Elektrolit eritmalar va tuzlarning gidrolizi Reja: Elektrolit eritmalari tuzulishi


Download 15 Kb.
Sana09.11.2023
Hajmi15 Kb.
#1759786
Bog'liq
Elektrolit eritmalar va tuzlarning gidrolizi Reja Elektrolit

Elektrolit eritmalar va tuzlarning gidrolizi

Reja:

1. Elektrolit eritmalari tuzulishi

2.Tuzlarning gidrolizi

3.“Ion almashinish reaksiyalari”

4.Aluminiy nitrat kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuz.

Suvdagi eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr oqimini o’tkazadigan moddalarga elektrolitlar deyiladi. Kislota, asos va tuzlar elektrolitlardir. Suvdagi eritmalari elektr oqimini o’tkazmaydigan moddalar noelektrolitlar deyiladi.


  • Suvdagi eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr oqimini o’tkazadigan moddalarga elektrolitlar deyiladi. Kislota, asos va tuzlar elektrolitlardir. Suvdagi eritmalari elektr oqimini o’tkazmaydigan moddalar noelektrolitlar deyiladi.

Noelektrolit moddalarning eritmalari Vant-Goff va Raul qonunlariga bo’ysunadi. Elektrolitlarning eritmalari esa bu qonunga bo’ysunmaydi. Elektrolitlar eritmalarining tajribada topilgan osmotik bosimlari Vant-Goff qonuniga muvofiq hisoblab topilgan osmotik bosimdan hamma vaqt ortiq bo’ladi.


  • Noelektrolit moddalarning eritmalari Vant-Goff va Raul qonunlariga bo’ysunadi. Elektrolitlarning eritmalari esa bu qonunga bo’ysunmaydi. Elektrolitlar eritmalarining tajribada topilgan osmotik bosimlari Vant-Goff qonuniga muvofiq hisoblab topilgan osmotik bosimdan hamma vaqt ortiq bo’ladi.

Toza suv juda ham kuchsiz elektrolit hisoblanib, uning dissotsiatsiyalanish darajasi a = 10 –9 ga teng bo‘ladi. Demak, suv juda ham oz bo‘lsa-da ionlarga ajraladi: H2O H+ + OH–.

H+ ionlari ortiqcha bo‘lgan eritma kislotali, OH– ionlari ortiqcha bo‘lgan eritma esa ishqoriy muhitda bo‘ladi.

Toza suvdagi H+ v a OH– ionlari konsentratsiyasi bir-biriga teng: [H+] = [OH–]. Bunda teng miqdorda H+ va OH– ionlari bo‘lgan eritma neytral muhitli bo‘ladi.

Ayrim tuzlarning suvdagi eritmalari indikatorlar rangini o‘zgartiradi. Demak kimyoviy reaksiya sodir bo‘lgan.

Ion almashinish reaksiyalari” mavzusida siz elektrolit eritmalari orasidagi reaksiyalarning oxirigacha borishi sababi, eritmadagi ionlarni o‘zaro birikib dissotsiatsiyalanmaydigan moddalar

Kaliy nitrat tuzining suvdagi eritmasi indikatorlar rangini o‘zgartirmaydi: KNO3 + H2O K+ + NO3 – + H2O (H2O H+ + OH–) K+ ioni suvning dissotsiatsiyalanishidan oz bo‘lsa-da hosil bo‘lgan OH– ioni bilan KOH ni hosil qiladi.

KOH kuchli elektrolit, ionlarga batamom ajragan bo‘ladi: KOH K+ + OH–. NO3 – ionini H+ ioni bilan birikishidan hosil bo‘lgan HNO3 ham kuchli elektrolit, u ham ionlarga ajrab ketadi: HNO3 H+ + NO3–.

Demak, kuchli asos va kuchli kislotalardan hosil bo‘lgan tuzlarning eritmalari muhiti neytral bo‘ladi.



Ya’ni bunday tuzlar gidrolizlanmaydi.

Gidroliz” so‘zi yunoncha “gidro” — suv, “lizis” — parchalayman degan ma’noni anglatadi.

Aluminiy nitrat kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuz.



Bunday tuzlar gidrolizlanadi. Aluminiy nitrat tuzining gidrolizlanganini indikatorlar rangini o‘zgartirganligidan bilish mumkin.

Suvning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘layotgan OH– ionlari Al3+ ioniga birikib dissotsiatsiyalanmaydigan ion AlOH2+ ni hosil qiladi.

Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlarning suvdagi eritmasining muhiti kislotali bo‘ladi.

Tuzlar bilan suv orasida sodir bo‘ladigan reaksiyalar gidroliz reaksiyalaridir. Tuzning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlarni suv bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitning hosil bo‘lishi gidroliz deb ataladi.




Download 15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling