Elektr energetika kafedrasi


Download 300 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi300 Kb.
#1587810
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarix Mustaqil ish




NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
ENERGO-MEXANIKA FAKULTETI
ELEKTR ENERGETIKA KAFEDRASI


O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI
FANIDAN
MUSTAQIL ISH

Mavzu: Davlat mulkini xususiylashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar.





Bajardi:

39-sd-22 EE guruhi talabasi
Jurayev F.R.

Mustaqil ish rahbari:

Sayidova M.



Navoiy –2023y.


Reja:
Kirish

  1. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va mazmuni

  2. Mulk shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni

  3. O’zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik munosabatlari moddiy va mahnaviy nehmatlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. shunday ekan, mulkchilik munosabatlari – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Barqaror iqtisodiy taraqqiyotni tashkil etish va bozor muvozanatiga erishishda, jamiyat ahzolarining ehtiyojlarini oqilona qondirish darajasini oshirish vazifalarini hal etishda mulkiy islohotlar siyosatini takomillashtirish zaruriyati ortmoqda. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish, mulkka egalik qilish va uning hajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka erishish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, uni rag’batlantirish mo’ljallanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2017 yil 7 fevral kuni 4947-sonli “2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni tasdiqlandi. Uning uchinchi yunalishi “iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga qaratilgan bo’lib, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish” ustuvor yo’nalish sifatida qayd etilgani bejiz emas1.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bu sohaga to’liq erkinlik berish, bu yulda g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifadir. Barqaror iqtisodiy o’sish va mamlakatimizning kelajak istiqboli, aholining hayot darajasi va sifati ko’p jihatdan ayni mana shu eng ustuvor vazifaning qanday hal etilishiga bog’liq”2 .
Milliy iqtisodiyotimiz uchun 2017-2019 yillar kuchli burulish yillari bo’ldi desak mubog’ala bo’lmaydi. Chunonchi ushbu sohada yangi qaror, loyihalar va islohatlar amalga oshirildi. Davlat mulki jadal sur’atlar bilan davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiylashtirildi. Natijada foydalanilmay yotgan davlat obyektlariga yangi investitsiyalar jalb qilinib, iqtisodiyotimizning muhim sohalari farmasevtika, charm-poyabzal sanoati, kimyo sanoati kabi sohalari yanada keng rivojlanmoqda. Ushbu chora tadbirlar natijasini biz YAIM tarkibida sanoat mahsulotlari keskin ijobiy ta’rafga o’zgarishida ko’rishimiz mumkin.
Yurtboshimizning Oliy Majlisga murojatnomasida quyidagi vazifalar belgilab berildi: ”Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investiqiya loyihalarini puxta shakllantirishimiz. shular asosida eksportga mahsulot chiqarayotgan, innovatsion va yuqori texnologik ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan tadbirkorlarga va chet ellik investorlar uchun imkoniyatlar yaratishimiz kerak”3.
Mustaqil ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullarining nazariy va amaliy jixatlarini yoritishdan iborat.
Ushbu kurs ishining vazifalari - mulkiy islohotlar siyosatining mohiyati, mazmuni va xususiyatlarini o’rganish; islohotlar tizimini boshqarishning huquqiy-mehyoriy asoslari bo’yicha nazariy bilimga va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish; shakllangan ijtimoiy va kasbiy tajriba asosida mulkiy islohotlar mohiyatini yoritishdan iboratdir.

Download 300 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling