Biriktiruvchi to’qimalarning xilma-xiligi o’ziga xosligi reja


Download 0.77 Mb.
bet1/6
Sana12.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1768507
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Biriktiruvchi toʻqima


BIRIKTIRUVCHI TO’QIMALARNING XILMA-XILIGI O’ZIGA XOSLIGI


REJA:



  1. BIRIKTIRUVCHI TO’QIMALARNING XILMA-XILIGI

  2. BIRIKTIRUVCHI TO’QIMALARNING O’ZIGA XOSLIGI


ASL BIRIKTIRUVCHI TO’QIMA (TEXTUS CONJUNCTIVUS SENSU STRICTO) 
Asl biriktiruvchi to’qima tolali biriktiruvchi to`qima va maxsus xususiyatga ega bulgan biriktiruvchi to’qimaga bulinadi.
Tolali biriktiruvchi to’qimada hujayra elementlari va hujayralararo moddaning nisbati turlichadir. Siyrak shakllanmagan biriktiruvchi to’qimada hujayra elementlaoi ko’p bulib, hujayralararo tolalari esa kam. U asosan trofik, himoya va tayanch vazifalarni o’taydi. Tolalari ko’pligi Bilan keskin farq qiluvchi to’qima zich biriktiruvchi to’qimadir. U ko’prok tayanch vazifasini o’taydi Agar zich biriktiruvchi to’qima tolalari turli yunalishda yotsa – shakllanmagan, tolalar tartibli joylashsa shakllangan zich biriktiruvchi to’qima deb yuritiladi. Ularni sxematik ravishda quyidagicha ifodalash mumkin.

Asl biriktiruvchi to’qima


__________________________________________________

Tolali biriktiruvchi to’qima Maxsus xususiyatga ega


biriktiruvchi to’qima (retiku-
Siyrak shakllanmagan Zich biriktiruvchi lyar, yog’, shillik, pigmentli
biriktiruvchi to’qima to’qima biriktiruvchi to’qima)

Shakllanmagan Shakllangan


biriktiruvchi to’qima biriktiruvchi to’qima
(teri, derma qismining (pay, obroz membranalar,
to’rsimon qavati) plastinkasimon va elastik
to’qimalar) 


SIYRAK TOLALI SHAKLLANMAGAN BIRIKTIRUVCHI TO’QIMA 
Siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to`qima hujayra elementlari va oraliq moddadan tashkil topgan bo`lib, unda biriktiruvchi to`qimaning barcha turlariga xos hujayralarni uchratish mumkin. Hujayra oraliq moddasida siyrak, turli yo`nalishda yotuvchi tolalar joylashadi. (69-rasm). Hujayralararo modda ko’p bo’lgani uchun biriktiruvchi to’qimaning funktsiyasi oraliq moddaning fizik-ximiyaviy xossalariga bog’liq.
Siyrak tolali biriktiruvchi to`qima kuchli regeneratsiya qobiliyati, yuqori plastik va adaptatsion imkoniyati bilan xarakterlidir.
Siyrak tolali biriktiruvchi to`qima organizmning turli organ to`qimalari tarkibida bo`ladi va doimo qon tomirlar devori bo`ylab joylashadi. U biriktiruvchi to`qimaning boshqa turlari uchun ham xos bo`lgan trofik, himoya, plastik va mexanik (tayanch) vazifalarni bajarib, organizm ichki muhitining doimiyligini (gomeostazni) belgilaydi. Barcha funktsiyalar hujayralar va hujayralararo modda vositasida bajariladi.
Biriktiruvchi to`qima morfologiyasini o`rganish shu to`qimaning kasalliklarini (kollagenozlarni) va turli jarayonlarga bo`lgan javobini (immunologik reaktsiya, yallig`lanish, regeneratsiya) tushunishga yordam beradi.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling