Fan o’qituvchisi: Rahmonov S


Download 1.3 Mb.
Sana24.04.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1395669
Bog'liq
Sharifabonuning Mutaxassislikka kirish fanidan tayyorlagan dars ishlanmasi

fAN o’qituvchisi:Rahmonov S.

Samarqand shahar O’zbekiston Finlandiya Pedagogika institutining Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-bosqich 106-guruh talabasi Kobilova Sharifabonning Mutaxassislikka kirish fanidan tayyorlagan “Dars ishlanmasi”.

2-sinf Fan:Ona tili va O’qishsavodxonligi(1-qism) Sana:25.11.2022 Sinf: 2-”A” Mavzu:Tanamizni o’rgnanamiz(90-97-betlar) Darsning texnologik xaritasi


O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod:suhbat, “savol-javob”metodi,
Shakl:jamoa , guruhda ishlash, hamma o’zi uchun.
Jihoz: darslik,rasmli ko’rgazmalar,tarqatma savollar
Nazorat:O’quvchining darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.

Darsning maqsad va vazifalari:

O’quvchi shaxsini fikrlashga, o’zgalar fikrini anglashga, o’z fikrini og’zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qilishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish.

Tayananch kompetensiyalar:

K-1: Ko’rgan lavhalardan ma’lumotlar yig’ish; televizor,telefondan to’g’ri foydalanish.
K-2: Sinfda va oilasida o’z o’rniga ega bo’lish; o’zidan kattalarga,o’rtoqlarga va o’zidan kichiklarga yordam berish.
K-3: Orasta kiyinish; ozodalikka rioya qilish;milliy bayramlarni bilish.
K-4: Kundalik faoliyatda turli chzmalarni chiza olish; o’z tanasini anlash: biologiyadan dastlabki tushunchalarga ega bo’lish.

T/r

Dars bosqichlari

Bajariladigan ish mazmuni

Bajariladigan ish shakli

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

O’quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.

Suhbat.

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

O’tilan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.

Savol-javob.

10 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

Tanamizni o’rganamiz.

Ko’rgazmalilik.

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Ona tili daftari bilan ishlash.

Daftar bilan ishlash.

10 daqiqa

5

Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’bar
tlantirish

Uyga vazifani tushuntirish

Rag’batlantirish.

2 daqiqa

Dars jarayoni va texnologiyasi

.

Maqsadlar:

Ta’limiy maqsad:So’zlarni to’g’ri qo’llay olish.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni ozoda yurishga undash.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning so’z boyligini o’stirish, fikrlash,xulosa chiqarishga o’rgatish, o’z tanasini anglay olish, sog’ligiga e’tibor berish.

Dars o’tish jarayoni

I.Tashkiliy qism:Salomlashish, yo’qlama qilish, O’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.

II.O’tilgan mavzuni takrorlash:

1.O’quvchilarning daftari ko’rib chiqiladi.

2.Suhbat jarayonida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.

III. Yangi mavzu bayoni:

Inson tanasi qismlari

Insondagi tana a’zolari

She’rni o’qing.

  • Shamol nega shamollamas?
  • Shamol nega shamollamas,
  • Chuchkirmas yo yo'talmas?
  • Og'rimaydi boshi hatto,
  • Issig'i ko'tarilmas?
  • Uchramaydi doktorga ham,
  • Ehtiyoj yo'q doriga.
  • Aytolmaydi hech kim - shamol
  • Qachon, qay payt og'rigan.
  • O'ylab-o'ylab bildimki, u
  • Rostdan polvon shamoldir.
  • Ko'p yugurib turganidan
  • Sog'lom ham barkamoldir.

97-betdagi 1-mashqni bajaramiz

  • Bo'sh o'rinlarga berilgan so'zlardan mosini qo'-
  • yib, matnni o'qing.
  • Mushak, yurak, nafas, tana
  • Odam. Tana sida 600 dan ortiq mushak bor. Mushaklar
  • suyaklarni bir-biriga ulab, birlashtirib turadi. Masalan,
  • siz yugurishni xohlasangiz, bosh miya suyaklaringizga
  • emas, balki mushaklarga buyruq beradi.
  • Mushaklar bo'lmasa, hatto nafas
  • ham ololmaymiz.
  • Ko'krak gafasimizdagi mushaklar qisqarib-kengayib
  • nafas olishimizni ta'minlaydi.
  • Umr bo'yi tinmay urib turadigan
  • yuragimizni ham
  • mushaklar harakatlantiradi.

Matn asosida tuzilgan savollarga javob bering!

  • Mushaklar nima vazifani bajaradi?
  • Harakat qilishimiz uchun bosh miyamiz nima qiladi?
  • Nafas olishimizda mushaklar qanday yordam beradi?

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:

  • Ona tili va o’qish savodxonligidan mashq daftarida berilgan 1-2-3-mashqlarni bajaramiz.

V. Uyga vazifa

  • Ona tili va o’qish savodxonligidan mashq daftarida berilgan 4-mashqni uyda bajarib kelish.
  • Uyga vazifani qanday bajarish kerakligi tushuntirib beriladi.

Dars tugadi!

  • E’tiboringiz uchun tashakkur!

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling