Buxgalteriya xisobi va audit


Download 0.88 Mb.
Sana18.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1785460
Bog'liq
Банклараро ҳисоб-китоблар ҳисоби


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

“BUXGALTERIYA XISOBI VA AUDIT” FAKULTETI


«BANK HISOBI VA AUDIT » KAFEDRASI
Fan: “BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBI”
ORALIQ NAZORAT

22 Banklararo hisob-kitob hisobi




Bajardi:J.D.Umarkulov
Tekshirdi: Z.A.Umarov


Toshkent-2023
REJA:

  1. Bank hisob-kitob varag’i

  2. Bank hisob-kitob operasiyalari

  3. Hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi

Ushbu mavzu bo'yicha keltirilgan masalalar va o'quv vaziyatlarini yechish O'zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari haqida tushuncha va ularning turlari, mijozning asosiy hisobvarag'ini boshqa bankka o'tkazish, ulaming hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalarni to'xtatish va hisobvaraqlarini yopish tartibi, banklarning vakillik hisobvaraqlari haqida tushuncha, banklararo hisobkitoblarni yuritishda elektron to'lov tizimi (ETT)ni joriy etishning zarurati va ahamiyati, Elektron to'lov tizimi bo'yicha yagona vakillik hisobvarag'i orqali banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi, naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, naqd pulsiz hisob-kitoblarning turi va shakllari, naqd pulsiz hisob-kitob operatsiyalarining hisobini yuritish tartibini o'rganishga yordam beradi.



Bank hisobvarag'i - bank hisobvarag'i shartnomasini tuzish orqali bank mijoz (hisobvaraq egasi) hisobvarag'iga kelib tushgan pul m ablag'larini qabul qilish va kiritib qo'yish, mijozning hisobvarag'idagi tegishli m ablag'lam i o'tkazish va berish hamda hisobvaraq bo'yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish to'g'risidagi topshiriqlarni bajarish vazifasini o 'z zimmasiga olishi natijasida bank va mijoz o'rtasida vujudga keladigan munosabatlarni amalga oshirish vositasidir.
Mijozlar banklarda quyidagi turdagi bank hisobvaraqlarini ochishlari mumkin:
a) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari;
b) jam g'arm a depozit hisobvaraqlari;
d) muddatli depozit hisobvaraqlari;
e) boshqa depozit hisobvaraqlari.
Jamg'arm a depozit hisobvarag'i mijozlarning davriy badallari asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun jam g'ariladigan va shu maqsad uchun yo'nahiriladigan yoxud sliartnomà bekor qilinishi natijasida qa^lariladigan mablag'lar hisobi yuritiladigan hisobvarag’dir.
Muddatli depozit hisobvarag'i “shartnomada qat’iy kelishilgan inuddatga qo'yilgan mijozlarning mablag'lari hisobi ynritiladigan hisobvaraq.
Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag'i - mijozlarning birinchi talabi bilanoq beriladigan yoki o'tkazib beriladigan mablag' laming hisobi yuritiladigan hisobvaraq.
Xo'jalik yurituvchi subyektning davlat ro'yxatidan o'tganidan so'ng birinchi marta milliy valutada ochgan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag'i uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag'i hisoblanadi. Xo'jalik yurituvchi subyekt asosiy ^hisobvarag'ini ochgandan keyin milliy va chet el valutasida ochadigan barcha talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari uning ikkilamchi hisobvaraqlari hisoblanadi. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to'loviar yuridik shaxsning asosiy hisobvarag'idan amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Yuridik va jismoniy shaxslar o'zlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini ko'rsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir yoki bir necha banklarda milliy va chet el valutasidagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, shuningdek, jamg'arma, muddatli, ssuda va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish huquqiga egalar.
O'zbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslarning to'lov hujjatlaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Banklar orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi to'lov hujjatlaridan foydalaniladi:
- memorial order;
- to'lov topshiriqnomasi;
- to'lov talabnomasi;
- inkasso topshiriqnomasi;
- akki'editivga ariza.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar elektron to’lov vositalaridan foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin, bunda ushbu hisobkitoblar qonun hujjatlari va tegishli to’lov tizimi qoidalari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Elektron to’lov vositalari — axborotni o‘z ichiga oigan va toiovchiga to’lovni amalga oshirish, shuningdek toiovchi bilan elektron to’lov vositalarining emitenti oi'tasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan bank kartasi yoki boshqa elektron jism.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli va hisob-kitob hujjatlarining turi mablagiarni tolovchi va mablagiai'ni oluvchi o'rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq belgilanadi. Bank hisobvaragi shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo'yilgan bo'lm asa, bank tegishli to'lov hujjati bankka kelib tushgan kunda m ablag'larni mijozning hisobvarag'iga kirim qilishi yoki mablag'larni uning hisobvarag'idan hisobdan chiqarishi shart. Banklar mijozning topshirig'iga binoan elektron to'lovni tegishli to'lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynida tushgan bo'lsa, amaiga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar to'lov hujjati amaliyot kuni tugaganidan keyin tushsa, banklar elekti'on to'lovni keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart. Banklar "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va teiTorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib turishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli. M ablag'larni oluvchilarning roziligi mavjudligidan qati nazar to'lovlam ing uchinchi shaxslar hisobidan undirilishiga yo'l qo'yilmaydi. Mablag'lar m ablag'larni to'lovchining hisobvarag'idan hisobdan chiqarilgandan so'ng, m ablag'larni oluvchining hisobvarag'iga o'tkaziladi. Mablag'larni to'lovchining hisobvarag'ida unga qo'yilgan talablarni qondirish uchun yetarli miqdorda mablag’lar bo'lm agan taqdirda, mablag'larni hisobdan chiqarish muvofiq amalga oshiriladi.
Memorial order banklar tomonidan foydalaniladigan naqd pulsiz to'lov hujjati bo'lib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi:
“bank xizmatlarini ko‘rsatish bo'yicha hisob-kitoblarda;
- banklarning ichki operatsiyalarida;
- to’lo’v hujjatlari bo'yicha qisman to'lov amalga oshirilganda;
- ko'zda tutilmagan holatlar bo'yicha buxgalteriya o'tkazmalari amalga oshirilganda;
- mijozning qarzdorlik mablag'larini qoplashda, agar ushbu talab bank bilan mijoz o'rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo'yilgan bo'lsa;
- buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda;
- jismoniy shaxslarning (yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo'jaliklaridan tashqari) yozma murojaati bo'yicha mablag’larni naqd pulsiz shaklda o'tkazishni amalga oshirishda, bunda to'lov amalga oshirilgandan so'ng, mazkur murojaat memorial order bilan birga bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig'majildiga tikib qo'yiladi;
“mijozlar bilan tuziladigan shartnomalarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Bank to'lovchi sifatida qatnashganda va buxgaheriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda foydalanadigan memorial ordyerlar bank rahbarining va bosh buxgalteming imzoiari (shu jum ladan elektron raqamli imzoiari) bilan tasdiqlanishi lozim. Boshqa hollarda memorial ordyerlar mazkur operatsiyani amalga oshirgan m as’ul xodimlarning (bek-ofis boshlig'i, yetakchi buxgalter) imzoiari (shu jumladan, elektron raqamli imzoiari) bilan tasdiqlanadi.
To'lov topshiriqnomasi mijozning unga xizmat ko'rsatuvchi bankka o'z hisobvarag'idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag'larni oluvchining hisobvarag'iga o'tkazish to'g'risidagi topshirig'i nazarda tutilgan to'lov hujjatidir.
To'lov topshiriqnomalari bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar), soliqlar va yig'inilar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to'loviar bo'yicha hisob-kitoblar anaalga oshirilishi mumkin. Soliqlar hamda yig'imlarni to'lash uchun to'lov topshiriqnomalari soliq to'lovchilarning O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabineti orqali taqdim etilishi mumkin.
Bank hisobvarag'i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boim asa, to'lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning hisobvarag'ida mablag'Iar mavjud bo'lgandagina qabul qilinadi. Mijozning hisobvarag'ida m ablag' bo'lishi yoki bo'Iniasligidan qat’i nazar, mijozning soliqlar va yig'im lar bo'yicha taqdim etgan to'lov topshiriqnomalari bank tomonidan ijro uchun qabul qilinadi.
M ijozning hisobvarag'ida yetarh mablag' bo'lm agan taqdirda, bank tomonidan mijozning soliqlar va yig'im lar bilan bog'liq to'lov topshiriqnomalari 2-son kartotekada hisobga olinadi va m ablag'lam ing yetarli bo'lgan qisnii doirasida qisman to'lov amalga oshiriladi, bunda to'lov topshiriqnomasining orqa tomonida qisman to'lov amalga oshirilgan sana, to'langan summa va qoldiq ko'rsatiladi hamda imzo qo'yiladi. To'lov topshiriqnomasidagi summaning qolgan qismi m ablag'lam ing kelib tushishiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to'lanadi.
Bankning m as’ul buxgalter xodimi to'lov topshirqinomani tegishli nazoratdan o'tkazadi, bunda asosiy e ’tibor topshiriqnomaning rekvizitlari to'g'ri va to'liq to'ldirilganligi, mijozning hisobvarag'ida mablag’larning yetarligiga e ’tibor qaratiladi, uning birinchi nusxasi (bankning kunlik buxgalteriya yig'm ajildiga tikiladi)ga asosan, quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi. Masalan, Davlat korxonasidan tovarlar uchun xususiy korxonaga o'tkazish bo'yicha to'lov topshiriqnomasi qabul qilinganda quyidagi buxgaheriya yozuvi beriladi;
Debet; 20210-"Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari” hisobraqami;
Kredit; 20208-"Xususiy korxonalar, xo'jalik shirkatlari va jam iyatlam ing talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari” hisobraqami.
To'lov talabnomasi m ablag'lam i to'lovchining hisobvai-ag'idan unda ko'rsatilgan summani to'lash to'g'risidagi mablag'lami oluvchining talabi nazarda tutilgan to'lov hujjati hisoblanadi. To'lov talabnomasi faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag'iga taqdim etilishi mumkin. To'lov talabnomasi tovarlar (ishlar, xizmatiar), shuningdek m ablag'lam i oluvchi hamda to'lovchi o'rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa to'lovlar bo'yicha taqdim etilishi mumkin.
To’lov talabnomalari quyidagi turlarga boiinadi:
- akseptli to‘lov talabnomasi, unga muvofiq to io v talabnotnasida nazarda tutilgan toiovlar – mablag’larni toiovchi tomonidan akseptlanganidan keyin amalga oshiriladi;
ptlanganidan keyin amalga oshiriladi; - akseptsiz to’lov talabnomasi, unga muvofiq to io v talabnomasida nazarda tutilgan to’lovlar mablagiarni tolovchining roziligi bolishi yoki bolmasligidan qat’i nazar amalga oshiriladi. To’lov talabnomalari qog‘oz shaklda yoki Tizim orqali elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. Tovar yetkazib beruvchi to io v talabnomasining “To’lov maqsadi” grafasida;
- shartnoma turi, sanasi va tartib raqami;
- tovarni jo ‘natish (topshirish) sanasi va tovar-transport yoki qabul qilish topshirish hujjatlari raqami hamda transport turi, tovarlar pochta aloqasi orqali joiiatilganda pochta kvitansiyalarining raqami;
qasi orqali joiiatilganda pochta kvitansiyalarining raqami; - tovarlar sotib oluvchining transport vositasi bilan olib kedlganda “__-son ishonch xati asosida sotib oluvchining transport vositasi bilan olib chiqib ketilgan” degan yozuv ko'rsatiladi.
Inkasso topshiriqnomasi unda ko'rsatilgan mablag'larni to'lovchining banki hisobvarag'idan so'zsiz ravishda hisobdan chiqarish bo'yicha mablag'larni oluvchining topshirig'i nazarda tutilgan to'lov hujjati. Inkasso topshiriqnomasi mablag'larni to'lovchining faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag'iga taqdim etilishi mumkin. Quyidagilar inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega:

  1. davlat soliq xizmati organlari — o'z muddatida to'lanmagan budjet tizimiga o'tkaziladigan soliqlar va yig'imlarni undirish to'g'risida;

  2. bojxona organlari — o 'z muddatida to'lanmagan bojxona to'lovlarini undirish to'g'risida;

  3. d) davlat ijrochilari va undiruvchilar:

- ijro hujjatlari bo'yicha pul mablag'larini undirish to'g'risida;
- O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan iste’molchilar — yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobvaraqlariga yetkazib berilgan energiya resurslari hamda qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib chiqish xizmati bo'yicha qarzdorlikni undirish to'g'risida;
e) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi — O‘zbekiston Respublikasining berilgan davlat kafolatlari bilan amalga oshirilgan to‘lovlar va ular bilan bog‘liq xarajatlar summasini qarz oluvchidan undirish hamda budjet ssudasi yoki kredit liniyasi, shu jum ladan foizlarni qaytarish to‘g ‘risida;
f) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jam g‘armasi (bundan buyon matnda Jam g'arm a deb yuritiladi) — Jam g‘arma mablag’lari hisobidan tijorat agentlariga (“0 ‘zpaxtasanoaf’ AJ, “ 0 ‘zdonmahsulot” AJ, “O‘zagrolizing” AJ, “O‘zmashlizing” MChJ) ajratilgan maqsadli mablag'larni qaytarish bo'yicha majburiyatlar tijorat agentlari tomonidan bajarilmagan taqdirda, ularning bank hisobvaraqlariga.
Akkreditivga ariza mablag'larni to'lovchi tomonidan shartnomada ko'rsatilgan summani oluvchining akkreditiv bo'yicha hisob-kitoblar uchun ochilgan bank hisobvarag'iga o'tkazishida qo'llaniladigan to'lov hujjatidir. Akkreditiv bo'yicha hisob-kitob qilinganida to'lovchining topshirig'i bilan va uning ko'rsatm alariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bank-eniitent), mablag'larni oluvchi yoki u ko'rsatgan shaxs hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda to'lovni amalga oshirish majburiyatini oladi.
Akkredetiv bo'yicha xalqaro hisob-kitoblarda chet el banklari ishtirok etganda, ushbu operatsiyalar Xalqaro savdo palatasining standartlari asosida amalga oshiriladi.
Akkreditiv qoplangan (deponentlangan) va qoplanmagan bo‘lishi mumkin. Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda niablag‘larni to‘lovchining banki uni ochish vaqtida mijozning mablag‘larini yoki unga berilgan kreditni to'lovchining banki majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga mablag’larni oluvchining banki ixtiyoriga o'tkazadi. Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda mablag'larni to'lovchining banki mablag'larni oluvchining bankiga akkreditivning butun summasini to'lovchining bankiga mablag'larni oluvchining bankida yuritilayotgan hisobvarag'idan o'chirish huquqini beradi.
Akkreditivlar banklar tomonidan 1-son kartotekada va "Mijozlarning akkreditivlar bo'yicha depozitlari” 22602 balans hisobvarag'ida hisobga olinadi. Mablag’larni oluvchi uchun unga xizmat ko'rsatuvchi bankda akkreditivlar bo'yicha alohida depozit hisobvaraqlari ochiladi.
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar o'zgartirish kiritish tartibiga ko'ra chaqirib olinadigan va chaqirib ohnmaydigan tiirlarga bo'linadi. Akkreditivda uning chaqirib olinmasligi nazarda tutilmagan bo'lsa, bunday akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv hisoblanadi.
Shunday qilib, banklarda hisob-kitob operatsiyalarini tashkil qilish, hisobini yuritish tartibi va unga quyilgan talablar O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi (2019-yil 11-noyabr), “Banklar va bank faoliyati to 'g ‘risida”gi qonunlari (2019-yil 5-noyabr), “To'lovlar va to'lov tizimlari to'g'risida” (2019 yil 11-noyabr) va “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g'risida”gi (2005-yil 16-noyabr) qonunlari hamda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining quyidagi tegishli m’yoriy hujjatlarida belgilangan:
- O'zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to'g'risida yo'riqnoma. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009-yil 27-aprelda 1948-son bilan ro'yxatga olingan. (AV 1948-13, 10.10.2017-y.);
- Markaziy bankning banklararo to'lov tizimi orqali elektron to'lovlarni amalga oshirish tartibi to'g'risida nizom. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 14-fevralda 1545-son (AV ro'yxat raqami 1545-l-son, 26.10.2016-y.) bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan;
- O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi to'g'risidagi nizom. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 4-aprelda 2570-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan;
- O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risidagi nizom. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 13-aprelda 3229-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan;
- Xo'jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag'larini hisobdan chiqarish tartibi to'g'risidagi yo'riqnoma. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 15-martda 2342-son (AV ro'y.xat raqami 2342-7-son, 29.09.2017-y.) bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan va hokazo.
- O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqariHshi va muomalada bo‘hshi qoidalari to‘g‘risidagi nizom. 0 ‘zbekiston Respubhkasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 3-aprelda 3294 -son bilan davlat ro‘yxatidan o’tkazilgan.
Talabalar masala va o‘quv vaziyatlarini yechishda tegishli yo‘riqnomalar va hujjatlar shaklidan foydalanishlari lozim. Yetishmayotgan »rekvizitlar shartli ko'rsatkichlar bilan to'ldirilishi kerak.




Naqd pulsiz hisob-kitoblarning har birida alohida shakldagi xujjatlar ishlatiladi. Hisob-kitob nomi hujjat nomi bilan belgilanadi. Har bir hisob-kitob hujjatlari belgilangan me’yorlarga javob berishi lozim. Bu xujjatlarning har biri o’z ichiga qo’yidagi rekvizitlarni olishi lozim: -
hisob-kitob hujjatining nomeri;
- hujjat yozib berilgan sana;
- to’lovchining nomi;
- hisobvaraq nomeri;
- soliq to’lovchining identifikatsiya kodi (chek va akkreditivlarda ko’rsatilmaydi);
- to’lovchi bankning nomi;
- to’lovchi bankning kodi;
- mablag’larni oluvchining nomi;
- mablag’larni oluvchining hisobvaraq nomeri;
- mablag’ oluvchi bankning nomi;
- mablag’ oluvchi bankning kodi;
- to’lovning summasi raqam va yozuvda ko’rsatilishi lozim;
- to’lovning maqsadi(cheklarda ko’rsatilmaydi);
Tijorat banklarining hisob-kitob cheklarida qo’shimcha ravishda quyidagilar yoziladi :
- hisob-kitob chekining seriya va nomeri;
- jismoniy shaxs pasportining seriyasi va nomeri;
- chekning amal qilish muddati;
Akkreditiv ochish uchun taqdim etilgan ariza qo’shimcha ravishda quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:
- akkreditivning amal qilish muddati (akkreditiv yopilaetgan sana va oy)
- akkreditiv ochilayotgan shartnoma nomeri;
- buyurtma raqami;
- buyurtma sanasi;
- akkreditiv qaysi mahsulotlarni yuklab jo’natish va xizmat ko’rsatish uchun ochilganligi;
- akkreditivning turi (u haqida kerakli ma’lumotlarni ko’rsatish bilan);
- qo’shimcha majburiyatlar;
Banklar va mijozlarning ishiga xalal bermaydigan tarzda to’lovchi va mablag’larni oluvchining nomini ratsional darajada qisqartirish mumkin.
Xo’jalik sub’ektlari sotilgan mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlar uchun qo’shimcha qiymat solig’i hisoblansa, hisob-kitob xujjatlarini rasmiylashtirishda qo’shimcha qiymat solig’i summasi alohida qatorda ko’rsatiladi. Qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilingan tovarlar, ko’rsatilgan ish va xizmatlar uchun hisoblashishda rasmiylashtirilgan to’lov xujjatlarida qo’shilgan qiymat solig’isiz (bez NDS) so’zi yoziladi yoki shu yozuv yozilgan shtapm qo’yiladi.
To’lov topshiriqnomalari texnik vositalardan foydalangan holda bir martaning o’zida nusxa ko’chirish yoki birinchi nusxani hisob-kitobda 27 qatnashuvchi barcha tomonlar va bank uchun etarli bo’lgan nusxalar sonida ko’paytirish yo’li bilan yozib beriladi. Cheklar siyoh va sharikli ruchkalarda qo’lda yoki texnik vositalardan foydalangan holda yozib beriladi.
Hisob-kitob hujjatlariga qo’lda o’zgartirish kiritish, bo’yash va tozalashga yo’l qo’yilmaydi.
Hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan hisob-kitob, pul operatsiyalarini bajarish uchun qabul qilinadi:
1. Yuridik shaxslar birinchi nusxada hisob-kitob xujjati tayerlanishi shartidan qat’iy nazar imzo qo’yish huquqiga ega bo’lgan mansabdor shasxlarning imzosi va korxona muhrining izi mavjud bo’lishi;
2. Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmay faoliyat ko’rsatayotgan oilaviy va yakka tartibdagi ijarachilar va tadbirkorlar tomonidan bajariladigan operatsiyalari bo’yicha hisob-kitob hujjatlari ularda imzo mavjud bo’lgan holda bajarish uchun qabul qilinadi.
Hisob-kitoblar hujjatini yozib berayotgan korxona muhrining izi va imzolar xujjatning asl nusxasiga qo’yiladi.
Korxonalardan hujjatlarni qabul qilishg shartnomada boshqasi ko’zda tutilmagan bo’lsa, butun kun davomida bankning mijoz bilan ishlash vaqtidan kelib chiqqan holda bajarish uchun qabul qilinadi.
To’lovchining hisobvarag’idagi mablag’larni initsiator-bankda hisobdan chiqarish faqat hisob-kitob xujjatlarining birinchi nusxasi yoki Bank-Mijoz tizimidan foydalanuvchilar tomonidan elektron to’lov xujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Mijozlarning hisobvaraqlariga kirim qilinayotgan mablag’lar banklarda dasturiy yo’l bilan elektron to’lov hujjatlari va hisob-kitob chekining asl nusxasi asosida amalga oshiriladi. Bank-Mijoz tizimidan foydalanuvchi banklar rasmiylash-tirilgan elektron to’lov hujjatlarini mijozning hisobvarag’iga mablag’lar qo’shib yozilgandan yoki o’chirilgandan keyin tegishli pochta qutisiga joylashtiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Z.A. UMAROV, K. N. DJURAYEV, F.T. ABDUVAXIDOV

  2. https://unilibrary.uz/literature/43036

  3. www.google.com

  4. www.yandex.ru//unilibrary.uz/literature/43036

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling