Egalik kategoriyasi


Download 26.35 Kb.
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi26.35 Kb.
#1254369
  1   2   3   4
Bog'liq
Egalik kategoriyasi


Egalik kategoriyasi

Otlarning grammatik xususiyatlaridan biri uning egalik kategoriyasiga ega bo‘lishidir. Narsa-predmetning (so‘zlovchi, tinglovchi, o‘zgadan) biriga taalluqli ekanligini anglatuvchi umumiy ma’nolar va ularni ifoda qiluvchi shakllar tizimi egalik kategoriyasi deyiladi. Narsa-predmetning uch shaxsdan biriga mansubligini ko‘rsatuvchi morfema egalik affiksi deb yuritiladi. Egalik affikslari shaxs ma’nosi bilan birga uning sonini ham ko‘rsatadi: do‘stim, do‘stimiz (Сапаев Қ. Ҳозирги ўзбек тили. – Т., 2009. – Б.89.)


Eski o‘zbek tilida ham predmet va predmetlik tushunchasining nutqdagi uch shaxsdan biriga taalluqli ekanligini bildiruvchi qo‘shimchalar jami egalik kategoriyasini tashkil etadi. Egalik qo‘shimchalari negizning til oldi va til orqa xususiyatiga hamda negizda lablangan unlilarning qatnashishiga qarab, turli fonetik ko‘rinishlarda qo‘llangan:
-m qo‘shimchasi. Unli bilan tugagan har qanday negizga qo‘shila oladi: atam, әkәm.
-ыm qo‘shimchasi. Undosh bilan tugagan til orqa unlilari mavjud negizlarga qo‘shiladi: Furqqqatыңdыn za’farān uzra tөkәrmen lalalar \\ Lalalar ermәski bag‘rыmdыn erүr pargalalar (Navoiy).
-im qo‘shimchasi. Undosh bilan tugagan til oldi unlilari mavjud negizlarga qo‘shiladi: Mehrim otыn hushu sabru aqlu his yashurmadы \\ Mehri lamie’ tөrt burqa’ keynidin pыnhan emәs.
-үm qo‘shimchasi. Undosh bilan tugagan va til oldi unlilari qatnashgan negizlarga qo‘shiladi: Ul labi unabgun kөnlүmgә ekkәn tuxmы mehr \\ Kөnlүm ichrә yashurun durdanadek unab ara.
-um qo‘shimchasi. Undosh bilan tugagan til orqa lablangan unlilar qatnashgan negizlarga qo‘shiladi: Bolmadыm umrumda bir dam xatыrы xurram bilә \\ Gar ilikdin kelsә bir damni kechүrmaң g‘am bilә.
I shaxs ko‘pligi, II shaxs birlik va ko‘pligida ham yuqoridagi qoida o‘z kuchini saqlaydi.
I shaxs ko‘pligida egalik qo‘shimchalari -mыz\\ -miz,-ыmыz\\ -imiz, -umыz\\ umiz va -umuz\\ -umuz tarzida;
II shaxs ko‘pligida -ңыz\\-ңiz, -ыңыz\\-iңiz,-uңыz\\-uңiz,-uңuz\\-uңuz tarzida;
III shaxs birlik va ko‘pligida -sы\\-si (unlilardan so‘ng), -ы\\-i (undoshlardan so‘ng) qo‘shimchalari qo‘shiladi.
Hozirgi zamon o‘zbek tilida ba’zan egalik affikslari qo‘llanmasdan, tegishlilik ma’nosi belgisiz ifodalanishi ham mumkin: bizning kitob (-imiz), sizning kitob (-ingiz) kabi. Bunday hodisa hozirgi zamon o‘zbek tilida asosan birinchi va ikkinchi shaxsda sodir bo‘ladi.
Eski turkiy adabiyot til negizida shakllanib, XIII–XV asrlarda to‘la tarkib topgan va rivojlangan umumxalq O‘zbek adabiy tili quyidagilar bilan ajralib turadi:
Otlarga xos ko‘plik va egalik shakllari ham asosan hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi shaklga yaqinlashadi.
-lar affiksi adabiy til uchun, barcha yozma yodgorliklar tili uchun yagona umumiy shakl sifatida me’yorlashadi. Qadimgi turkiy shakllar – (-t, -k, -an/ən kabilar) iste’moldan tushib qoladi.
Egalik kategoriyasining hozirgi o‘zbek tili uchun xos bo‘lgan me’yoriy affikslari (-m, -im, -ң, -in, -i, -si; -miz, -imiz, -ңiz, -iңiz kabi)dan tarkib topib qat’iylasha borgan. Bu affikslarning turli muqobillari esa (ya’ni -ыm/im, -um/um, -ың/iң, uң/uң, -ы, -sы; -mыz, -muz/muz, -ыmыz, -umuz/umuz; -ңыz, -ңuz/ңuz, -uңuz/uңuz, -ыңiz kabilar (so‘zning unli va undosh bilan tugashi hamda lab uyg‘unligi va tanglay uyg‘unligi bilan bog‘liq ravishda) ishlatiladi: yuzuң nuri, yuzuңuzdыn zulfuңuzdin (Atoiy), so‘zun, ko‘zuң, kozuң balosы, bag‘rыmda, gadolarы (Sakkokiy), husnuңda (husninge), o‘ramuң, labiң, koңlum uyin, kumush bilaklariniz (Lutfiy), tushumda, ilikin, farokың, begim, salotinlari (Durbek) kabi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida predmet yoki predmetlik tushunchasining uch shaxsdan biriga, ya’ni so‘zlovchi (I shaxs), tinglovchi (II shaxs), o‘zga (III shaxs) shaxsga taalluqliligini ifodalaydigan affikslar egalik affikslari deyiladi. Egalik affikslari shaxs ma’nosi bilan birga uning sonini (birlik yoki ko‘plik ma’nosini) ham ifodalaydi. Egalik affikslari quyidagi jadvalda berilgan.



Download 26.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling