Bolalar psixologiyasi fanining metodlari. Bola psixikasini o‘rganish prinsiplari. Psixologik tadqiqotni o‘tkazish shakllari


Download 20.58 Kb.
bet1/4
Sana06.02.2023
Hajmi20.58 Kb.
#1171011
  1   2   3   4
Bog'liq
BOLALAR PSIXOLOGIYASI FANINING METODLARI11


MAVZU: BOLALAR PSIXOLOGIYASI FANINING METODLARI
Reja:

  1. Bolalar psixologiyasi fanining metodlari.

  2. Bola psixikasini o‘rganish prinsiplari.

  3. Psixologik tadqiqotni o‘tkazish shakllari

  4. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari




  1. Bolalar psixologiyasi fanining metodlari

Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yo'nalishda kechadi: psixik taraqqiyot manbalari muammosining nazariy hal etilishi va bolalar psixikasini o'rganishning yanada samaraliroq metodlarini qidirish. Psixik taraqqiyot manbalari muammolari nazariy hal etish deganda, ushbu muainmo bilan shug'ulangan asosiy psixologik maktablar va yo'nalishlar vakillarining qarashlari tushuniladi. Bola psixikasini o'rganishning yanada samaiali metodlarini qidirish bolalar psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar haqida aniqroq axborot olishga xizmat qiluvchi metodlami ishlab chiqishni anglatadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarga individual yondoshish uchun ularning individual- psixologik xususiyatlarini, shaxsining o’ziga xosligini bilish, o'rganish zarur. “Agar pedagogika odamni har jihatdan tarbiyalarnoqchi bo'lsa, u oldin o’sha odamni ham har jihatdan bilib olishi kerak” , - deb yozgan edi K.D. Ushinskiy.
Shuning uchun har bir tarbiyachi bolalami ohganish usullari bilan qurollanishi shart. Demak, bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi asoslaritti bilish har bir tarbiyachisi, har bir metodist uchun muhim ahamiyatga ega.
Bolalar psixologiyasining motodlari faqat nazariy, iliniy tadqiqot; ishlari uchungina emas, balki kundahk, amaliy vazifalarni hal qilish uchun ham zarur.

  1. Bola psixikasini o’rganish prinsiplari

Bola psixikasini o'rganishda tadqiqotchi bir qator prinsiplar - qoidalarga tayanishi, ularga rioya etishi lozim bo’ladi. Bu prinsiplar quyidagilardan iborat:
Ob'ektivlik prinsipi tadqiqotchidiin ma'lumotlar bilan ulaming talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan, mahsg’ulot davomida bola oynadan tashqariga qarayotgan edi deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi ma'lumot bo'lib hisoblanadi. Lekin “bola e’tiborsiz” deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning o’zi bilan uning talqinini aralshtirib yubormaslik kerak. Chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga qarab turgan bo’lsa ham, tarbiyachi so’zlaiiga katta e’tibor berayotgan bo’lishi mumkin.
Sababiylik prinsipi bola shaxsi va ongida yangi sifatlami hosil bo'lishii ta’minlochi barcha shart-sharoit va omillami imkon qadar o'rganishni talab qiladi. Masalan, mshg'ulot davomida bola tez-tez oyna tarafga qarayotgan bo’lsa, bu hodisaning iloji boricha ko’proq sabablarini aniqlashga urinish kerak: ko’chadagi biron narsa bola e’tiborini o’ziga tortclimi, mashg’ulotda bola charchab qoldimi. 0’tilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi va hokazo.
Sinchkovlik va muntazarnlik prinsipi bola psixikasi shakllanishi jarayonini, bunda psixolog va pedagoglar ta’sirini sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi. Ushbu prinsipga muvofiq oldindan:

  1. tadqiqot joyi va vaqti aniqlanishi kerak;

  2. tadqiqotda o’rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi lozim;

  3. tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oraliqlarida o'tkazilishini belgilasli zarur. Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chetga chiqmaslik kerak, j'a'ni qandaydir sub’ektiv sabablar bilan shoshilinch xulosalar chiqarmaslik, tadqiqotni bevaqt tugatish hollariga yo’l qo’ymaslik kerak. Aks holda ob’ektivlik prinsipi buzilgan b>o’ladi.


  1. Download 20.58 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling