Darsning maqsadi: Yer osti suvlarining asosiy xususiyatlari, tarkibiy qismlari, ishlab chiqarish taraqqiyotidagi o’rni haqida bilim berish. Darsning vazifasi
Download 0.89 Mb.
|
yer osti suvlari 5-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
- Dars rejasi
- Artezian suvlari.
Geografiya fanidan Yer osti suvlari mavzusidagi dars ishlanmasi. 5-sinf
O’qituvchi: Abdullayeva G.R Mavzu: Yer osti suvlari. Darsning maqsadi: Yer osti suvlarining asosiy xususiyatlari, tarkibiy qismlari, ishlab chiqarish taraqqiyotidagi o’rni haqida bilim berish. Darsning vazifasi: O’quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog’lay olishini, ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirish. Tabiatga mehr uyg’otish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Mustaqil ishlash va u orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o’rgatish, fanga qizig’ishni orttirish. Dars o’tish usullari: “Aqliy hujum”, “Interfaol” . Dars jihozlari: Globus, mavzuga oid rasmlar, atlas, xarita. Atama va tushuncha: Qatlamlar orasidagi suv, artesian quduq, grunt suvlari, buloqlar. Dars rejasi: Tashkiliy bosqich 3daqiqa Nazorat bosqichi 12 daqiqa Yangi mavzu bayoni 15 daqiqa Mustahkamlash 10 daqiqa Uyga vazifa 5 daqiqa O’quvchilar guruhlarga bo’lib o’tqaziladi.Uyga vazifa so’rab baholanadi va yangi mavzu tushuntiriladi. Yer po’sti yuza qismidagi tog’ jinslarning g’ovak, bo’shliq va yoriqlaridagi suvlar yer osti suvlari deyiladi. Suvning yerga tez yoki sekin shimilishi tog’ jinslarning g’ovaklik darajasiga bog’liq. Masalan: shag’al,qum suvni yaxshi o’tkazadi.Shuning uchun shag’al, yirik qum, qum suvni o’tkazuvchi jinslar deyiladi.Granit, ohaktosh, qumtosh, gil singari jinslar suvni yahshi o’tkazmaydi. Shunga ko’ra ular suvni o’tkazmaydigan jinslar deb ataladi. G’ovakliklarda suv bo’lgan qatlamlar suvli qatlamlar deyiladi.Ikkita suv o’tkazmaydigan qatlam orasida joylashgan suvli qatlam suvi qatlamlar orasidagi suv deyiladi. Agar tog’ jinslari qatlamlari tovoq shaklida bo’lsa, yer osti suvlari bosimli bo’ladi. Bunday joylarda burg’ qudug’idan suv favvora hosil qilib, otilib chiqadi.Bunday quduqlar artesian quduqlar deyiladi. Yer yuzasidagi g’ovak jinslar orasidagi suvlar gurunt suvi deb ataladi.Grunt Suvlari sathi qish va bahorda qor erib, yomg’ir ko’p yog’ib turganligi sababli yuqori bo’ladi. O’quvchilar o’zlari bilgan ma’lumotlarni ,qo’shimchalarni ham bayon qilishadi.Test topshiriqlari beriladi. O’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanadi. Uy vazifasi: Mavzuni o’qish,mineral suvlar ro’yxatini tuzish. Artezian suvlari. Buloq suvi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling