Erkaklarning tanosil organlari


Download 206.94 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi206.94 Kb.
#1534687
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Erkaklar va ayollar tanosil aʼzolari (1)

ERKAKLARNING TANOSIL ORGANLARI

Erkaklar ichki, tanosil organlariga moyaklar va ularning ortig‘i, urug‘ chiqarish yo‘llari, urug‘ pufakchalari, prostata bezi va Kuper bezlari kiradi. Tashqi tanosil organlari erkak olati va yorg‘oqdan iborat.

  • Moyaklar (testes) – bir juft bo‘lib, yorg‘oq ichida joylashgan. Moyak lar tanosil organlari ichida erlik urug‘i – spermatozoid va erkaklik gormoni ishlab chiqarishi bilan alohida o‘rin tutadi.
  • Moyaklar ikki tomondan biroz siqilgan, ellipssimon shaklda bo‘lib, orqa qirg‘og‘ida uning ortig‘i yopishib turadi. Moyak ustini yaxshi pishgan tuxumga o‘xshash yaltiroq oqsil parda o‘rab turadi. Pardani ichki tomonidan moyak ichki moddasiga o‘sib kirgan to‘siqlar alohida bo‘laklarga ajratadi. Bo‘lakchalar old tomoni keng yoyilgan elpig‘ichga o‘xshab tarqalgan, orqa tomoni esa yig‘ilib tuxum devorlari oralig‘i sohasiga ochiladi. Har bir bo‘lakchaning ichida 3–4 tadan urug‘ ishlab chiqaradigan kanalchalar bo‘lib, ular bir-biri bilan qo‘shilib to‘g‘ri urug‘ kanalchalarini hosil qiladi. To‘g‘ri kanalchalar tuxum devori oralig‘i sohasida o‘zaro qo‘shilib urug‘ to‘rini hosil kiladi.
  • Kanalchalar to‘ridan 12–16 ta urug‘ chiqarish naychalari ajraladi va moyak ichidan chiqib urug‘ chiqarish yo‘li nomi bilan yuqoriga ko‘tariladi. Urug‘ chiqarish yo‘li qon tomirlar va nervlar bilan birgalikda qo‘shuvchi to‘qima parda bilan o‘ralib urug‘ tizimchasi sifatida chov kanali orqali korin bo‘shlig‘iga o‘tadi. Bu erda urug‘ chiqarish yo‘li qon tomirlardan ajralib korin bo‘shlig‘ining yon devori tomon yo‘naladi va qovuq tagiga etganda kengayib, urug‘ pufakchasi nayi bilan ko‘shiladi va urug‘ otuvchi yo‘lni hosil qiladi. Urug‘ otuvchi yo‘l prostata bezi orasidan o‘tib siydik chiqarish kanalining shu qismiga ochiladi. Urug‘ chiqarish yo‘lining uzunligi 40–45 sm, devori – ichki shilliq qavat, o‘rtasidagi muskul qavat va tashqi ko‘chuvchi to‘qima qavatdan tuzilgan.
  • Urug‘ tizimchasi (funiculus spermaticus) urug‘ chiqarish yo‘li va moyakni oziqlantiruvchi arterial qon tomirlar va ulardan ketuvchi venalar, limfa tomirlari va nervlarni birga ichki urug‘ fassiyasi o‘rashidan vujudga keladi. Urug‘ tizimchasi moyakdan chov kanali orqali qorin bo‘shlig‘iga o‘tadi. Qorin bo‘shlig‘ida urug‘ chiqarish yo‘li qon tomirlari va nervlardan ajralgan holda urug‘ otuvchi kanalchalarga o‘tadi.
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling