Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi


Download 19.13 Kb.
bet1/6
Sana06.02.2023
Hajmi19.13 Kb.
#1169583
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu “Boks taktikasi umumiy qoidalar” ga o‘rgatish


O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

BOKS, QILICHBOZLIK NAZARIYASI
VA USLUBIYATI KAFEDRASI


Tasdiqlayman”

Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri

Serebryakov Yu.V.__________

___” ___________ 2022 y.

BOKS
fanidan ma’ruza matni



MAVZU: BOKS TAKTIKASI

II BOSQICH


Reja:
1) Umumiy qoidalar
2) Taktik harakatlar
3) Hujum harakatlari

Umumiy qoidalar
Taktika – boks nazariyasi bo‘limi bo‘lib, unda jang olib borish uslubi turli xil bo‘lgan raqiblar bilan olishish shakllari, turlari, uslublari va variantlari o‘rganiladi. Bokschining taktik mahorati jangning to‘g‘ri tashkil qilinishi va uning boshqarilishi bilan belgilanadi.
Bokschining taktik mahorati raqibning kuchli tomonlarini bartaraf etish, uning bo‘sh tomonlaridan foydalanish va shu bilan bir vaqtda individual jang olib borish uslubini qo‘llay bilishida namoyon bo‘ladi. Jangni boshqarish, uni olib borish san’ati jang rejasini amalda qo‘llay olish, unga aniqlik kiritish, zarur hollarda esa jang davomida uni o‘zgartira olishdan iborat. Jangni boshqarish ko‘nikmasi bokschining jangovor tez fikrlashiga, uning irodaviy sifatlariga bog‘liq.
Jang rejasini tuzish bokschining chuqur fikrlash, raqib harakatlarini tahlil qilish va sintezlash qobiliyatiga, shuningdek, texnik-taktik vositalarning egallanganlik darajasiga bog‘liq. Ular qancha turli-tuman bo‘lsa, jangni rejalashtirish variantlari shuncha ko‘p bo‘ladi.
Olishuvni rejalashtirish va uni boshqarish bokschining turli xil jang shakllarini qay darajada mukammal o‘zlashtirib olganligi bilan chambarchas bog‘liq. Jang olib borishning uchta turi mavjud: razvedka, hujumkor va himoya.

Download 19.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling