Dariy sistemaning tuzilishi
Download 13.96 Kb.
|
davriy sistemaning tuzilishi
Aim.uz Dariy sistemaning tuzilishi Elementlar davriy sistemasi davriy qonunning grafik tasviridir. Hozirgi paytda elementlar davriy sistemasida 110 ta element keltirilgan. D.I.Mendeleyvning 1869 yilda taklif etgan uzun shakldagi jadvalda davrlar bir qatorga joylashgan edi. 1870 yilda D.I.Mendeleyv davriy sistemaning ikkinchi xili qisqacha shaklni e’lon qildi. Bu sistemada davrlar qatorlarga, guruhlar bo’lsa asosiy va qo’shimcha guruhldrga bo’lingan. Hozirgi paytda davriy sistemaning 500 xili ma’lum bo’lib, ulani ichida eng ko’p qo’llaniyotgani D.I.Mendeleyv taklif etgan variantlar hisoblanadi. Qisqa shakldagi davriy sistemaning eng asosiy kamchiligi xossalari keskin farq qiladigan asosiy va qoshimcha guruh elementlarinig bir girhda joylashganligidir. Shuning uchun ham ba’zan davriy jadvalning uzun shakli ko’proq ishlatiladi. Ba’zan jadvaldagi lantanoidlar va aktinoidlar jadvalda alohida qatorga joylashtirilib, davriy sistema yarim uzun variantga aylantirilgan. Davriy sistemada xossalari o’xshash elementlar guruhlarga bo’lingan. Elementlar davrlarga ham bo’lingan bo’lib davrlar ishqoriy metallardan boshlanib tipik metallmaslar bilan tugallanadi. D.I.Mendeleyvning davriy jadvalida ettita davr bo’lib, faqat birinchi davrda ikkita element joylashtirilgan( vodorod va geliy). Qolgan davrlar ishqoriy metallardan boshlanib, inert gaz bilan tugallanadi. 2- va 3- davrlar kichik davrlar hisoblanadi va ularda 8 tadan element joylashgan. 4-,5-,6- davrlar bo’lsa katta davrlar deyiladi. 4- va 5- davrlarda 18 tadan element bor bo’lgan holda, 6-davrda 32 element joylashtirilgan.Oxirgi 7-davr tugallamagan davr hisoblanib, bu davrda unda hozir 24 ta element keltirilgan. Bu davr tugallanishi uchun unga yana 10 ta element etishmaydi. 6-davrdagi elementlar tarkibiga 14 ta element kiritilgan bo’lib, ular lantanoidlar deyiladi. Bu elementlar lantandan keyin keladigan elementlar, ular o’xshash kimyoviy xossalarga ega. Shunga o’xshash 7-davrga 14 element- aktinoidlar kiritilgan. Bu elementlarning barcha xossalari aktiniyga o’xshaydi. Ba’zan aktinoidlarning xossalari lantanoidlarga ham o’xshab ketadi. Elementlar davriy jadvalida vertikal joylashgan elementlar qatori kimyoviy xossalari o’xshash bo’lib, ular guruhlar deyiladi. Guruhlar asosiy(A) va qo’shimcha(B) guruhlarga bo’lingan. Davriy jadvalda guruhlar soni 8 taga bo’lingan. Bosh guruhcha elementlari kichik davrlardan, qo’shimcha guruh elementlari katta davrlardan boshlangan. Ko’pchilik bosh va qo’shimcha guruh elementlari orasida kimyoviy o’xshahslik va o’ziga xos tafovutlar uchraydi. Barcha elementlar ichida vodorod o’ziga xos xossaga ega bo’lganligi tufayli u davriy jadvalda ham I guruhga ham 7-guruhga joylashtirilgan. Vodorod xossalari jihatidan metallarga ham o’xshab ketadi, galogenlar bilan birikmalar hosil qiladi. Metallar bilan hosil qiladigan birikmalarda bo’lsa metallmaslarga o’xshaydi. I va II A guruhcha elementlari (VIII guruhdagi geliy ham) s- elementlar, qolgan III-VIII guruhcha elementlari p-oila elementlari hisoblanadi. D-elementlar katta davrda joylashgan, ular qo’shimcha (B) guruhcha elementlariga kiritilgan. Litiydan ftorga qarab elementlarning metallik xossalari kamayib, metallmaslik xossalari ortib boradi. Nodir gazlar tipik metallmaslar bilan metallarni ajratuvchi chegara hisoblanadi. Birinchi davrdagina shunday qonuniyat kuzatilmaydi. Katta davrlarda elementlarning xossalari kichik davrdagilardan ko’ra sust o’zgaradi. Download 13.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling