Buxoro shahar ABKM
direktori S.Komilovga
Markaz sho`’ba mudiri
H.Yoshuzoqov tomonidan
Bildirishnoma
Ushbu bildirishnomani yozib ma’lum qilamanki, Buxoro shahar “Beruniy Academy Bukhara” MChJ tomonidan tashkil etilgan o`quv kurslariga Buxoro shahar ABKMda ish qidiruvchi sifatida ro`yxatga olingan 56 nafar fuqarolar yo`naltirilgan hamda tinglovchilarning o`quv xarajatlari Bandlikka ko`maklshish markazi tomonidan moliyalashtirilgan.
O`quv kursini tugatib sertifikat olgan tinglovchilarning atigi 14 tasi (25 foiz) “Bandlik xizmati” ATda bandligi ta’minlanganligi aniqlandi.
Bandligi ta`minlanmagan 42 nafar tinglovchilar bilan olib borilgan suhbat davomida, 4 tasi bola parvarishi bilan band ekanligi, 7 tasi norasmiy band ekanligi shuningdek qolgan barcha tinglovchilar ishga joylashish istagi borligini ma’lum qilgan.
“Beruniy Academy Bukhara” MChJ tomonidan Buxoro shahrida joylashgan klinikalar bilan o`quv amaliyotlarini o`tkazish hamda ishga qabul qilish bo`yicha kelishuv mavjudligiga qaramasdan bitiruvchilarning bandligini ta`minlash holati pastligicha qolmoqda.
Markaz sho`’ba mudiri H.Yoshuzoqov
Do'stlaringiz bilan baham: |