Farmatsevtika faoliyatini muvofiqlashtiruvchi qonun osti hujjatlari


Download 45.99 Kb.
bet1/5
Sana12.03.2023
Hajmi45.99 Kb.
#1264520
  1   2   3   4   5
Bog'liq
FITQ AKROM



FARMATSEVTIK TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI
FARMATSEVTLARNI MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA
TAYYORLASH MARKAZI “FITQ” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Farmatsevtika faoliyatini muvofiqlashtiruvchi qonun osti hujjatlari.

Tayyorladi: A.Yadgarov


Raxbar: _____________
Toshkent 2023

Farmatsevtika faoliyatini muvofiqlashtiruvchi qonun osti hujjatlari.
Reja

  1. Kirish

  2. Huquqiy hujjatlar

2.1 Me‘yoriy (me‘yoriy)-huquqiy hujjatlar.
2.2 .Qonunlar va qonun osti hujjatlar.
2.3Idoraviy me‘yoriy-huquqiy hujjatlar
III.Xususiy meyoriy xujjatlar
3.1.Farmatsevtika sohasidagi me‘eriy (me‘yoriy)-huquqiy hujjatlar

  • Xulosa

  • Adabiyotlar ro’yxati


Tayanch iboralar: farmatsevtika faoliyati, dori vositalari, ishlab chiqaruvchi korxonalar, substansiyalar, qonun, qaror, farmoyish, buyruq, qonun osti hujjatlari. Me’eriy (me’yoriy)-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasining «Me‘yoriy-huquqiy hujjatlar to’g’risida» gi qonunida belgilangan shaklda qabul qilingan, umummajburiy davlat ko’rsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, o’zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat me‘yoriy - huquqiy hujjat deb hisoblanadi.
Me‘yoriy-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlari hisoblanadi va ular O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlar hisoblanadi.
Qonun osti hujjatlari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi va ularga quyidagi hujjatlar kiradi:

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishlari

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining me‘yoriy-huquqiy hujjatlari,

  • mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Vazirlar Mahkamasining me‘yoriy tusdagi yoki o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining tezkor va boshqa joriy masalalar bo’yicha qarorlari Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari shaklida qabul qilinadi. Idoraviy me‘yoriy-huquqiy hujjatlar Vazirlik, davlat qo’mitasi va idora tomonidan belgilangan tarzda qabul qilingan, umum majburiy davlat ko’rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o’zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatlar idoraviy me‘yoriy-huquqiy hujjatlar deb ataladi. Bu hujjatlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi. Idoraviy me‘yoriy-huquqiy hujjatlar buyruq va qarorlar tarzida qabul qilinadi.
Buyruqlar vazirlar tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi. Qarorlar davlat qo’mitalari tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilishni mazkur idoraning kollegial organi amalga oshiradigan idoralar tomonidan qabul qilinadi. Ikki yoki undan ortiq vazirlik va idoralarning idoraviy me‘yoriy-huquqiy hujjatlari qarorlar tarzida qabul qilinadi. Buyruqlar va qarorlar bilan ushbu buyruq yoki qarorning tarkibiy qismi bo’lgan nizomlar, qoidalar, yo’riqnomalar va boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin.
Nizomlarning asosiy mazmuni umumiy belgilar asosida birlashtirilgan munosabatlar majmuini tartibga solishga qaratilgan o’zaro tizimli bog’langan qoidalarni belgilashni nazarda tutadi. Qoidalarning asosiy mazmuni aniq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan alohida huquqiy normalarni belgilashni nazarda tutadi. Yo‘riqnomalarning asosiy mazmuni qonun hujjatlari qoidalarini qo’llash tartibini belgilashni nazarda tutadi. Idoraviy me‘yoriy-huquqiy hujjatlar muayyan muddatga (vaqtinchalik) yoki nomuayyan muddatga qabul qilinishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi Dori vositalari va tibbiy texnik sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasining tarkibidagi Ilmiy-uslubiy va axborot bo’limida farmatsevtika sohasidagi me‘yoriy-xuquqiy hujjatlarning to’plamlari nashr etiladi.
«O’zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati» me‘yoriy hujjatlar to’plami Giyoxvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi buyicha me‘yoriy hujjatlar tuplami
Hozirgi kunda quyidagi asosiy qonun va qonun osti hujjatlari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida farmatsevtika sohasini tartibga solib turadi:

    • Qonunlar «Fukarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida»gi qonun (29.08.1996 y.)

    • «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to’g’risida»gi qonun (25.04.1997 y.)

    • «Giyoxvandlik vositalari, psixotrop moddalar to’g’risida»gi qonun (19.08.1999 y)

    • «Iste‘molchilar xuquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonun (26.04.1996 y.)

    • «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida»gi qonun (25.05.2000 y.)

    • «Standartlashtirish to’g’risida»gi qonun (28.12.1993 y.) «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida» gi qonun (28.12.1993 y.)

    • «Davlat sanitariya nazorati to’g’risida»gi qonun (3.07.1992 y.) «Reklama to’g’risida»gi qonun (25.12.1998 y.)

    • «Xo’jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida»gi qonun (24.12.1998 y.)

3.1 Farmatsevtika faoliyatiga aloqador me‘eriy-huquqiy hujjatlar Vazirlar Mahkamasining qarorlari:
Dorivor vositalari, tibbiy buyumlar va davolash-profilaktik oziq-ovqatlar ustidan davlat nazoratini tashkil etish to’g’risida (№ 181 1995 y. 25 may)
Tibbiy faoliyatni va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash to’g’risida (№ 477 2003 y. 31 46 oktyabr

Download 45.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling