Favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash ma’lumotlarini, shuningdek, ularning yuzaga kelganligi va oqibatlari to‘g‘risida doimiy va avtomatlashtirilgan axborot almashinuvini ta’minlash


Download 46.7 Kb.
bet1/8
Sana05.01.2022
Hajmi46.7 Kb.
#228028
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
jahongir 1111222
1-Topshiriq Fizika I (Maruza) 120-20, 19 - маъруза, 11-маъруза, Kompyuterdin\' sirtqi qurilmalari, Suw organizminin\' migratsiyasi, Ajrat va hukmronlik qil, 7.53.0, Nazarova N, fan oyligi-2020, Ochiq tizimlarda entropiyaning lokal kamayishi, 1, amaliyot yuzi, wozbekstan respublikasi konstituciyasin uyreniw , Plan Aysara



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini tashkil etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni talablarini bajarish, tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shuningdek, ularning oqibatlarini monitoring qilish, axborot almashish va prognozlash tizimli olib borilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi tarkibiga kiruvchi vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini (keyingi o‘rinlarda Yagona tizim deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Quyidagilar Yagona tizimning asosiy vazifalari etib belgilansin:

tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarga (keyingi o‘rinlarda favqulodda vaziyat deb ataladi) olib keluvchi potensial manbalarni barvaqt aniqlash, ular bo‘yicha tizimli kuzatuv va nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash ma’lumotlarini, shuningdek, ularning yuzaga kelganligi va oqibatlari to‘g‘risida doimiy va avtomatlashtirilgan axborot almashinuvini ta’minlash;

favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning rivojlanish ehtimoli xususiyati va ko‘lamini oldindan prognozlashtirish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, ularning oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

3. Quyidagilar:

Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimining tashkiliy-funksional tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Yagona tizim tuzilmasiga kiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari uch oy muddatda:

favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning yuzaga kelish xavfi ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda monitoring qilish, axborot almashish va prognozlash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsinlar va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlasinlar;

Yagona tizim joriy etilishini hisobga olgan holda “Elektron hukumat” tizimi doirasida shakllantirilgan idoraviy axborot tizimlarining funksiyalarini takomillashtirsinlar;

umumiy cheklangan shtatlar soni hamda budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida boshqaruv apparatlari, hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tuzilmalariga Yagona tizim doirasida belgilangan vazifalarni bajarishga mas’ul mutaxassislar shtat lavozimlarini joriy etsinlar.

5. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda:

Yagona tizim tuzilmasiga kiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari orasida alohida himoyalangan axborot almashinuvi kanali tashkil etilishini va uzluksiz ishlashini;

Yagona tizimni “Elektron hukumat” tizimining markaziy ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlari komplekslariga integratsiyalashni ta’minlasin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi aloqador vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2017-yil 28-dekabr,

1027-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1027-son qaroriga


1-ILOVA

Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimining


Download 46.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling