Одоб ахлоқ кодекси янгиси
Download 54.87 Kb. Pdf ko'rish
|
одоб ахлоқ кодекси янгиси2022.07.05
- Bu sahifa navigatsiya:
- Universitet - 2022 2 1-bob. Umumiy qoidalar 1
1 “TASDIQLAYMAN” BuxDU kengashining raisi ___________O.X.Xamidov “7” may 2022 yil Buxoro davlat universitetining ODOB-AXLOQ KODEKSI Universitet - 2022 2 1-bob. Umumiy qoidalar 1- modda. Ushbu kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar Ushbu Kodeks Buxoro davlat universiteti (keyingi o‘rinlarda – Universitet) pedagog va boshqa xodimlari, talabalari, doktorantlari (keyingi o‘rinlarda – xodim, talaba va doktorant) kasbiy odob-axloqining tamoyillari, normalari, ta’lim jarayoni va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi. 2- modda. Odob-axloq kodeksining maqsad va vazifalari Odob-axloq kodeksining maqsadlari: xodim, talaba va doktorantlarda umumiy madaniyatni rivojlantirish; Universitet xodim, talaba va doktorantlarining zamonaviy imijini shakllantirish; xodim, talaba va doktorantlarni Universitet va uning qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash; ta’lim muassasasi odob-axloqi tushunchasini takomillashtirish va Universitetda tashqi ko‘rinish va xulq-atvorga bo‘lgan talablarga oid yagona yondashuvni ishlab chiqishdan iboratdir. Odob-axloq kodeksining vazifalari quyidagilardan iborat: huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, xodim talaba va doktorantlar orasida odob-axloq qoidalarini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan nomaqbul hatti-harakat, jumladan, zo‘ravonlik, shafqatsizlik va hayosizlikni targ‘ib va tashviq qilish, shuningdek, turli salbiy illatlar va milliy mentalitetimizga yot bo‘lgan g‘oya va qarashlar, ekstremizm, separatizm, fundamentalizm va “ommaviy madaniyat”ning ta’sir hamda xurujlaridan himoya qilish; mazkur nomaqbul xatti-harakatlar sodir etilishining sabab va shart- sharoitlarini aniqlash va ularni bartaraf etish; xodim, talaba va doktorantlarni yuksak huquqiy ong, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga qat’iy rioya qilish ruhida tarbiyalash; xodim, talaba va doktorantlarda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini doimo hurmat qilish va himoya qilish ko‘nikmasini shakllantirish va yuksaltirish; xodim, talaba va doktorantlarda vatanparvarlik, yuksak ma’naviy- axloqiy fazilatlarni shakllantirish va ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash; Universitetda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish va rivojlantirish; Universitet xodim, talaba va doktorantlarida tashqi ko‘rinishga oid madaniyatni shakllantirish uchun sharoitlar yaratish; Universitetning davlat va jamiyat hayotidagi hamda ta’lim tizimidagi nufuzi, obro‘-e’tiborini asrab-avaylash va yanada oshirish. 3 Download 54.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling