Energiya almashinuvi. Atf. Fotosintez


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana15.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1482171
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Energiya Almashinuvi. ATF. Fotosintez.



@OYBEK_Alisherovich +998 90963-16-55 @Super_Biologiya_Uz 
@OYBEK_Alisherovich +998 90963-16-55
ENERGIYA ALMASHINUVI. ATF. FOTOSINTEZ.
Moddalar almashinuvi – metabolizm – tirik organizmlar tarkibidagi turli-tuman kimyoviy 
moddalar xilma-xil reaksiyalar natijasida doimiy ravishda o`zgarib turishi. Moddalar 
almashinuvi 3 bosqichda amalga oshadi:
1. Dastlabki bosqich – oziq moddalarning tirik organizmlar tomonidan o`zlashtirilishi 
ya`ni ozuqani hazm bo`lishi;
2. Oraliq bosqich – hujayrada sodir bo`ladigan jarayonlar; (Fotosintez ham) 
3. Oxirgi bosqich – hayot faoliyati natijasida hosil bo`lgan keraksiz mahsulotlarning 
tashqi muhitga chiqarilishi;
Moddalar almashinuvi bir-biriga qarama qarshi, lekin o`zaro bog`langan ikki jarayonni o`z 
ichiga oladi:
1. Assimilyatsiya – anabolizm – plastik almashinuv – biologik sintez reaksiyalarining 
to`plami – oddiy moddalardan murakkab moddalarning sintezlanishi – xloroplast plastik 
almashinuv reaksiyalarida ishtirok etadi.  
2. Dissimilatsiya – katabolizm – energiya almashinuvi – yuqori molekulyar 
moddalarning parchalanishi – murakkab moddalardan oddiy moddalarning hosil bo`lishi 
– mitoxondriya energiya almashinuv reaksiyalarida ishtirok etadi.  
Tirik organizmlarda sodir bo`ladigan muhim jarayonlardan biri – bu ularning aerob, ya`ni 
kislorodli nafas olishidir. Bu jarayonda murakkab moddalarning kislorod ishtirokida 
oksidlanishi natijasida ko`p energiya ajralib chiqadi. Ajralib chiqqan ko`p energiya 
organizmlarning morfologik va fiziologik murakkablashishga imkon yaratadi.
Nafas olish hayvonlarda maxsus nafas olish tizimi orqali amalga oshadi.
O`simliklarda esa maxsus nafas olish tizimi organlari bo`lmaydi.
Ular to`qima va organlari orqali nafas oladi.
Ozuqa moddalardan to`plangan kimyoviy energiya organik birikmalar molekulasidagi 
atomlarni bog`lovchi har xil kovalent bog`larda yig`ilgan bo`ladi.
Bir molekula glukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog`larda to`plangan energiya

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling