Ekologik siyosat
Download 1.47 Mb.
|
Muxtorov Umrbek Kurs Ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- « EKOLOGIYA VA HAYOT FAOLYATI XAVFSIZLIGI» KAFEDRASI “ EKOLOGIK SIYOSAT”
- MAVZU: Suvlar va suv havzalaridan foydalanish shartlari.. REJA
MAVZU: Suvlar va suv havzalaridan foydalanish shartlari.. REJA KIRISH ASOSIY QISM Suv va uning tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati Suvdan oqilona foydalanishning ekologik-huquqiy asoslari. Markaziy Osiyoda Suv resurslari va ularni ekologik-huquqiy jihatdan tartibga solish zarurati, Davlat suv fondi. XULOSA
KIRISH Nazariy jihatdan qaralganda, suv resurslari tuganmasdir, chunki ularning umumiy miqdori (sifatini e’tiborga olmaganda) mavjud talablarga nisbatan ancha katta hamda chuchuk suv resurslari suvning tabiatdagi aylanma harakati jarayonida tiklanib, yangilanib turadi. Ammo suvni iste’mol qilish shunday jadal sur’atlar bilan o‘smoqdaki, insoniyat bugungi suv resurslari taqchilligi va ularning sifati yomonlashib borishi sharoitida kelajakda o‘zining suvga bo‘ladigan ehtiyojlarini qanday ta’minlashi kerakligi haqida chuqur o‘yga tolmoqda. Bugungi kunga kelib suv resurslarini barqaror boshqarish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash – dunyoda butun boshli mintaqalar va mamlakatlarning barqaror iqtisodiy taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etuvchi masalalardan biriga aylandi. Mazkur masala suv resurslari cheklangan, iqtisodiyoti va aholisi tez o‘sib borayotgan (demak, suvga bo‘lgan talabi ortib borayotgan), iqlim o‘zgarishi ta’sirlari tobora ko‘proq sezilayotgan (ya’ni suv bilan ta’minlanish sharoiti murakkabroq bo‘lgan) Markaziy Osiyo mintaqasidagi yangi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik realliklar sharoitida o‘ta dolzarb va yanada muhimroq ahamiyat kasb etmoqda. Cheklangan suv resurslaridan ham iqtisodiy va ham ekologik talablar barqarorligini ta’minlagan holda foydalanish samaradorligini oshirish zamonning dolzarb muammosidir. Istiqboldagi rivojlanish imkoniyatlari ko‘p jihatdan mavjud suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish darajasiga, jamiyatning suvdan foydalanishga bo‘lgan munosabatiga bevosita bog‘liqdir. Yaqin kelajakda suvga o‘sib borayotgan talablarni suv resurslari boshqaruvini takomillashtirish, ulardan foydalanishni oqilonalashtirish va ichki zaxiralarni topish hisobiga qondirish mumkin. Ta’kidlash lozimki, suv resurslarini barqaror boshqarish va ulardan samarali foydalanish nafaqat davlat tashkilotlarining, balki jamiyatning har bir a’zosi tomonidan doimiy e’tibor talab etadigan o‘ziga xos murakkab jarayondir. Bugungi kunda muqobili bo‘lmagan eng muhim hayotiy resurs hisoblangan suv resurslarining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri – ularning “umumfoydalanuvchi resurs” ekanligidir. Ya’ni suvdan foydalanish jarayonida bir vaqtning o‘zida millionlab suv iste’molchilari ishtirok etadilar. Suv resurslaridan foydalanishning umumiy samaradorligini ta’minlashga erishish uchun faqat suv xo‘jaligi yoki unga tegishli bo‘lgan tashkilotlarning samarali faoliyatigina emas, balki har bir sohada va har bir suvdan foydalanuvchi tomonidan suvdan yuqori samara bilan foydalanishga erishilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Suv xo‘jaligining asosiy vazifalari – xalq xo‘jaligi barcha tarmoq va sohalarining, shuningdek, atrof-muhitning talablaridan kelib chiqqan holda ularni zaruriy miqdordagi va sifatdagi suv bilan ta’minlash, suv bilan bog‘liq salbiy oqibatlarning oldini olishni o‘z ichiga oladi. Suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni boshqarish turli mexanizmlar, jumladan, texnik, iqtisodiy, tashkiliy va ijtimoiy mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi. Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishi suv resurslari va suvga bo‘lgan talablarni barqaror boshqarish, suv xo‘jaligi majmuasi qatnashchilari, ya’ni xalq xo‘jaligi sohalarida samarasiz suv iste’moli miqdorini qisqartirishga yo‘naltirilgandir. Mazkur masalada ikkinchi yo‘nalish – suvdan foydalanishning barcha bosqichlarida katta miqdordagi suv yo‘qotilishlariga barham berishdan iboratdir. Bugungi kunda suv yo‘qotilishi holati suv xo‘jaligi majmuasining barcha qatnashchilari tizimlarida ham uchraydi. Suv resurslarini boshqarish zaruriyati quyidagi holatlar bilan belgilanadi: - mavjud suv resurslarining cheklanganligi va notekis tarqalganligi; - suvga bo‘lgan talabning keskin ortib borishi; - suv resurslari miqdorining, ularning shakllanish sharoitlari va manbalariga bog‘liq ravishda vaqt davomida o‘zgaruvchanligi va o‘zgarish amplitudasining kattaligi; - tabiiy va antropogen omillar ta’sirida suv resurslari ifloslanishining kuchayib borishi; - suv ob’yektlarining tabiatga va xalq xo‘jaligi ob’yektlariga salbiy ta’siri (suv toshqini, suv bosishi va b.). BMT tomonidan qabul qilingan va 2030-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan barqaror taraqqiyot sohasidagi rivojlanish kun tartibini amalga oshirishda suv resurslarini integral boshqarish (SRIB)ga erishilishi muhim ahamiyat kasb etadi. SRIBning asosiy maqsadi barcha mamlakatlarning barqaror rivojlanishi uchun chuchuk suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdan iborat. SRIB har bir alohida holatda o‘ziga xos xususiyatlarga ega jarayon sifatida ko‘riladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling