Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi


Download 0.78 Mb.
bet1/5
Sana18.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1030625
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Salohiddin

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Shior








Buyuk Britaniya va Shimoliy
Irlandiya Birlashgan Qirolligi
United Kingdom of Great Britain and Nothern Ireland

Bayroq
Gerb

Shior: Dieu et mon droit
(Fransuzcha: Xudo va mening huquqim)

Maydoni: 243,8 ming km2
Aholisi (2020):
67,2 mln
Buyuk Britaniya, Britaniya, (inglizcha: Great Britain) yoki Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (inglizcha: United Kingdom of Great Britain and
Northern Ireland) — Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan.
G ʻarbdan Atlantika okeani, sharqdan Shimoliy dengiz oʻrab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan koʻpincha Angliya deb ataladi. Poytaxti — London shahri. Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil boʻlgan 4 maʼmuriy siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya) dan iborat. Men va Normand orollari mustaqil maʼmuriy hudud hisoblanadi.
B uyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Yevropaning shimoli-g‘arbidagi Britaniya orollarida joylashgan. Birlashgan Qirollik hududining asosiy qismi Buyuk Britaniya oroli va Irlandiya orolining shimoli-sharqidan iborat. Shuningdek, mamlakat tarkibiga bir nechta maydaroq orollar ham kiradi. Birlashgan Qirollik qirg‘oqlari Shimoliy dengiz, Irlandiya dengizi hamda Atlantika okeani suvlari bilan yuviladi. La Mansh bo‘g‘izi Buyuk Britaniyani Fransiyaning shimoli-g‘arbiy qirg‘og‘idan ajratib turadi.
Quruqlikda faqat Irlandiya bilan chegaradosh.
H ozirgi vaqtda Buyuk Britaniyaning 15 taga yaqin dengizorti hududlari, ya’ni mustamlakalari bor. Ularning katta qismi Karib dengizidagi orollarda joylashgan. Yevropa qit’asidagi yagona mustamlaka hudud — Gibraltar ham Birlashgan Qirollikning dengizorti hududi hisoblanadi. Ammo rasman hech qaysi dengizorti hudud Birlashgan Qirollik tarkibiga kirmaydi.
Boshqaruv shakli — konstitutsion monarxiya. Buyuk Britaniya monarxi (qirol yoki qirolicha) ayni paytda rasmiy ravishda Britaniya Hamdo‘stligi Qirolliklari hisoblangan 14 ta mustaqil davlat, shu jumladan, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyaning rahbari hisoblanadi.
S iyosiy-hududiy jihatdan Birlashgan Qirollik 4 ta o‘lka (mamlakat) — Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyadan iborat Angliyadan boshqa 3 ta o‘lka qisman muxtoriyatga ega. Buyuk Britaniyaning poytaxti — London shahri mamlakatning janubi-sharqida, Temza daryosining dengizga quyilish joyi yaqinida joylashgan.






B uyuk Britaniya konstitutsion monarxiya. Davlat boshligʻi qirol (qirolicha). Mamlakatning konstitutsiyasi yoʻq. 1215yilgi Ulugʻ Erkinliklar partiyasi, 1679-yilgi Xabeas korpus akti, 1931-yilgi Vestminster statuta, 1969-yilgi Xalq vakilligi toʻgʻrisidagi akt va boshqa eng muhim parlament hujjatlari hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol (qirolicha) va parlament (u ikki palatadan iborat: Lordlar palatasi va Jamoalar palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat (vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi. Bosh vazirni qirol (qirolicha) tayinlaydi. Hukumat aʼzolari parlament aʼzolaridan boʻlishi kerak. Buyuk Britaniya tarkibidagi Angliya, Uels va Shotlandiya oʻzining sud tizimiga, mahalliy boshqaruv organlariga ega. Shimoliy Irlandiya maʼmuriy muxtoriyat huquqiga ega boʻlib, uni qirol (qirolicha) tayinlagan gubernator boshqaradi. Buyuk Britaniya oʻtmishda Britaniya imperiyasi tarkibida boʻlgan mamlakat va hududlarni birlashtiruvchi Hamdoʻstlikka
Birlashgan Qirollikning yer yuzasi asosan pasttekislik. Angliyaning shimoli-gʻarbi tog’likdan,

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling