Dastakli otda mashqlar


Download 29.65 Kb.
bet1/8
Sana30.04.2023
Hajmi29.65 Kb.
#1402518
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dastakli


Dastakli otda mashqlar
Dastakli otda mashqlar siltanishlar, siltanib o‘tishlar va bir yoki ikki oyoqda aylanalardan tashkil topgan. Siltanib o‘tish va aylanalar burilishlar bilan va burilishlarsiz, 
dastaklarga, tanaga va bir vaqtning o'zida dastakda va tanada tayan- 
ishda bajarilishi mumkin.
Siltanishlar - bu qachonki oyoqlar yonga harakatlanayotgan vaqt- 
da tana va oyoqlar ot orqali o‘tmaydigan va oxirgi holatga yetib bor- 
gailda orqaga qaytadigan harakatdir.
Siltanib o‘tish — bu oyoq yoki oyoqlarni ot orqali o‘tkazish bilan 
(siltanib о ‘tishlar) qaytadigan harakatdir.
( ,
masdan va to'xtatmasdan ikki ketma-ket siltanib o'tishrii bajarish- 
dagi harakatidir, masalan: oldida tayanishdan chapga aylana hamda 
chapga oldinga siltanib o‘tish va o‘ngga orqaga siltanib o‘tish.
Alohida elementlar va bogiamlarni ijro texnikasini qo'rib chiqil- 
ganda harakatning ikki asosiy tavsifini -^ siltanish va aylana ajratish 
lozim.

Siltanish harakatlarining o‘ziga xOs hususiyati ularni mayatniksi- 


monligi hisoblanadi. Siltanish harakatlarida tos oldinda tayanishda 
ahamiyatsiz bukilish tufayli katta bo‘lmagan og‘ishlarga ega bo‘lib, 
faqat yagona vertikal yuzada harakatlanadi.
Aylanma harakatlaming o‘ziga xos hususiyati oldida tayanishda 
oyoqlar orqaga siltanib o'tgandan keyin otdan orqaga ajralganda 
ko‘tarilib, orqada tayanishda oldinga siltanib o'tishdan so‘ng oldin­
ga harakatlanuvchi tosning aylanma harakati hisoblanadi. Siltanib 
o‘tishlar kabi aylanalar siltanish va aylanma harakatlar bilan baja- 
riladi, shuning uchun kombinatsiyada elementni bajarilish texnikasi 
keyingisiga, undan keyin boshqa element tavsifiga bog‘liq.

Otda mashqlar to'xtashlarsiz bajarilishi kerak. Bunday majburiy 


shart oqibatida har bir elementni statik holatda emas, balki bajarish 
uchun oldinga element dastlabki holat hisoblangan boshqa element 
bilan bog‘langan harakat kabi ko‘rish kerak.
Otda mashqlarni yelka bo‘g‘imlaridan “qulamasdan” bajarish 
lozim. Bu “qulash” tosni tushib ketishiga olib keladi, bu esa o‘z nav- 
batida, nafaqat murakkab mashqlarda, balki sodda siltanib o‘tishlarda 
ham halal beradi va harakatni to ‘xtatib qo‘yadi.
Tayanishda siltanib o'tishni bajarish uchun depsinishda ko‘z 
ilg‘amas bukilishlarga yo‘l qo‘yib, qo‘llar doim to£g‘ri ushlanadi. 
Ularni ortiqcha siltanishlarsiz, qisqa yo‘l bo‘yicha o'tkazib qo‘yish 
lozim. Siltanib o‘tishdan so‘ng muvozanatni ishonchli ushlash va bu 
bilan kelgusi elementni bajarish uchun mustahkam tayanch yaratib, 
qoilam i iloji boricha tezroq yana tayanishga qo‘yish kerak.
Otda mashqlarda eng asosiysi, ayniqsa tana og'irligini bir qo‘Idan 
boshqasiga o'tkazishda muvozanatni saqlash hisoblanadi. Mashq 
ohista, keskin harakatlarsiz, bajarilayotgan mashq tavsifiga mos 
ma’lum ritmda bajarilishi kerak. Siltanish harakatlari ritmi aylanma 
harakatlar ritmidan farq qilishi mumkin.
Oyoqlar doim uchlari tortilgan to‘g‘ri bo‘lishi shart. Mashqni 
bajarishda, o‘z harakatlarini nazorat qilib, ikkala oyoqlami o ‘zaro 
ishini doim kuzatib borish maqsadga muvofiq. Ularning harakat am- 
plitudasi xilma-xil bo‘lishi mumkin, biroq bir oyoq ishlab, ikkinchisi 
esa passiv va vertikal osilib turishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Otda mashq bajarishda oyoqlarni tegib ketishi mumkin emas. 
Faqat oldidan tayanishda otga sonlaming oldingi yuzasi bilan tegish 
mumkin, shunda ham bu tegish yengil, sirg‘anuvchan, ot tanasiga 
urilishlarsiz bo‘lishi kerak.
Otda mashqlar ko‘ndalang va uzunasi bajariladi. Chunki ulardan 
ko‘pchiligi uzunasi bajariladi, mashqni ifodalashda esa “uzunasi” 
so‘zi tushirib qoldiriladi va faqat ko‘ndalang bajariladigan mashqlar 
atayin ta’kidlab o ‘tiladi.

Dastaklar yelka kengligida (yoki biroz kengroq), otni o‘ng va 


chap qismlari teng bo'lishi uchun o‘rtasida o‘rnatiladi.
Siltanib о ‘tish va aylanalar ikkala tomonda bajariladi. Materiallar- 
ni o‘rganish qulay bo‘lishi uchun mashqni faqat bir tomonga ко‘rib 
chiqamiz.
Dastakli otda mashqlarni bajarish texnikasini urganishni bir oyoqda 
siltanib o‘tishlarni o ‘zlashtirish bilan boshlash maqsadga muvofiq.
Muvozanatni ushlab turish va albatta mashqni keyingi bajarilishi, 
siltanib o'tishni ijro sifatiga bog‘liq.
Siltanib о‘tish quyidagicha bajarilishi mumkin: 1. Siltanish hara- 
katlari bilan: a) kelgusi siltanish harakatlarini davom ettirish uchun; 
b) aylanrtia harakatlarga о‘tish uchun; 2. Aylanma harakatlar bilan: 
a) aylanma harakatni davom ettirish uchun; b) siltanish harakatlariga 
o‘tish uchun.



Download 29.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling