Edison, ingliz kashfiyotchisi reja eritmalar xaqida umumiy ma’lumot


Download 167.28 Kb.
Sana26.10.2020
Hajmi167.28 Kb.
#137009
Bog'liq
1-mavzu. ERITMALAR


Mavzu: Eritmalar. Dispers sistemalarning sinflanishi. Eritmalar kontsentratsiyasi va ularning ifodalash usullari.

MAQSADGA TAJRIBALAR ORQALI BORISH VA XATOLARDAN XULOSA CHIQARIB O`RGANISH KERAK.

(EDISON, ingliz kashfiyotchisi)

REJA
  • Eritmalar xaqida umumiy ma’lumot.
  • Dispers sistemalarning sinflanishi.
  • Eritmalar kontsentratsiyasi va ularning ifodalash usullari.
  • Eritmalarning inson hayotidagi ahamiyati.

Ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq gomogen sistema eritma deb ataladi. Tabiatda va texnikada eritmalarning ahamiyati katta. Tabiatdagi barcha suvlar eritmalar hisoblanadi. Ko’pchilik kimyoviy reaktsiyalar eritmalarda boradi.

Eritmalar ikki yoki undan ortiq komponentlar (tarkibiy qismlar) va ularning o’zaro ta‘sir mahsulotlaridan tarkib topgan bir jinsli (gomogen) sistemalardir.

O’z agregat holatini eritmaga o’tkazadigan modda erituvchi hisoblanadi. Eritma bir jinsli sistema bo’lgani uchun ko’z va mikroskop bilan eritma ichidagi erituvchi va erigan modda zarrachalarini ko’rib bo’lmaydi. Eritma tarkibini o’zgartirish mumkin. Masalan, sulfat kislota yoki nitrat kislotani suv bilan har qanday nisbatda aralashtirish mumkin. Sulfat kislotaning suvda erishi hech qanday chegaraga ega emas. Spirt ham suvda shunday eriydi.

Eritmalar tarkibning o’zgaruvchanligi ularni mexanik aralashmalarga yaqin deb qarashga imkon beradi. Lekin ularning bir jinsliligi va ko’p xollarda eruvchanlikning ma‘lum chegaradan oshmasligi eritmalarni kimyoviy birikmalarga yaqinlashtiradi. Shunday qilib, eritma mexanik aralashma bilan kimyoviy birikma orasidagi oraliq holatni egallaydi.

Agregat holatiga ko’ra eritmalar suyuq, qattiq va gazsimon bo’ladi. Suyuq eritmalarga misol tariqasida tuzlarning suvdagi eritmalarini ko’rsatish mumkin; qattiq eritmalarga nikel bilan misning qotishmasi (shulardan chaka – tanga yasaladi) yoki oltin bilan kumushning qotishmasi misol bo’la oladi; gazsimon eritmalar – gazlarning aralashmalari, havo bunga misol bo’la oladi. Bular orasida eng katta ahamiyatga ega bo’lgani suyuq (suvdagi) eritmalardir.

D.I.Mendeleyev moddalarning eritmalardagi holatini tekshirib, erish jarayonining kimyoviy xususiyati to‘g‘risidagi tushunchani rivojlantirdi. U eritmada erigan modda va erituvchidan iborat birikmalar hosil bo‘ladi, degan xulosaga keldi.

Bunday birikmalar solvatlar deb ataldi. Agar erituvchi sifatida suv bo‘lsa, eritmada hosil bo‘lgan birikmalar gidratlar deyiladi.

D.I.Mendeleyevning gidratlar nazariyasi eritmalar haqidagi hozirgi zamon ta’limotining asosidir. Eritma bug‘latilganda, ko‘pincha suv bilan gidrat tarkibiga kirgan suv ham bug‘lanib ketadi, ya’ni gidrat yemiriladi va erigan moddaning o‘zi qoladi. Ba’zan esa gidrat shu qadar barqaror bo‘ladiki, eritma bug‘latilganda yoki konsentrlangan eritma sovitilganda faqat gidrat tarkibiga kirmagan suv bug‘lanib, gidrat esa yemirilmaydi, u muayyan miqdor suv bilan bog‘langan holda kristallanadi. Bunday kristallar kristallgidratlar deb, ularning tarkibidagi suv esa kristalli suv deb ataladi.

Masalan: Na2CO3 * 10H2O, K2CO3 * 7H2O, CaCl2 *2H2O, CuSO4*H2O, Na2S2O3*5H2O

KRISTALLARNI SUVDA ERISHI.



Dispers sistemalar.

Bir modda ichida (muxitida) ikkinchi moddaning juda kichik zarrachalar (bo’lakchalar) xolida tarqalishi (disperslanishi) dan (dispesus-tarqalgan, sochilgan, maydalangan degan ma’noni bildiradi) hosil bo’lgan mikrogeterogen sistemalar dispers sistemalar d-di. Har qanday dispers sistema dispersion muhitdan va unda tarqalgan modda zarrachalari – dispers fazadan iborat bo’ladi. Disperslik darajasiga ko’ra: dag’al dispers sistemalar (r =10-3 sm) mavjud. Bunday sistemalar suspenziyalar – loyqa suv, uning suvdagi aralashmasi, emulsiyalar – bo’yoqlar,sut kabi aralashmalar kiradi.

Agar dispers sistemadagi zarrachalar 100 nm dan kamroq bo‘lsa, ularni mayin dispers sistemalar deb ataladi.

Umuman olganda diametri 1-100 nm oralig‘idagi mayin dispers sistemalar turg‘un bo‘lib, o‘lchami 100 nm dan kattaroq bo‘lgan dag‘al dispers sistemalar qisqa vaqtda o‘z gomogenligini yo‘qotishi mumkin.

Dispers sistemalarda agregat holatlari uch xil (gaz, suyuq yoki qattiq) bo‘lib, ular o‘zaro aralashganda to‘qqiz xil sistemalar tashkil qiladi.Dispers muhit va dispers fazaning qaysi agregat holatidan qat’i nazar dispers sistemalarni uchta guruhga chin eritmalar, kolloid va dag‘al dispers sistemalarga bo‘linadi.

-chin eritmalarda dispers faza molekulyar yoki ion holdagi zarrachalardan iborat; o‘lchamlari (kattaliklari) bir-biriga yaqin; ular uzoq vaqt davomida turg‘un, dispers muhit va dispers faza bir-biridan ajralishi (tashqi muhit ta’siri bo‘lmagan holatda) kuzatilmaydi; dispers faza zarrachalarining diametri 1 nm dan katta bo‘lmaydi; zarrachalarni hatto ultramikroskop yordami bilan ham ko‘rib bo‘lmaydi; zarrachalar cho‘kmaydi va barcha filtrlardan o‘tib ketaveradi;

-kolloid sistemalarda dispers faza zarrachalari yuzlab, ba’zan molekula yoki ionlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin; sistema bir jinsli bo‘lsa ham dispers faza zarrachalari bilan dispers muhit orasida chegara mavjud; erigan moddalar zarrachalari 1-100 nm oralig‘ida bo‘lishi mumkin (polidispers xususiyat); uzoq vaqt davomida qiyinchilik bilan cho‘kadi; zarrachalarini faqat ultramikroskop yordamida ko‘rish mumkin; kichik teshikli ultrafiltrdan o‘tmaydi; oddiy filtrdan o‘tib ketadi;



-dag‘al dispers sistemalarda dispers faza zarrachalari qisqa vaqt davomidagina turg‘un, ular tezgina ikki fazali chegara hosil qiladi ( loyqa cho‘kishi, sutning qaymog‘i, qatiqning ayroni ajralishi va shunga o‘xshashlar); loyqa zarrachalarini oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin; osogina cho‘kadi, ba’zilari bir necha minutda cho‘kadi; Kolloid va dag‘al dispers sitemalarda zarrachalar kattaligi har xil bo‘lgan polidispers sitemalardir.

ERITMALAR KONTSENTRATSIYASI.

Eritmaning yoki erituvchining ma‘lum massa miqdorida yoki ma‘lum hajmida erigan modda miqdori eritma kontsentratsiyasi deb ataladi.

Eritmalar kontsentratsiyasini ifodalashning har xil usullari bor:

1. Massa ulush (W)- erigan modda massasi (m1) eritmaning massasiga (m2) nisbatda bo’lib , odatda 1 dan kichik sonlarda ifodalanadi:

W = m1/m2

2. Foiz konsentratsiya (C%)- erigan modda massasining (m1) eritma massasi (m2 ) nisbatining foizlarda ifodalanishi. Bunda eritma massasi 100% ni tashkil etadi deb olinadi, C%<100.

C% =m1m/m2er·100% yoki C% = m modda / m modda+ merituvchi ·100%.

Eritmaning massasi, hajmi va zichligi asosidagi bog’lanish quyidagi formulaga mos keladi. m= V·p. m-eritma massasi, V-eritmaning hajmi,

p-eritmaning zichligi.

Hosilaviy formulalar:

m=V·p; V=m/p; p=m/V eritmaning massasi uning hajm zichligining ko’paytmasiga tengligini C% =m1/m2·100% formulani quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin.

C%=m1m/V·p·100%, yoki w=m1m/V·p

3. Molyar konsentratsiya (CM)- erigan modda miqdorining (mollyarda-M) eritma hajmiga (V) nisbati, ya’ni 1 litr (1000 ml) eritmada 1 mol modda erigan bo’lsa 1 M li eritma deb ataladi:

CM = m·1000/M·V

bu yerda M- moddaning molyar massasi.

Misol : 400 ml eritma tarkibida 41 g Ca(NO3)2 bor. Eritmani molyar konsentratsiyasini toping????

4. Normal konsentratsiya (CN)- erigan modda ekvivalenti sonining (E) eritma hajmiga(V) nisbati, ya’ni 1 litr (1000 ml) eritmada 1 g-erv modda erigan bo’lsa 1 n (bir normal) li eritma deb ataladi.

CN= m·1000/E· V

bu yerda E- moddaning ekvivalent soni.

Misol: 500 ml eritmada 12,25 g H2SO4 bor. Eritmani normal konsentratsiyasini toping????

5. Eritmaning titri (T)- eritmaning 1 ml yoki 1sm3 da erigan moddaning gramm miqdorini ko’rsatuvchi qiymatga eritmaning titri d-di.

T =m/V(ml) ;

T = CN·E/1000 ;

T = CM·M/1000 formula bn aniqlanadi.

Misol : 0,1 n li NaOH eritmasini titrini toping ?????

ERITMALARNING INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI.

Eritmalar inson hayotida juda muxim ahamyatga ega. Eritmalarning eng katta sinfi , albatta suvli eritmalardir. Suv tirik organizmda erituvchi, ozuqa moddalarni tashuvchi, hayotiy faoliyatni ta’minlovchi turli jarayonlarni amalga oshiruvchi muxit sifatida aloxjda o’ringa ega. Inson tanasining 3/2 qismi turli eritmalar shaklidagi suvdan iborat. Qon 83% , miya va yurak 80%, suyaklar 20-25% atrofida suv tutadi. Baliqlar tanasining 80% , meduzalar tanasining 95-98%, suv o’tlari tanasining 95-99%, quruqlik o’simlik tanasining 50-75% ni eritma shaklidagi suv tashkil etadi.

Tirik organizmlar hujayrasining asosiy komponenti suvli eritmalar b,b ular tiriklikni ta’minlovchi hayotiy jarayonlarni borishi uchun muxim axamiyatga ega.

Suv tibbiyotda turli dorivor eritmalar tayyorlash va ular bn turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi.



Uyga vazifa.

1. Mavzuni konspekt qilish, o’qish.

2.Eritmalar konsentratsiyasiga oid misollar ishlab kelish.

E’tiboringiz uchun raxmat.



Keyingi darsgacha

sog-salomat bo’ling.
Download 167.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling