Fan/modul kodi B4104O‘ztar o‘quv yili


Download 6.07 Mb.
bet1/11
Sana10.10.2023
Hajmi6.07 Mb.
#1697266
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O‘zbekiston eng yangi tarixi dastur






Fan/modul kodi
B4104O‘ZTAR

O‘quv yili 2023-2024

Semestr
7

EKTS- Kreditlar
4

Fan/modul turi
majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
4

1.



Fan nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

O‘zbekiston eng yangi tarixi

60

60

120

2.

  1. Fanning mazmuni

Fanning dolzarbligi Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy sohalarda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shuningdek, taʼlim sohasida ham bir qator islohotlar o‘tkazilib, barkamol avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan islohotlar rivojlantirilib borilmoqda. Bugun jahonda yuz berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning mazmun-mohiyatini tahlil etish, turli xil yot gʼoyalardan yoshlarni himoya qilish uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda taʼkidlash kerakki, oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekistonning eng yangi davri tarixini chuqur o‘rganish yosh mutaxassislarning bugungi davr siyosatini, jahon hamjamiyatidagi o‘rnini, davr qahramonlarini, ayniqsa o‘zining ham shu jarayon ishtirokchisi ekanligini to‘gʼri va to‘liq anglashi jamiyat taraqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi haqida so‘z ketganda, avvalo 1991 yildan beri mamlakatimiz bosib o‘tgan tarixiy yo‘lning mohiyati va ahamiyatini tushunish kerak. Ushbu jarayon qanday o‘tganini, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar va mustaqillikning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganligini tushunish muhimdir.
Ushbu dasturda O‘zbekistonning eng yangi tarixi, yaʼni O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining eʼlon qilinishi, mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy sohalardagi islohotlar va ularning bosqichlarini, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini, xalqaro munosabatlar, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʼrikenglikni taʼminlash, tinchliksevar tashqi siyosat kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib beriladi.

Download 6.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling