Xalqlarining musiqa adabiyoti
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
MDH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simfoniya №2 c moll op.17.
- Simfoniya №4 f moll.Op.36.
- Simfoniya №6. h moll.Op. 74.
- 6 ta simfoniya. “Manfred”dasturli simfoniyasi. Bir qismli simfonik asarlar
- 3ta Fortepiano va orkestr uchun kontsert
- Sergey Ivanovich Taneyev (1865-1915)
- Aleksandr Konstantinovich Glazunov (1865- 1936)
- Sergey Vasilyevich Raxmaninоv (1873-1943)
- Fortepiano ijodi.
- Fоrtepianо va оrkestr uchun 2chi kоntsert (c-moll).
- 2-qism.
- «Aleko» operasi Bir pardali opera Libretto muallifi V.Nemirovich-Danchenko.
- Igor Fyodorovich Stravinskiy ( 1882- 1971)
- Sergey Sergeyevich Prokofyev
Uch pardali balet Libretto mualliflari : V.Begichev, V. Geltser. Sahnalashtiruv : M.Petipa, L.Ivanov. Rassomlar : I.Andreyev, M.Bocharov, G.Levot, Ye. Ponomaryov. I chi namoyish : Peterburg, Mariin teatri 1895 yil, 15 yanvar kuni. Qatnashuvchilar: Odetta–oq qushlar qirolichasi. Odilliya- Rotbardning qizi. Rotbard ritsari- yovuz daho. Malika. Zigfrid, malikaning o’g’li,shohzoda. Benno-shohzodaning murabbiysi. Tserimoniymeyster. Gerold. Saroyqoshidagilar, mehmonlar, pajlar (soqchilar), dehqonlar, hizmatkorlar. Oq qushlar va oq qushchalar. Qasr oldidagi bog’. Benno oshnalari bilan birga shahzoda Zigfridga qarab turishibdi. Ular uni voyaga yetganligini nishonlamoqchi. Volfgang jo’rligida Zigfrid kirib keladi. Bazm boshlanadi. Dehqonlar ham Zigfridni tabriklamoqda. Hamma raqsga tushadi. Yug’urib kelgan xizmatkorlar Malika- onaning kelganini habar berishadi. Zigfrid onasini qarshi oladi. Onasi o’g’li bilan mehr bilan ko’rishib, ertaga balda u o’ziga kelin tanlab olish kerakligi haqida yana bir bor eslatib o’tadi. Malika ketadi. Zigfrid hayron, u ham hech kimni sevmaydi, o’z erkinligini yo’qotishdan cho’chib turadi. Kech kiryapti. Osmonda oq qushlar to’dasi parvoz qilmoqda. Yigitlar ovga chiqib kunni tugatmoqchilar. Yovoi joy. Uzoqroqda ko’l yaltirab turibdi. Cherkov ko’rinmoqda. Oydin kecha. Ko’lda mag’rur oq-qushlar to’dasi suzmoqda. Boshida – toj toqqan oq qush. Zigfrid va Benno ovchilar bilan paydo bo’lishadi. Oq qushlarni ko’ribla, ularga kamon otmoqchi. Oq qushlar uchib ketishadi. Cherkov atrofi nurga to’lib ketadi. Oq qushlar qizlarga aylanib, Zigfrid va Benolardan ularni o’ldirmaslikni iltimos qilishadi. Zigfrid oq qushlarni ko’rib, go’zalligidan hayratda qoladi. Qiz yovuz daho ularni
58
sehrlab qo’ygani, ular jodugarning bahtsiz qurbonlari, quyosh chiqsa oq qushga aylanib, uchadi, quyosh botgandagina qizlar qiyofasida yurishadi. Qachonki , kimki Odettani chindan sevib qolsa , o’shandagina hamma jodular yo’qolib ketadi va u o’z xolatiga qaytadi. Zigfrid har dakiqa bilan Odettani qattiq sevishni boshlaydi.U uni sodiq va mangu sevishga qasam beradi. Tong otib, Odetta Zigfrid bilan hayrlashadi, ko’lda yana oq qushlar paydo bo’lib, ular ustida esa qora qush – Rotbard-jodugar uchib turadi. Saroydagi bal. Malika va Zigfrid tantanali chiqishadi. Mexmonlar ta’zim qilmoqda. Birin-ketin Zigfrid va uning onasi oldidan qizlar o’tib ketmoqda. Xech qaysi biri yigit yigitning yuragini jiz etmaydi. Xayoli faqat sehrlangan qizda. Qarnaylar yangi mexmonlar kelgani haqida darak bermoqda. Zolda ritsar Rotbard baydo bo’ladi. Aslida bu yovuz daho, jodugar. U Rotbard kiyofasiga kirib olgan bo’ladi. U bilan birga-Qizi Odilliya. Zigfrid o’zini yo’qotib qo’yadi, chunki Odilliya Odettaga juda o’hshab ketadi. Lekin nimadir yovuz, qo’pol va o’hshashlikni buzib turibdi. Qo’l xarakatlarida nafislik yoq. Odilliya Zigfridga kulib boqadi va u unga qo’lini uzatadi. Demak tanlov bitti. Odilliya endi Zigfridning qaylig’i. Zigfrid onasiga va Rotbardga uylanmoqchi ekanligini aytadi. Muxabbat qasam yodini bildirib bo’lganidan so’ng derazaga urinib turgan oq qushni payqab qoladi. Hamma yo’qni tushunib, Zigfrid afsusda, pushaymon bo’lib zoldan yugurib chiqib ketadi. Hamma hayron. Yana ko’l sohili. Qizlar Odettaga qarab turishibdi, u kelib, ularga xiyonat haqida gapirib beradi. Endi ular hech qachon jodu sehridan qutila olmaydi. Zigfrid keladi. Bilmasdan xiyonat qilib qo’yganini, tushuntiradi. Seviqli va sevadigan qiz yigitning har bir so’ziga ishonadi, lekin ilojosi qancha, endi u vafot etishi kerak, Zigfrid esa Odilliyaga ya’ni Rotbardning qiziga uylanishi shart, chunki hamma oldida (ko’pchilikni oldida ) so’z bergan. Lekin oldanib qolgan Zigfrid Odettadan ketolmaydi. Ularni muhabbat kuchi bog’lab turibdi. Rotbardning jahli chiqib, ularni ajratmoqchi bo’ladi. Ammo befoyda. Muhabbatning buyuk qudratiga bardosh bera olmagan jodugar o’lib ketadi. Odetta va Zigfrid tog’ choqqisiga chiqib, o’zini ko’lga tashlaydi. Suv osti podsholigi sehrli nurga to’lib ketadi. Zigfrid va Odetta boqiy, mangu baht qasriga intilib ketmoqda.
59
P.I.Chaykovskiy Simfonik ijodi Simfoniya №1 g-moll op.13. I qism -Allegro tranquillo. 2.qism -Andante kantabile. 3.qism -Allegro scherzando giocoso. 4.qism -Finale.
Simfoniya №2 c moll op.17. 1. qism -Andante sostenuto. 2.qism- Andante marciale. 3.qism -Scherzo. 4.qism- Finale. Simfoniya №3 D dur Op.28.
1.qism- Allegro brillante. 2.qism- Allegro moderato. 3.qism -Andante. 4.qism -Allegro vivo. 5. qism -Finale.
Simfoniya №4 f moll.Op.36. 1.qism -Moderato con anima. 2.qism -Andantino in modo di canzone. 3.qism -Allegro. 4.qism -Finale. Allgro con fuoco.
1.qism -Andante. 2.qism -Andante cantabile. 3.qism -Allegro moderato. 4.qism -Finale.
60
Simfoniya №6. h moll.Op. 74.
1.qism- Adajio -Allegro non troppo- Andante- Moderato mosso-Andante- Moderato assai -Allegro vivo Andante come prima -Andante mosso 2.qism -Allegro con grazia. 3.qism -Allegro mollto vivache. 4.qism -Finale. Adajio lamentoso-Andante. 5. qism -Allegro molto vivace.
Uvertyura F dur. “Fatum” simfonik fantaziyasi. Op.77. “Romeo va Julyetta” uvertyura –fantaziyasi. “Bo’ron” fantaziyasi.op.18. “Slavyan marshi”.op.31. “Italyancha capriccio”.op.45. “1812 yil Tanatnali uvertyurasi”. op. 49. “Hamlet” uvertyura-fantaziyasi. “Voyevoda” simfonik balladasi. Asosiy asarlar ro’yxati 10ta opera – 1. “Voyevoda”. 1868. 2. “Undina”. 1869. 3. “Oprichnik”.1872. 4. “Temirchi Vakula” (Cherevichki). 1874. 5. “Orlean qizi”.1879. 6. “Yevgeniy Onegin”.1879. 7. “Mazepa.”1883. 8. “Charodeyka”.1887. 9. “Pikovaya dama”.1890. 10.“Iolanta”.1891-1892.
1.“Oq qush ko’li”. 1875-1887. 2.“Uyqudagi go’zal”. 1889-1890. 3.“Shelkunchik”.1892. A.N.Ostrovskiyning “Qorqiz” bahoriy ertagiga musiqa.
61
6 ta simfoniya. “Manfred”dasturli simfoniyasi. Bir qismli simfonik asarlar : “Romeo va Julyetta” uvertyura- fantaziyasi. “Gamlet” uvertyura- fantaziyasi. “ Bo’ron” fantaziyasi. “Francheska da Rimini” fantaziyasi . “Italyancha kapriccio”. “Torli orkestr uchun serenada”. 3ta simfonik syuitalar. “Motsartiana” (4chi syuita).
Skripka va orkestr uchun kontsert. Rokoko mavzusiga violonchel va orkestr uchun variatsiyalar.
“ Buyuk musavvir xotirasiga”. Fortepiano triosi. “Florentsiya haqida xotiralar” torli seksteti. 100 tadan ortiq pyesalar, shu jumladan “Bolalar albomi”,“Yil fasllari” nomli turkumlar, 2ta sonata, valslar, mazurkalar, skertso, va boshqa asarlar. 100 ta romans .
62
63
Sergey Ivanovich Taneyev (1865-1915)
Rus kompozitori, pianinochi, olim, pedagog. Moskva konservatoriyasini N.G.Rubinshteyn va P.I.Chaykovskiy rahbarligida tamomlagan. Uzoq yillar davomida Taneyev Moskva konservatoriyasining professori va direktori bo’lib ishlagan. Taneyevning shogirdlari qatorida S.V. Raxmaninov, A.N. Skryabin, N.K.Metner, R.M.Glier, Z.P. Paliashvili, K.N. Igumnov, A.B.Goldenveyzer kabi mashhur san’atkorlar. Sergey Ivanovich Taneyev yakkaxon pianinochi, Chexiya kvarteti tarkibida ijrochi sifatida gastrollarda qatnashib, Rossiya, Chexoslovakiya, Avstriya, va Germaniya kabi mamlakatlarda elga tanilgan. Taneyev ijodiy merosiga Esxil asari bo’yicha “Oresteya” nomli opera- trilogiyasi; “Ioann Damaskin” kantatasi, va “Po prochtenii psalma” kabi asarlar kiradi. Shuningdek to’rtta simfoniya, ular ichida eng mashhur (“ Do minor “ simfoniyasi), 10 kvartet, fortepiano uchun kvartet, kvintet, trio va boshqa asarlar. Undan tashqari 35 ta jo’rsiz xor, 40 tadan ortiq romanslar, xalq qo’shiqlarining qayta ishlanmalari va boshqa asarlar. Musiqasi chuqur tafakkur, mazmun –mohiyat boyligi, falsafaviy yo’naltirish va noyo’b polfonik mahorati bilan ajralib turadi.Taneyev qator qimmatli nazariy ishlar muallifidir. Shu jumladan jahon mashhurligini egalagan “Podvijnoy kontrapunkt strogogo pis’ma” nomli asarni yozgan.
Glazunov balet janrini ham iqtidorli asarlar bilan boyitgan. «Raymonda»–eng afzal mumtoz (klassik) baletlardan biri, Chaykovskiy, Prokofyev, Stravinskiy yaratgan baletlar bilan bir qatorda munosib o’rin egallab turadi. Glazunovning ijodi 80chi yillarda shakllangan. U «Qudratli to’da» kompozitorlari, shuningdek, Chaykovskiyning rus
musiqa klassik
an’analarining davomchisidir. Glazunov musiqasi mazmun kenligi, boy va sahiy kuychanligi bilan ajralib turadi. 1899 yilda Glazunov Peterburg konservatoriyasining professoriga aylanadi. 1906 yildan to 1928 yilgacha uzluksiz Peterburg konservatoriyasining direktori lavozimini egallab kelgan. 1922 yilda ijodiy faoliyatining 40 yilligi munosabati bilan va sovet musiqa madaniyatiga qo’shgan hissasi uchun Glazunov rossiya Federatsiyasining xalq artisti fahriy unvoni bilan taqdirlangan. Rus musiqa san’ati tarihida Glazunovning roli juda yuksak.Atoqli simfonist , u boshqa janrlardagi asarlarni yaratib ham qimmatli hissa qo’shgan .Glazunov ustozlik mrhnati bilan ham mashhur. U ko’plab 64
shogirdlar chiqarib, ular esa o’z navbatida ustozining ishi va klassik an’analarining davomchilariga aylangan. Aleksandr Nikolayevich Skryabin (1872-1915) Rus kompozitor, pianinochi. Moskva konservatoriyasini tamomlagan. U yerda S.I.Taneyevda musiqa nazariyasi bo’yicha, A.S.Arenskiydaesa kompozitsiyadan ta’lim olgan.V.I.Safonov unga fortepianodandars bergan. 5 yil davomida Aleksandr Skryabin xuddi shu konservatoriyada fortepiano sinfi bo’yicha professor bo’lib ishlagan. Rossiyada va horijda pianist sifatida muvvafaqiyat bilan kontsertlar berib tez orada mashhur bo’lib qolgan. Skryabinning ijodiy merosi 200 ta asardan ortiq. Ayniqsa fortepiano musiqasi sohasida (10 ta sonata, 19 ta poema, 90 ta prelyudiya, 26 ta etyud, mazurkalar, valslar,va h.k.) . Skryabin -fortepiano uchun kontsert, 3 ta simfoniya, juda taniqli «Ekstaz poemasi», «Olov» poemasi (Prometey) kabi asarlarning muallifi. Skryabin musiqasi o’zigaxoslik, tafakkurning chuqqurligi bilan ajralib turadi. U emotsiyalarning (xis tuyg’ular) keng doirasini qamrab oladi; nozik, nafis lirizmdan, ta’sirchanlik, ko’ngilchanlikdan tortib to shijoatli dramatizm va pafosgacha o’sib boradi.
Sergey Vasilyevich Raxmaninоv (1873-1943)
XIX-asrning оxiri va XX-asrning bоshlarida ijоd qilgan S V Raxmaninоv taniqli kоmpоzitоr, fоrtepianо ijrоchisi, dirijyor bo’lgan. U 1873-yil 20-mart Nоvgоrоd guberniyasining Оneg degan jоyida tug’iladi. Uning оta- оnasi rus ziyolilaridan bo’lib, оnasi Mоskva kоnservatоriyasini tugatgan pianinоchi bo’lgan. Raxmaninоvga оta- оnasi musiqa ma`lumоtini оlish uchun Petergburg kоnservatоriyasiga o’qishga berishdi.Mоskva kоnservatоriyasini prоfessоri Zilоti maslahati bilan Raxmaninоv o’qishni 1885 yilda Mоskva kоnservatоriyasiga ko’chiradi. Raxmaninоv shu kоnservatоriyaning ikkita bo’limini 1891-yilda Fоrtepianо, 1892-yilda- kоmpоzitsiyani tugatadi.O’qish davrida yozgan asarlaridan fоrtepianо bilan оrkestr uchun kоntserti va bir aktli «Alekо» оperasi ajralib turadi. Shu оperasini kоmpоzitоr diplоm ishi uchun 17 kun ichida yozgan. Kоnservatоriyani tugatgandan so’ng rоmanslar «Ne pоy, krasavitsa pri mne», «Оstrоvоk», «Vesennie vоdi’» fоrtepianо uchun etyudlar- manzaralar,
65
«Muzikalni’ye mоmenti’» pyesalari, Chaykоvskiyga bag’ishlab «Elegicheskоe triо», simfоnik оrkestr uchun syuita, fantaziya, birinchi «Qish hayollari» nоmli simfоniyasini va bоshqa asarlarni yaratadi.1890-yillardan Raxmaninоv mashhur pianinоchi deb taniladi. 1897-yilda musiqa san`atiga qiziqgan savdоgar Mamоntоvning shaxsiy teatrida dirijyor bo’lib ishlaydi. 1899-yilda birinchi marta chet elga, Lоndоnga kоntserti bilan sayoxat qiladi. 1900-1910-yilgacha Raxmaninоv 2-ta fоrtepianо bilan оrkestr uchun kоntsertlarini, «Vesna» nоmli kantatasini, «Skupоy ri’tsar », «Francheska da Rimini» оperalarini yozadi. 1904-1906 yillarda Raxmaninоv Mоskvadagi Katta teatrda dirijyor bo’lib ishlaydi, chet el va rus kоmpоzitоrlar оperalarini sahnalashtirib, keng auditоriyaga tanishtiradi. 1906-yilda kоmpоzitоr chet elga uch yillik sayoxatga chiqadi. Shu yillar davоmida ikkinchi simfоniyasini, «Оstrоv myortvi’x» nоmli simfоnik pоemasini, uchinchi fоrtepianо bilan оrkestr uchun kоntsertini, «Mоnna Vanna», «Salambо» оperalarini, prelyudiyalarini, ikkinchi daftarda etyudlar- manzaralar va bоshqa asarlarni yozadi. Chet eldan qaytib kelgandan keyin Rus musiqa jamоasida inspektоr bo’lib ishlaydi va dirijyor sifatida kоntsertlarda chiqadi. Revоlyutsiyadan keyin (1917y.), 1918-yilda, Raxmaninоv оilasi bilan Shveytsariyaga, keyinchalik AQShga ko’chib bоradi. Chet elda kоmpоzitоr juda kam ijоd qiladi va ko’pincha kоntsertlar bilan chiqadi. Chet elda yozgan asarlaridan 3-chi simfоniyasi va оrkestr uchun yozgan «Simfоnik raqslari» ajralib turadi. Ulug’ Vatan urushi davrida kоntsertlaridan yig’ilgan darоmadni o’z Vatani armiyasi fоndiga (jamg’armasiga) yubоradi. Raxmaninоv 1943-yil 28martda AQShda Kalifоrniya shtatining Beverli-Xilz jоyida vafоt etadi.
S.V.Raxmaninоv ijоdida fоrtepianо uchun yozilgan asarlar asоsiy o’rin egallaydi. Kоmpоzitоrni fоrtepianо asarlarini ikkita guruxga bo’lish mumkin. 1.Yirik shaklda yozilgan asarlar. 2.Mayda shaklda yozilgan asarlar. Birinchi gurux yirik asarlariga 4 ta fоrtepianо bilan оrkestr uchun yozilgan kоntsertlari, «Nikkоlо Paganini mavzusiga rapsоdiya», «Shоpen va Kоrelli kuylariga variatsiyalar», ikkita sоnata, bоshqa kоmpоzitоrlar asarlariga trantskripiyalar. Ikkinchi guruxga mayda shaklda yozilgan asarlar kiradi: etyudlar- manzaralar (uchta daftarda, 17ta), «Musiqiy daqiqalar» (оltita p`esa 66
to’plami), 24ta prelyudiya, dasturli p`esalar-«Nоktyurn», Melоdiya», «Serenada» va bоshqa.
S. V . Raxmaninоv yozgan 4ta kоntsertdan ikkinchi c –moll kоntserti eng mashxurdir. Kоntsert 3 kismdan ibоrat :
оbrazlar o’tadi. Kirish qismidan keyin asоsiy partiya bоshlanadi. Tantanali xarakterda yozilgan. Yondоsh partiyada lirik va rоmantik taronalar yangrab o’tadi.
2-qism. Adajio sоstenutо murakkab 3 kismli shakl kоntsertning yirik markazi bo’lib asоsiy partiya klarnet tomonidan ijro etiladi. 3-kism final. Allegro sоnatasi. Allegro shaklida yozilgan. Asоsiy va yondоsh partiyalari navbat bilan fоrtepianоda va оrkestrda rоmantik xarakterda ijrо etiladi.
Qatnashuvchi shaxslar:
Aleko………………………………………………………..bariton. Yosh lo’li yigit………………………………………………...tenor. Zemfira……………………………………………………..soprano.Chol (Zemfiraning otasi)..………………………………………bas. Lyoli kampir……………………………………………....kontralto. Lo’lilar……………………………………………………..……xor. Bitiruv imtixoniga bir oy qolganda Raxmaninov ustozlaridan bir pardali operani yozib berish topshirig’ini oladi. Aleko 17 kun ichida yozilgan, attestatsiya xay’ati a’zolariga ma’qul kelib, ush bu opera a’lo baholangan.Raxmaninov nomi marmar a’lochilar taxtasiga o’yilib, yozib qo’yilgan. Operaning premyerasi 1893 yil Moskva Katta opera va balet teatri sahnasida namoyish etilgan. P.I.Chaykovskiy operaning premyerasiga tashrif buyurib, u haqida iliq so’zlar aytgan. Opera unga juda juda ma’qul kelgan. Opera A.S. Pushkinning Lo’lilar poemasi (dostoni) asosida yozilgan.
Oqshom. Lo’lilar orasida Aleko. Olam jamiyatini tarq etganiga ikki yil 67
bo’ldi. Endi u l’olilarfga qo’shilib , kabilasida yashamoqda.Aleko va Zemfira birilarini sevib qolishdi,lekin Zemfira undan tez sovib ketadi. Zemfiraning otasi o’z yoshligini eslab, baxtsiz muhabbati haqida xiqoya aytib beradi.Mariula degan ayolni yoqtirib qolib, oila qurgan. U ayol unga bir yil sodiq bo’lgan xolos. Chaqaloq qizchasini otasiga tashlab, boshqasi bilan qochib ketgan. Aleko hayron. Nima uchun keksa lo’li xotini adabini berib qo’ymadi? Uni o’rnida bo’lganda,dushmani uhlab yotgan taqdirda ham Aleko uni jarlikka itarib, tushurib yuborgan bo;lardi.Ammo Zemfia va uning yoshgina sevgilisi boshqacha fikrda: muhabbat ozod va erkindir! Hasratli xiqoyani lo’lilar o’yin, qo’shiq, kulgu va tabassum bilan chalg’itmoqchi bo’ladi. Raqs paytida Zemfira va yosh lyoli yigit yashirinib olishadi. Aleko qalbida rashq o’ti paydo bo’ladi. Tun bo’yi har xil xayollarga borib, uhlaolmay chiqadi. Tong otadi. Kur’g’on orqasida Zemfira lo’li yigit bilan hayrlashmoqda.U shoshib turibdi.Ammo Aleko darrov yetib kelib, Zemfira sevgisini qaytarmoqchi. Rashq o’tida qaynab, Zemfirasidan qizg’onib qolgan Aleko jazmanlarni o’ldiradi. Shovqin to’polonga barcha lo’lilar yugurib keladi. Zemfiraning otasi va butun tabor Aleko ularni tarq etishni talab qilishadi. Erta sahar. Tabor o’rnidan jilib, yana safarga otlanmoqda. Aleko afsusda, pushaymon, u yana yolg’iz.
Rus kompozitori, dirijyori, pianinochi. 9 yoshidan boshlab uy sharoitida musiqa bilan shug’ullana boshlagan, 1903 yildan N.A.Rimskiy- Korsakovning shogirdi. 1914 yildan Stravinskiy chet elda yashaydi. (AQSh da – 1939 yildan). Ko’p yillar mobaynida pianinochi va dirijyor sifatida , o’z asarlarini ijro etib intensiv (tinimsiz) kontsert faoliyatini yurgizgan. 1962 yilda Stravinskiy birtalay musiqaviy- sahna va simfonik asarlar, turli xil kamer – cholg’u ansambllarning muallifi. Kompozitorning ijodiy evolyutsiyasi (ravnaqi, o’sishi, rivojlanishi) juda murakkab va ba’zida bir oz chigal. Ijodining ilk , “rus davri “ona- vatan madaniyatining bevosita ta’siri bil‘an bog’liq. Va o’z millatidan, milliyligidan ajralib ketganligiga qaramay, kompozitor baribir rus madaniyatiga sodiq qolgan. Bu davr ichida yaratilgan “Jar- ptitsa”, “Petrushka”, “Vesna Svyashennaya”kabi baletlar, “Svadebka” ( to’ycha) xoreografik kantatasi- orkestrovkasi , tovush koloriti (tus-bo’yog’i) nihoyatda rang-barang, rus xalq ijodining obrazlari original tarzda yoritilgan.
68
Stravinskiy ijodining II chi, “Neoklassik” davri 30 yil davom etib,o’tmish musiqa uslblar va musiqiy modellarga yangitdan individual, ya’ni yakka tarzda taqlid qilib, yoritish bilan bog’liq. “Mavra nomli” operasi, “Pulchinella”, “Potseluy fei”, “Appolon Musaget” kabi baletlari, “ Persefona” melodramasi, “ Edip- shoh”, opera –oratoriyasi, “Simfoniya psalmov” kabi asarlar ush bu davrga oid. Kompozitorning so’nggi davri “Dodekafon “ deb ataladi.
Sergey Sergeyevich Prokofyev 1891 yilning aprelida Yekaterinoslavsk guberniyasining, Baxmutovsk uyezdi, Solntsovka qishlog’i (hozirgi Donetsk viloyati, Krasnoye qishlog’i )da tug’ildi. Sergeyning otasi agrоnom, onasi fortepianoda chalishni biladigan ziyoli ayollardan bo’lgan. Sergey fortepiano chalishni dastlab onasidan o’rgana boshladi, besh yoshida kichik musiqa piyessalarni yaratishga urinib ko’radi 1902-yildan boshlab Glierdan musiqa ta’limi ola boshlaydi. 1909-yilda A.Lyadov raxbarligida Peterburg konservatoriyasi kompozitsiya sinfini tugatadi. Prokofyev kompozitsiya sinfida o’qigan yillarida boshlagan ijodiy qadamini bevosita sahna asarlari bilan, birinchi navbatda opera san’ati bilan bog’laydi . Bolaligida u dastlab «Bahaybat polvon», «Kimsasiz orollarda» singari musiqali pyesalar yozishga urinib ko’rgan, 1904-1905 yillarda «Undina», 1908-yilda «Vabo tarqalganda bazm»,1911-1915 yillarda «Maddalena» singari asarlar ustida ishlaydi. Prokofyev konservatoriyada o’qishni davom ettirib, 1914 yilda fortepiano mutaxassisligi bo’yicha A.Yesipova sinfini bitiradi. Forteipano sinfida o’qish bilan bir qatorda N.Cherepning dirijorlik sinfida o’qib,dirijo’rlik kasbini ham egallashga muvaffaq bo’ladi. Bu o’qishlar Prokofyev mahoratining har tomonlama kamol topishiga yordam bergan edi.1912-1913 yillarda fortepiano bilan orkestr uchun ikkita konsert, 1915 yilda simfonik orkestr uchun «Skif suitasi» (Ala va Lolliy), fortepiano uchun pyesalar va romanslar yozadi.
katta operasi «Qimorboz»ni yozadi. Bu uning Oktyabr inqilobi g’alabasiga qadar yaratgan yirik asarlaridan edi. 1917 yilda uning mashhur «Klassik simfoniyasi » yaratildi.
Kompozitor 1918-1932 yilar davomida chet ellarda yashaydi. U chet ellarda turgan davrida ham musiqa janrining xilma-xil shakllari ustida jiddiy ishlaydi. Kompozitor 1919 yilda 69
«Uchta apelsinga muhabbat» operasini yozadi. Opera Karlo Gotsinning asariga asoslangan bo’lib, romantik ertak-opera sifatida talqin qilinadi. Bu asar, muallifning takidlashicha, teatrda o’ynashga mo’ljallangan shodiyona niqobli spektakildir. Prokofyev 1919-1927 yillarda B.Bryusov romani asosida «Jozibali farishta» operasini yozadi. Bu opera 1928 yilda Parijda, 1955 yilda esa Venetsiyada sahnaga qo’yilgan edi. Kompozitor chet elda bir qancha baletlar ham yozgan. «Yetti masqarabozni yengan bir masqaraboz haqida ertak» (1920) «Po’lat sakrashi» (1925), «Daydi o’g’il» (1928), «Dneprda» (1930) singari baletlar shular jumlasidandir. Prokofyev chet ellarda bu sahna asarlaridan tashqari uchta simfoniya, fortepiano bilan orkestr uchun ikkita konsert va boshqa asarlarni yozdi. Prokofyevning ijodi vataniga qaytib kelgandan keyin yanada rivoj topdi, muallifning tanlagan mavzular doirasi kengaydi, ajoyib opera va baletlar yarata boshladi. 1936 yilda yilda uning mashhur baleti «Romeo va Djuletta» yuzaga keldi, 1941 yilda «Zolushka» 1949 yilda «Tosh gul haqida ertak» baletlarini yozib tugatdi. Kompozitor opera yaratish ustida to’xtovsiz ish olib bordi. Natijada «Semyon Kоtko» (1939), «Monastirdagi nikoh» (1940), «Urush va tinchlik» (1943) «Chin inson haqida qissa » (1948) operalari yaratildi. Sergey Sergeyevich Prokofyevga 1947 yilda RCFSR xalq artisti unvoni, 1946 va 1951 yilda Davlat mukofoti sovrindori va vafotidan keyin 1957 yilda Lenin mukofoti sovrindori berildi. Kompozitor 1953 yil 5 mart kuni Moskvada vafot etdi. Prokofyev o’z hayoti davomida 8 ta opera, 7 ta balet, oratoriya, 6 ta kantata, 7 ta simfoniya, simfonik syuitalar, uvertyuralar, fortepiano uchun 5 ta konsert, skiripka va orkestr uchun 2 ta konsert, violonchel va orkestr uchun 2 ta konsert, damli orkestr uchun 5 ta marsh, 2 ta torli kvartet, 14 ta sonata, 30 ta romans, bolalar, teatr va kinofilmlar uchun bir qancha asarlar yozdi.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling