Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars metodi: “fsmu”, “test”, “krassvord”. Dars jihozi


Download 1.07 Mb.
Sana14.05.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1461783
Bog'liq
IO\'M

UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMDA INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI BO’YICHA MA’RUZA MASHG’ULOTLARI UCHUN DIDAKTIK MATERIALLAR TAYYORLASH.

DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI:


Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: “FSMU”, “TEST”, “KRASSVORD”.
Dars jihozi: Ma’ruza matni, Tarqatma materiallar, Proektor, Kompyuterlar.
1. Tashkiliy qism-5min.
2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash-15 min.
3. Yangi mavzu bayoni – 35 min.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash- 20 min
5. Guruhni baholash- 2 min.
Uyga vazifa – 3 min.

Uzluksiz ta’lim tizimi.

Uzluksiz ta‘lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta‘lim standartlari asosida, turli darajadagi ta‘lim dasturlarining izchilligi asosida ta‘minlanadi va quyidagi turla-rini o‘z ichiga oladi: Maktabgacha ta‘lim; Umumiy o‘rta ta‘lim; O‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi; Oliy ta‘lim; Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim; Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; Maktabdan tashqari ta‘lim; 

Informatika.

„Informatika“ atamasi 1960-yillarda Fransiyada yuzaga kelgan boʻlib, information va automatique degan soʻz-larning birlashmasidan kelib chiqqan. Bu atama maʼlumotni avtomatik ravishda qayta ishlashni oʻrganuvchi sohani nomlash uchun oʻylab topilgan.

Axborot texnologiyalari.

Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.

Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.

Didaktik materiallar.

Didaktik materiallar to‘plami (DMT)  -biror mavzu yoki muammoni ko‘rsatmali (yozma yoki chizma) uslubda har bir ta’lim oluvchiga mos holda yetkazib beradigan ko‘p nus-xadagi materiallardir.

DMT ga plakatlar, stendlar, chizmalar, jad-vallar, testlar, texnologik va xavfsizlik, operat-sion xaritalar, yo‘lyo‘riqlar, kartochkalar, nazorat ishlari, biletlari va boshqalar kiradi.

Ko‘rgazmalilikni ta’minlash, turli xil didaktik materiallardan foydalanish, darsda bajaradigan ishlarning 1,5-2 barobar oshirish imkonini beradi. O‘quvchilar uchun iqtidor va qobiliyatni yanada o‘stirish, mustaqil izlanish ko‘nikmalarini shakllantirish, chuqur bilim olish istiqbolini rivojlantirish, bilim sifatini oshirish; fikrlashning yangi usullarini shakllantirish uchun sharoit yaratadi.

Ko‘rgazmalilikni ta’minlash, turli xil didaktik materiallardan foydalanish, darsda bajaradigan ishlarning 1,5-2 barobar oshirish imkonini beradi. O‘quvchilar uchun iqtidor va qobiliyatni yanada o‘stirish, mustaqil izlanish ko‘nikmalarini shakllantirish, chuqur bilim olish istiqbolini rivojlantirish, bilim sifatini oshirish; fikrlashning yangi usullarini shakllantirish uchun sharoit yaratadi.

Oʻquv jarayonini AKT yordamida ko‘rgazmali tashkil qilishda uchta asosiy vazifani bajarish lozim:

Oʻquv jarayonini AKT yordamida ko‘rgazmali tashkil qilishda uchta asosiy vazifani bajarish lozim:

-ko‘rgazmali qurol asosida o‘rganilayotgan narsa yoki hodisaning original obrazini yaratish;

-ko‘rgazmali qurolning o‘zi oʻquvchilarning muayyan maqsad bilan kuzatishini tashkil etish;

-nazariy bogʻliqlik va mazmuniga mos tushunchalarni hosil qilish yoki o‘quv vazifalarini bajarish jarayonida obrazdan mohirona foydalanib, uning mazmunini ifodalovchi harakat kiritish va tushuntirish.

FSMU texnologiyasi.

(F) – Fikringizni bayon eting.

(S) – Fikringiz bayoniga biron sabab ko`rsating.

(M) – Ko`rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring

(U) – Fikringizni umumlashtiring

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling