Ekstraktlar suvda yoki spirtda tayyorlanishi mumkin. Suvli


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
Sana15.06.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1485854
Bog'liq
Fayziyev J S Oziq ovqat maxsulotlari 191-191



Ekstraktlar suvda yoki spirtda tayyorlanishi mumkin. Suvli 
ekstraktlar tadqiq etilayotgan m ahsulotda shakardan tashqari 
boshqaguruh uglevodlari mavjud boMmaganda tayyorlanadi. Suvli 
ekstraktlar um um iy redutsiyalangan qandlarni aniqlash uchun 
qulay. Spirtli ekstraktlar tadqiq etilayotgan m ahsulotdan faqat 
qandlarni ajratish zaruriyati boMganda tayyorlanadi.
Suvli ekstraktlarni tayyorlash uchun tadqiq etilayotgan mahsulot 
namunasi maydalanishi va unga distillangan suv quyilishi kerak. Bunda 
mahsulotdagi qandlar namunadan suvli ekstrakt ko'rinishida ajraladi. 
Bu jarayonni isitish orqali tezlashtirish mumkin. Suvli ekstraktlarni 
tayyorlashda namunaga sovuq, issiq suv yoki spirt bilan ishlov beriladi.
Sovuq suv bilan ishlov berishda maydalangan mahsulotdagi 
qandlar xona haroratidagi distillangan suvda bir marotaba eritiladi 
va eritmaga oMkaziladi. Buning uchun tadqiq etilayotgan mah- 
sulotning tegishli namunasi tortib olinadi va u distillangan suv 
yordamida voronka orqali zich yopiladigan qopqoqqa ega boM- 
gan oMchov kolbasiga oMkaziladi. Bunda ishlatiladigan oMchov kol- 
basining hajmi tadqiq etilayotgan namunadagi qand miqdoriga 
bogMiq boMib, 100—500 ml.ni tashkil etadi (tadqiq etilayotgan 
mahsulot quruq moddasini har bir gramiga taxminan 50—100 ml.li 
sig‘im olinadi). Bunda suvning hajmi olingan kolba hajmining
^ q is m id a n yuqori boMmasligi kerak. Yaxshi aralashtirilgach, za-
rur hollarda kolbadagi suyuqlik lakmus bo ‘yicha soda bilan ney- 
trallanadi. Buning uchun kolbaga lakmus qog'ozi tushiriladi va lak­
mus qog‘ozining yengilgina ko‘k rangga b o ‘yalgan uniga 15 % li 
NaHCO eritmasi bilan neytrallanadi.
Issiq suv bilan ishlov berishda tadqiq etilayotgan nam una­
dan, nafaqat, qandlar, balki yuqori molekular uglevodlar ham 
ajraladi. Issiq suv bilan ishlov berishni afvzalligi qandlarni nis- 
batan tez eritmaga o ‘tishidir. Anuno issiq suv yordamida ishlov 
berishni tarkibida ancha miqdorda kraxmal mavjud b o ‘lgan ma- 
teriallar uchun qoMlash mumkin emas, chunki kraxmal kleysterga 
aylanib, filtrlanishni qiyinlashtiradi. Bu usulda, suyuqlik neytral- 
langach, kolba suv hammomida 30 minut davomida isitiladi.
Suyuq oziq-ovqat mahsulotlarini (vino, sharbat, sirop, qu- 
yultirilgan sut va boshq.) tadqiq etishda eritmalar tegishli hajm- 
dagi oMchov kolbalarida namunani xona haroratidagi distillangan 
suv bilan suyultirish yoMi bilan tayyorlanadi. Suv miqdori oMchov
kolbasining 
hajmidan oshmasligi kerak.
190

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling