Direktorlar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Download 0.75 Mb.
|
Abdurahmonova Iroda nutq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar nutqini rivojlantirish“ o’quv modulidan MUSTAQIL ISHI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTORLAR VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi” yo‘nalishi 47-guruh tinglovchisi Abdurahmonova irodaning “Bolalar nutqini rivojlantirish“ o’quv modulidan MUSTAQIL ISHI Harakatli o’yin “Chang soldi” Maqsad: Bolalar sabr qilishga hushyorlikka va bir biriga halaqit bermay turishga o’rganadilar . O’yinning borishi: Bu o’yinda bir bola ajratiladi qolgan bolalar doira bo’lib o’tiradilar . O’rtaga mevalar qo’yiladi . Mevalarni bolalar qo’llarini boshiga qo’yib qo’riqlaydilar . Ajratilgan bola maymun bo’lib mevalarga tarbiyachi signalidan so’ng chang solidi . Bolalar boshlarini ko’tarib maymunni ushlashga harakat qiladilar. Maymunni ushlagan bola maymun vazifasini bajaradi.o’yin shu tariqa davom etadi. Harakatli o’yin ”Ko’zgu o’yini” Didaktik maqsad; Bolalarda kuzatuvchanlik, ixtiyoriy diqqatni rivojlantirish. O’yin qoidasi; Tarbiyachining yoki biror bolaning harakatini takrorlash va barobar bajarish. Oyin harakati; Bu o’yin orqali kattalar xatti xarakatini takrorlash va ularga taqlid qilish. Bolalarga “Sizlar hozir meni oynam bo’lasizlar. Men bajarayotgan harakatni sizlar ham bajarasiz” deb aytadi. Harakatli o’yin “Kim qayerda turibdi.” Didaktik maqsad: Bolalarda murakkab idrokni rivojlantirish, tassavvurni o’stirish. O’yin jihozi: Turli xil narsalar orasida, yonida turgan bolalar tasvirini tushirilgan suratlar. O’yin qoidasi: Holari tasvirlangan qizchani topish. O’yinni borishi: Ushbu o’yin kichik guruxlar bilan o’tkazilgani ma’qul. Tarbiyachi bolalarga suratni ko’rsatib aniqlashi lozim bo’lgan bolani fazoviy joylashuvini tasvirlaydi. Masalan Shahnozaning o’ng tomonida shkaf, chap tomonida stol turibdi. Bolalar siz endi qaysi qizchaning Shahnoza ekanligini aniqlang. Shundan so’ng istagan bola chiqib ko’rsatishi yoki o’zi ham shunday topshiriq berishi mumkin. Harakatli o’yin “Xatosini top” Didaktik maqsad; Bolalarda kuzatuvchanlik, ixtiyoriy diqqatni rivojlantirish.Voqelikni to’gri aks ettirish. O’yin qoidasi; Suratdan, voqelikdan o’zaro kamchilikni toppish. O’yin harakati; Bolaga chizilgan rasmni ko’rsatiladi, musavvir qayerda xato qilganligi so’raladi.Masalan qish faslida bolalar o’ynayapti, daraxtda yaproqlar, bolalar oyogida shippak. Rasm bolaga tushunarli bo’lishi kerak. Navbat bilan rassom xatosini topib, vazifani murakkablashtiriladi. mmmmmmmMusavvir xatosi ko’paytiriladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling