Darsning maqsadi: Yer osti suvlarining asosiy xususiyatlari, tarkibiy qismlari, ishlab chiqarish taraqqiyotidagi o’rni haqida bilim berish. Darsning vazifasi


Download 0.89 Mb.
Sana30.09.2020
Hajmi0.89 Mb.
#131886
Bog'liq
yer osti suvlari 5-sinf


Geografiya fanidan Yer osti suvlari

mavzusidagi dars ishlanmasi.

5-sinf


O’qituvchi: Abdullayeva G.R

Mavzu: Yer osti suvlari.



Darsning maqsadi:

Yer osti suvlarining asosiy xususiyatlari, tarkibiy qismlari, ishlab chiqarish taraqqiyotidagi o’rni haqida bilim berish.



Darsning vazifasi:

O’quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog’lay olishini, ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirish. Tabiatga mehr uyg’otish.



Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

Mustaqil ishlash va u orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o’rgatish, fanga qizig’ishni orttirish.



Dars o’tish usullari:

“Aqliy hujum”, “Interfaol” .



Dars jihozlari:

Globus, mavzuga oid rasmlar, atlas, xarita.



Atama va tushuncha:

Qatlamlar orasidagi suv, artesian quduq, grunt suvlari, buloqlar.



Dars rejasi:

Tashkiliy bosqich 3daqiqa

Nazorat bosqichi 12 daqiqa

Yangi mavzu bayoni 15 daqiqa

Mustahkamlash 10 daqiqa

Uyga vazifa 5 daqiqa

O’quvchilar guruhlarga bo’lib o’tqaziladi.Uyga vazifa so’rab baholanadi va

yangi mavzu tushuntiriladi.

Yer po’sti yuza qismidagi tog’ jinslarning g’ovak, bo’shliq va yoriqlaridagi

suvlar yer osti suvlari deyiladi. Suvning yerga tez yoki sekin shimilishi tog’

jinslarning g’ovaklik darajasiga bog’liq. Masalan: shag’al,qum suvni yaxshi

o’tkazadi.Shuning uchun shag’al, yirik qum, qum suvni o’tkazuvchi jinslar

deyiladi.Granit, ohaktosh, qumtosh, gil singari jinslar suvni yahshi

o’tkazmaydi. Shunga ko’ra ular suvni o’tkazmaydigan jinslar deb ataladi.

G’ovakliklarda suv bo’lgan qatlamlar suvli qatlamlar deyiladi.Ikkita suv

o’tkazmaydigan qatlam orasida joylashgan suvli qatlam suvi qatlamlar

orasidagi suv deyiladi.

Agar tog’ jinslari qatlamlari tovoq shaklida bo’lsa, yer osti suvlari bosimli

bo’ladi. Bunday joylarda burg’ qudug’idan suv favvora hosil qilib, otilib

chiqadi.Bunday quduqlar artesian quduqlar deyiladi.

Yer yuzasidagi g’ovak jinslar orasidagi suvlar gurunt suvi deb ataladi.Grunt

Suvlari sathi qish va bahorda qor erib, yomg’ir ko’p yog’ib turganligi sababli

yuqori bo’ladi.

O’quvchilar o’zlari bilgan ma’lumotlarni ,qo’shimchalarni ham bayon

qilishadi.Test topshiriqlari beriladi.

O’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanadi.



Uy vazifasi: Mavzuni o’qish,mineral suvlar ro’yxatini tuzish.

Artezian suvlari.



Buloq suvi.
Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling