Dasturlash ii” fanidan kurs ishi mavzu: Test dasturini yaratish


Download 1.46 Mb.
bet1/12
Sana16.06.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1494507
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KURS ISHI- Asilbek Kamolov


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Islom iqdisodiyoti va Xalqaro iqdisodiy munosabatlar fakulteti
Zamonaviy axborot komunikatsiya texnologiyalari kafedrasi
Kompyuter ingineringi bakalavr yo‘nalishi
Dasturlash II” fanidan

KURS ISHI


MAVZU: Test dasturini yaratish

Ilmiy raxbar: PhD D.S.Tuxtanazarov


Reyting balli: _________________________



TOSHKENT – 2023


MUNDARIJA

KIRISH
Axborot texnologiyalari nafaqat O‘zbekiston Respublikasida, balki butun dunyoda rivojlanib kelmoqda. Axborot texnologiyalari kundalik hayotimizda ishlatiladigan texnologiyalar sifatida rivojlanib borayotgani asosan insonlar hayotini yengillashtirish va osonroq natijalarga erishishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu texnologiyalarga internet, mobil telefonlar, kompyuterlar, kompyuter texnologiyalari, veb-saytlar, veb-dasturlar, veb-bozorlar, veb-mobil xizmatlar, veb-mobil hosting va boshqalarni misol qilib olishimiz mumkin bo‘ladi.
Bugungi kunda bu sohada dasturchilarning o‘rni beqiyos. Negaki, bu soha yuqorida sanab o‘tilgan texnologiyalarning dasturlarini tuzish va insonlar uchun yangidan-yangi imkoniyatlarni yaratish asosiga qurilgan. Dasturlash bu kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o‘zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar berishdir. Dasturchilar turli xil dasturlash tillari va muhitlaridan foydalangan holda har xil texnik qurilmalarda ishlaydigan dasturlar yozadilar.
Bundan tashqari datur yozish orqali va ayniqsa, o‘yinlar uchun dasturlar tuzish bilan ham insonlar qalbidan joy egallash mumkin. Chunki o‘yinlarda insonni o‘ziga e’tiborni tortuvchi turli xil elementlar va rang-barang suratlar jamlangan bo‘ladi. Shu bilan birga o‘yin yaratish orqali insonlarga har xil manfaatlar olib kelish ham mumkin. Bu ayniqsa, kichik yoshdagi foydalanuvchilarga ancha qo‘l keladi.
Inson yoshligidan mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirib borar ekan, uning miyasi tobora mahsuldorroq va kreativroq bo‘lishi yengillashadi. Shuning uchun ham ko‘pchilik ota-onalar o‘z farzandlarining fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ular uchun ayni paytlarda qiziq sanalgan miyani rivojlantiruvchi intelektual o‘yinlardan foydalanishni afzal ko‘radilar. Ammo, ba’zi holatlarda insonlar o‘yinlar o‘ynash uchun haddan tashqari ko‘p vaqt sarflab yuboradilar. Bu esa sog‘liq uchun zararli sanaladi. Shuni inobatga olgan holda o‘yinlardan me’yorini saqlagan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lgan bo‘lar edi.
Dasturlashning rivojlanishi dasturlarning sifati oshib borishiga olib kelmoqda. Shuning uchun hozirgi kunda dasturlashning Game Development sohasi tobora kuchayib bormoqda. Dasturlash jarayoni, odatda, quyidagi bos-qichlarga boʻlinadi: masalaning qoʻyilishi; masalaning algoritmik tavsi-fini tuzish; masalani yuqori darajadagi programma tilida Dasturlash; masalani taxminiymashina tilida Dasturlash; masalani mashina tilida Dasturlash. Bu bosqichlar o‘z o‘rnida va o‘z mukammalligida amalga oshirilganda loyiha ham sifatli, ham raqobatbardosh bo‘lishiga imkon bo‘ladi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling