbiyachi bo’lishi kerak, chunki tarbiyaning ham, rahbarlikning ham markazida odam turadi.
19. Ayiruv bog’lovchilari qo’llangan gapni aniqlang.
A) Malika na yurib charchaydi, na sovuqdan shikoyat qiladi.
B) Tinchlik va ozodlik-uning qo’shig’i
C) Dam salobatli, dam jozibador yangrovchi tanbur sadosi tinglovchini go’yo sehrli qayigi’ bilan allaqanday maftunkor sohil sari boshlar, goh tebratib, goh to’lqinlatib boradi.
D) U ketdi-yu, ham alamli uzuq-yuluq hotiralar qoldi.
20. Zidlov bog’lovchisi bor gapni aniqlang.
A) Tuzsiz va sho’r ovqatlar bemaza bo’ladi.
B) Dunyoda yaxshi kitoblar ko’p, lekin bu kitoblar uni o’qib biladigan kishilar uchungina yaxshidir.\
C) O’shanda yo men sinovdan o’tdim, yo siz sinovdan o’tdingiz.
D) Na mashina boradi, na arava.
21. Teng bog’lovchilar qo’llanishga ko’ra…
A) takror va yakka holda qo’llanadigan bog’lovchilarga bo’linadi.
B) biriktiruv, ayiruv, zidlov va ergashtiruvchi bog’lovchilarga bo’linadi.
C) biriktiruv, zidlov va ayiruv bog’lovchilariga bo’linadi.
D) teng va ergashtiruvchi bog’lovchilarga bo’linadi.
22. Lekin bu musiqa jimlikni buzmas, balki quyultirardi.
Ushbu gapda qo’llangan balki so’zi qaysi so’z turkumiga tegishli?
A) ko’makchi B) yuklama C) bog’lovchi D) modal so’z
23. Ayiruv bog’lovchilaridan qaysi biri ayirish ma’nosida qo’llanadi?
A) goh…, goh… B) bir…, bir… C) yo\…, yo… D) ba’zan…, ba’zan…
24. Qaysi yuklamalar biriktiruv bog’lovchilari vazifasida qo’llana oladi?
1) -u (-yu); 2) –da; 3) –gina; 4) bilan; 5) ham.
A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,4,5
C) 1,2 D) 1,2,5
25. Ergashtiruvchi bog’lovchilardan qaysi biri gap bo’laklarini ham, gaplarni ham bog’lay oladi.
1) shart; 2) sabab; 3) aniqlov.
A) 1,2,3 B) faqat 3
C) 2,3 D) faqat 2
26.inkor bo’glovchisi qachon yuklama bo’lib keladi?
27. inkor bo’glovchisi qachon yuklama bo’lib keladi?\\\\\\\\\\\
28.balki so’zi qanday vazifalarda keladi?
29.ham so’zi qanday vazifalarda keladi?
30. 1) -u (-yu); 2) –da qanday vazifalarda keladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |