Dielektriklarning qutblanishi, qutblanish vektori


Download 165.85 Kb.
bet1/7
Sana01.05.2023
Hajmi165.85 Kb.
#1418383
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dielektriklarning qutblanishi


Dielektriklarning qutblanishi, qutblanish vektori. Dielektrik deb, o‘zidan elektr toki o‘tkazmaydigan moddalarga aytiladi. Ideal dielektriklar tabiatda mavjud emas. Har qanday dielektrik suyuq va gazsimon ko‘rinishda neytral molekulalardan tashkil topgan bo‘lib o‘zidan juda kichik miqdoda bo‘lsa ham elektr tokini o‘tkazadi (o‘tkazgichlarga qaraganda 1015-1016 marta kam tok o‘tkazadi). Dielektrikni maydonga kiritilganda unda va maydonda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y beradi. Buni tushunish uchun atomlar va molekulalarning musbat zaryalangan yadro, manfiy zaryadlangan elektronlardan iborat ekanligini e’tiborga olish zarur. Har qanday molekulaning yig’indi zaryadi nolga teng. Elektr zaryadi molekula doirasida juda murakkab taqsimlangan bo‘ladi, lekin makroskopik nazariyada uning taqsimotini uncha aniq o‘rganishga xojat yo‘q: molekula elektr holatini, ya’ni uning hosil qilgan maydonini uning tashqi maydonga reaksiyasiga qarab, musbat zaryadi "musbat zaryad markazida", manfiy zaryadi - "manfiy zaryad markazida" to‘plangan deb qaraladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, molekulani elektr maydoni p = q l dipolga o‘xshash deb qarash mumkin, bu yerda q - molekulaning musbat va manfiy zaryadining absolyut miqdori, l - "manfiy zaryad markazi" dan "musbat zaryad markazi" gacha o‘tkazilgan vektordir.
Shunday molekulalar ham bo‘ladiki, musbat va manfiy zaryadlari mos keladi, bir-birining ustiga tushadi. Bu simmetriya markaziga ega bo‘lgan molekulalar, masalan, ikkita bir xil atomdan tashkil topgan molekulalar (H2, O2 ....). Bunday molekulalar xususiy dipol momentiga ega bo‘lmaydi (p = 0, chunki l = 0 ) va shuning uchun ularni qutblanmagan deb ataladi Agar molekulada musbat va manfiy zaryad markazlari mos kelmasa, noldan farq qiluvchi dipol momentiga ega bo‘ladi va ularni qutblangan molekulalar deyiladi.
Ko‘pgina kattiq dielektriklarda kristall panjara tugunlarida ionlar joylashgan bo‘ladi. Ba’zi hollarda (masalan: bitta element atomidan hosil bo‘lgan kristallarda) barcha ionlar musbat ionga ega bo‘ladi, ular o‘rtasidagi bog’lanish valent elektronlar orqali (kovalent bog’lanish) amalga oshiriladi. Boshqa hollarda, kristall ximik birikmalardan iborat bo‘lsa, (masalan, osh tuzi kristalli) ionlar turli xil ishoraga ega bo‘ladi va panjarada o‘zaro tortishish kuchlari orqali ushlab turiladi (ionli bog’lanish). Bunday kristallning kristall panjarasini ikkita panjarachadan - biri musbat iondan, ikkinchisi - manfiy iondan hosil bo‘lgan deb hisoblash mumkin.
Dielektrikni tashqi elektr maydoniga joylashtirsak qanday jarayonlar bo‘lishini qarab chiqalik. Elektr maydonida musbat zaryadga maydon yo‘nalishi buyicha yo‘nalgan kuch ta’sir qiladi, manfiy zaryadga - qarama-qarshi yo‘nalishdagi kuch ta’sir qiladi. Natijada qutblanmagan molekulalarda musbat va manfiy zaryad markazlari (maydon bo‘lmaganda mos kelgan) bir-biriga nisbatan siljiydilar - molekulalar indusirlangan dipol momentga ega bo‘ladi (rasm 5.1. a).



Download 165.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling