Dars maqsadi: Ta’limiy maqsad


Download 201.08 Kb.
bet1/3
Sana14.08.2020
Hajmi201.08 Kb.
#126290
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqillik darsi DARS ISHLANMA - @Ziyolilarga 11078


Mustaqillik darsi. Vodiylarni yayov kezganda…

Mavzu: Mustaqillik  darsi. Vodiylarni   yayov  kezganda…  {8-9-sinflar   uchun} 

     Dars  maqsadi:

     Ta’limiy maqsad:  O’zbekiston   va uning   go’zal   go’shalari; oqila insonlari; kelajagi  porloq  yoshlari  haqida     suhbat.

     Tarbiyaviy maqsad:  O’quvchilarni  O’zbekistonning tabiati, turli-tuman ranglardagi  jilosiga  va  baxtli turmushiga  qaratish,  shuningdek, ularda mehnatsevarlik, xushmuomalalik, kamtarlik,mardlik kabi fazilatlarni kamol toptirish;vatanparvarlik   ruhida  tarbiyalash.

     Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning go’zallikni sevish  va  his qilish; mustaqil  fikrlash  ko’nikmalarini  shakllantirish.

     Dars turi:  yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi  dars.

     Dars uslubi:”Galeriya”,”Kimning  she’ri?”,”Bir  savolga besh javob”,“KZIX “.

     Dars jihozi: O’zbekiston surati,rasmlar,test,DVD, kompyuter, internet  yangi- liklari,rag’bat  kartochkalari…

     Fanlararo bog’lanish:Milliy istiqlol g’oyasi, tarix, geografiya, musiqa…

    Darsning   shiori: ”Yagonasan,muqaddas,Vatanim,sevgi va   sadoqatim  senga   baxshida,   go’zal   O’zbekistonim!”

     Darsning   borishi:

    Tashkiliy qism:

                 1.Salomlashish

                 2.Davomatni  aniqlash

                 3.Siyosiy   va  ma’naviy   daqiqa   tashkil  etish.

    Darsning   borishi:



     Sinf    bayram  kayfiyatini    aks ettiruvchi bezaklar, shunigdek, O’zbekistonimiz  vodiylarini  aks  ettiruvchi  rangli  suratlar  bilan    bezatiladi.

 

  Dars  muqaddimasida  o’quvchilar    2  guruhga   ajratilib, “taqdimot”   jadvali   beriladi.



1-taqdimot

“Mening   galeriyam” tanlovi

2-taqdimot

”Kimning   she’ri?” usuli 

3-taqdimot

“Bir  savolga  besh   javob” loyihasi

4-taqdimot

“KZIX”  mashg’uloti

To’plagan  ball

 

    Yangi  mavzu  bayoni:

   Kirish   so’z. Shukronalik…”Yagonasan,  muqaddas, Vatanim, sevgi va   sadoqatim  senga   baxshida,   go’zal   O’zbekistonim!”  degan  ezgu   g’oyani   o’zida  mujassam  etgan  O’zbekiston   mustaqilligining   23  yillik  tantanasi  ufurib turgan  kunlarda  istiqlol   bebaho   ne’mat  ekanligi,ota-bobolarimizning   asriy  orzusi    ro’yobga  chiqqani,hozirda  shahar  va qishloqlarimizning  qiyofasi   go’zal   tus  olgani,asosiysi,  zamondoshlarimiz   ma’naviy    hayotida   yangilanish,  yasharish   davri boshlanganiga ”shukronalik”keltirmoq  lozim.

   Ma’lumki,  Istiqlolning   birinchi   kunlaridanoq  respublikamizda  yosh  avlod  tarbiyasiga  alohida  e’tibor  qaratildi.Bugun   mamlakatimiz  ta’lim   tizimida   olib borilayotgan   islohatlarning  dunyoning    rivojlangan  davlatlari  tomonidan e’tirof   etishi,ayniqsa, davlatimiz  rahbari  tomonidan  amalga oshirilayotgan  ishlar naqadar  to’g’ri   ekanligiga  “shukronalik”  keltirmoq  darkor.

    Kelajagi   porloq yoshlarimiz  zamonaviy   o’quv  kompyuter  sinflarida   tahsil    olayotganliklariga “shukronalik” ruhida  voyaga  yetsalar,Alloh   bizga  Ozbekiston  deb  atalmish jannatmakon  yurtni  Vatan  qilib bergan ekan  deya yana  bir  bor  ”shukronalik”  keltirmoq  kerak.



    Musiqa… Kompyuter  videoproyektori yordamida  ”O’zbekiston”  she’ridan  slayd   namoyish  etiladi.


Ko’z    oldimizda   chaman-chaman    gullarga  burkangan vodiy, viqorli tog’lar,undan  osmonga  tutashib  ketgan   bepoyon  kenglik    jonlanadi.Butun    vujudimizga   sof   havo kirib,dilimiz   yorug’lik   va  shodlikka  to’ladi.Ko’m-ko’k   maysalarga    burkangan    vodiylar    go’yo  chor  atrofga  gilam   yoygandek   taassurot   beradi. Xullas   Vatanni   suyib ardoqlashga    da’vat  etadi.


Download 201.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling